2-ma’ruzaga: Qo‘shimcha: axborotni qidirish usullari va samaradorlikni baholash


Download 64.55 Kb.
bet1/11
Sana01.12.2021
Hajmi64.55 Kb.
#178694
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-maruza davomi


2-MA’RUZAGA:

Qo‘shimcha: AXBOROTNI QIDIRISH USULLARI VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH

Ma’ruza rejasi



1. Axborotni izlash (qidirish) tushunchasi

1.1. Axborotni qidirish jarayoni sifatida

Izlash (qidiruv) shakllari

1.2. Qidiruv usullari

1.3.Axborotni qidirish fan sifatida

1.4. So’rov va so’rov ob’ekti

1.5. Axborotni qidirish masalalari

1.6. Samaradorlikni baholash

2. Axborotni ajratib olish

2.1. Axborotlarni ajratib olishning maxsus masalalari

Foydalanilgan manbalar

 

1. Axborotni izlash (qidirish) tushunchasi



Axborotni izlash (angl. information retrieval) — axborotni qidirish jarayoni bo’lib, axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun strukturalashmagan hujjatlardan zarur ma’lumotlarni izlash haqidagi fan sifatida rivojlanib kelmoqda.

“Axborotni izlash” atamasi birinchi marta 1948 yilda Kelvin Muers tomonidan uning doktorlik dissertatsiyasida qo’llanilgan, va adabiyotlarda 1950 yildan boshlab chop etila boshlangan.

Dastlab avtomatlashtirilgan AI (axborotni izlash) tizimlari yoki axborot-qidiruv tizimlari (AQT) adabiyotlardan ilmiy axborotlarni qidirish uchun qo’llanilgan. Ko’plab universitetlar va jamoat kutubxonalari AQT lardan kitoblar, jurnallar va boshqa hujjatlarga kirishni ta’minlash uchun foydalangan. AQTlarning keng tarqalishi natijasida Internet tarmog’i va Butunjahon o’rgimchak to’rining rivojlanishiga asos bo’ldi. Hozirgi kunda foydalanuvchilar Yandeks va Google qidiruv tizimlaridan keng foydalanadilar.

1.1. Axborotni qidirish jarayoni sifatida

Axborot izlash – bu ma’lum bir hujjatlar (matnli) to’plamidan oldindan belgilangan shartli mavzu (so’rov) yoki zarur (axborotga bo’lgan ehtiyojni qondirishga tegishli) ma’lumotlarni, faktlarni, xabarlarni izlash – aniqlash jarayoni.

Qidiruv jarayoni ma’lumotlarni to’plash, ularga ishlov berish va taqdim etishga qaratilgan operatsiyalar ketma-ketligini o’z ichiga oladi.

Umumiy holda axborotni qidirish to’rtta etap (bosqich)dan tashkil topgan:

- axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash va axborot so’rovini shakllantrish;

- mumkin bo’lgan axborotlar massivining egasini (manbasini) aniqlash;

- aniqlangan axborot massividan ma’lumotlarni ajratib olish;

- olingan axborot bilan tanishish va qidiruv natijasini baholash.

Izlash (qidiruv) shakllari




Download 64.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling