2-ma’ruza Mavzu: Neft tarkibi va tasnifi Reja
Download 250.09 Kb.
|
2-Neft tarkibi va tasnifi NKI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. Neft tarkibi va tasnifi
- Neftning fraktsion tarkibi
2-ma’ruza Mavzu: Neft tarkibi va tasnifi Reja 2.1. Neft tarkibi va tasnifi 2.2. Neftning asosiy fizik xossalari 2.3. Gazlarning neft va suvda erishi 2.4. Neft xossalarining to‘plam ichida o‘zgarishi 2.5. Neftning reologik xususiyatlari Tayanch atamalar Neft, tarkibi, tasnifi, fizik xossalari, gaz, neft va suvda erishi, to‘plam ichida o‘zgarishi, to‘plam ichida o‘zgarishi. 2.1. Neft tarkibi va tasnifi Neftning elementar, fraktsion, guruhli va ko‘p tarkibli turlari mavjud. Neft tarkibining asosiy elementlari uglerod (83,5-87%) va vodorod (11,5-14%). Bundan tashqari, neft tarkibida quyidagilar mavjud: oltingugurt 0,1% dan 1-2% gacha bo'lganmiqdorda (ba'zida uning tarkibiй miqdori 5-7% ga etishi mumkin, ko'plab neftlarda oltingugurt yo'q); azot 0,001 dan 1% gacha (ba'zida 1,7% gacha); kislorod (sof ҳолатda topilmagan, har xil birikmali ko‘rinishda uchraydi) 0,01 dan 1% gacha yoki undan ko'p, ammo 3,6% dan oshmaydi. Neft tarkibidagi boshqa elementlardan temir, magniy, alyuminiy, mis, qalay, natriy, kobalt, xrom, germaniy, vanadiy, nikel, simob, oltin va boshqalar mavjud. Biroq, ularning tarkibiй miqdori 1% dan kam. Neftning fraktsion tarkibi har xil fraksiyalarni tashkil qilishini ko‘rsatadi, ma'lum harorat oralig'ida qaynash haroratlariga ega ekanligi ва ulardagi birikmalarning tarkibini aks ettiradi. Fraktsiya - bu ma'lum bir harorat oralig'ida qaynatilgan neftning ulushi. Neftlar juda keng harorat oralig'ida qaynaydi, asosan 28 dan 520-540 °С gacha. Neftning fraktsion tarkibi standart usul bilan (GOST 2177-82)ya’ni laboratoriya sinovlari xulosasiga ko‘ra qaynash haroratida birikmalarning ajralishi, neftni fraksiyalarga ajratish (haydash), AVN (atmosfera distillash yoki vakuum naychasi) qurilmasida aniqlanadi. Fraksiyaning qaynash harorati kondensatlangan bug'ning birinchi tomchi harorati hisoblanadi. Fraksiyaning qaynash harorati oxiri fraksiyaning bug'lanishi to'xtagan harorat hisoblanadi. Neft quyidagi asosiy fraktsiyalarga ajratilgan: -28-180 °С - keng benzin fraksiyasi; -140-200 °С - white spirit ya’ni kerosin; -180-320 °C - keng kerosin fraktsiyasi; -150-240 °C - yoritish kerosinlari; -180-280 °C - reaktiv yoqilg'i; -140-340 °С - dizel yoqilg'isi (yozги); -180-360 °C - dizel yoqilg'isi (qishги); -350-500 °C - keng yog'li fraksiya; -380-540 °C - vakuumli gazoil. Neftning guruhiy tarkibi (fraksiyalari) deb undagi uglevodorodlarning alohida guruhlari geteroatom birikmalarning miqdoriy nisbatiga aytiladi. Download 250.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling