2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni Reja


Download 27.96 Kb.
bet1/9
Sana18.03.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1282557
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза (2)


2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining
o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni
Reja:

  1. Umumiy gigiyena va jismoniy tarbiya gigiyenasining predmeti va vazifalari

  2. Sportchilarni ish – qobiliyatini tiklantiruvchi vositalar

  3. Maktab o`quvchilarining jismoniy tarbiya gigiyenasi

  4. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qo`yilgan gigiyenik talablar

1. Umumiy gigiyena va jismoniy tarbiya gigiyenasining predmeti va
vazifalari
Gigiyena – bu salomatlik to`g’risida, uni saqlash mustaxkamlash hamda tevarak atrofdagi omillarning unga ko`rsatadigan zararli ta’sirini bartaraf etish vositalari va metodlari to`g’risidagi fandir. Gigiyena iqlimni, mikroiqlimni, xavoning, suvning va tuproqning xolatini ovqatlanish sharoitlarini kiyim-kechak, turar-joy, mexnat va dam olishga qo`yiladigan shartlarni, jismoniy tarbiya hamda sport mashg’ulotlari o`tkaziladigan shart-sharoitlarni va boshqa bir qancha masalalarni o`rganadi. Odamning mexnat, dam olish va sportdagi faoliyatlarini hammasini gigenik jixatdan ularni tartibga solib turiladi. Odam salomatligiga ta’sir
ko`rsatadigan omillarni normallashtirib ya’ni ularning dozasini belgilab turish gigiyena fanining asosiy maqsadi xisoblanadi. Gigienik normalar cheklab qo`yiladigan (masalan: xavoda, suvda, tuproqda zararli moddalarning yo`l quyishi mumkin bo`lgan miqdorini belgilash shaklida) yoki optimal xolatga keltirish (masalan: jismoniy yuklamalar ovqat ratsionining optimal dozalarini belgilash) xarakterida bo`lishi mumkin. Tavsiya etilgan gigienik normalar qonuniy yo`l bilan mustaxkamlanadi hamda sanitariya inspeksiyasi organlari tomonidan nazorat qilib turiladi. Gigiyenada turli fan soxalari – sotsiologiya, demografiya, klimatalogiya, fiziologiya, mikrobiologiya, fizika, ximiya soxalarida qo`llaniladigan metodlar va
metodikalardan foydalaniladi.
Jismoniy tarbiya gigiyenasi - gigiyena fanining bo`limlaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlaridan odam salomatligini saqlash va mustaxkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o`sha mashg’ulotlar vositalarini, metodlarning hamda shart-sharoitlarini ilmiy jixatdan asoslangan xolda normaga solib turish jismoniy tarbiya gigiyenasining mazmunini tashkil etadi. Jismoniy tarbiya gigiyenasi mashg’ulotlarning samaraliroq metodlarining va eng qulay shart sharoitlarini asoslab berish uchun jismoniy mashqlar odamlar sog’lig’iga qanday ta’sir ko`rsatishini va ular sog’lig’ini mustaxkamlashga qay darajada xizmat qilishini o`rganadi.Jismoniy tarbiya gigiyenasining ahamiyati fan texnika revolyutsiyasi davriga kelib ancha ortdi. Agar 19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida odamlar sog’lig’ini va xayotini saqlashda sanitariya gigiyenaning
ommaviy tarzda tarqaladigan yuqumli kasallliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirlari (vodoprovodlar qurish, kanalizatsiya o`rnatish, shaxarlarni toza tutish va
boshqalar) asosiy rol o`ynagan bo`lsa xozirgi vaqtda axolini kasallanishi va o`limi
strukturasida yurak-tomir kasallliklari, moda almashinuvi, asab sistemasi kasalliklari etakchi o`rin tutadi. Bunday kasalliklarni paydo bo`lishida kasallik xavfining asosiy omili sifatida gipodinamiya katta rol o`ynaydi. SHuning uchun ham gipodinamiyaning oldini olish maqsadida jisomniy mashqlarning qo`llanilishi gigiyenada etakchi ahamiyat kasb etadi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling