2-Ma’ruza. Kartashunoslikning tarifi, tarmoqlarga bo‘linishi, boshqa
fanlar bilan aloqasi va asosiy ilmiy-amaliy vazifalari. Xaritalarning ilmiy va
amaliy ahamiyati.
Kartografik asarlarni yaratish, o'rganish va foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanadigan fan (bilim), texnika va ishlab chiqarish sohasiga kartografiya
deyiladi. Hozirgi kunda kartografiya 3 yo’nalishda: kartalar vositasida tabiat va
jamiyat hodisalarining
hududiy joylashuvi, uyg‘unligi va o‘zaro aloqalarini aks
ettirish va tadqiq etish haqidagi fan; kartografik
asarlarni yaratuvchi va
foydalanuvchi texnika va texnologiyalar sohasi; kartografiya mahsulotlarini
(kartalar,
globuslar, atlaslar va b.) tayyorlash va nashr qilish bilan bog‘liq ishlab
chiqarish sohasi sifatida rivojlanmoqda. O'quv fani sifatida kartografiya bo‘lajak
mutaxassislarni turli geografik kartalarning mazmuni,
mohiyati, xususiyati va
yaratilish tarixi bilan tanishtiradi. Shuningdek,
kartalami tahlil qilish, tuzish,
kartometrik ishlami bajarish hamda ulardan o‘z faoliyatida amaliy foydalanish
yo‘llarini ham o‘rgatadi.
Kartografiya quyidagi asosiy sohalarga bo‘linadi: kartashunoslik;
matematik
kartografiya; kartalami loyihalashtirish va tuzish; kartalami taxt qilish (jihozlash,
rasmiylashtirish); kartalami nashr qilish;
karta- lardan foydalanish; kartografik
ishlab chiqarishning iqtisodiyoti va uni tashkil qilish va boshqalar. Mazkur
sohalarning barchasi yagona kartografik fanlar tizimini tashkil etadi va ularning har
biri fan sifatida o‘zining predmeti, obyekti va metodiga egadir. Zero, ularning har
biri ushbu yo‘nalish bo‘yicha sof mutaxassis tayyorlaydigan universitet va boshqa
oliy texnika o‘quv yurtlarida alohida o'rganiladi.
Kartashunoslik — geografik kartalar va ularning xususiyatlari haqidagi fan