2-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari. Biosfera haqida ta’limoti


Download 98.33 Kb.
bet1/4
Sana04.11.2023
Hajmi98.33 Kb.
#1745471
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу маърузаси. (1)


2-Mavzu: Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari.
Biosfera haqida ta’limoti

Reja:


  1. Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari

  2. Biosfera haqidagi V.I.Vernadskiy ta’limoti

  3. Biosferada moddalarning aylanishi



Tayanch iboralar: biosfera, tirik moddalar, biogen moddalar, noorganik moddalar va suv, fotosintez, biokos yoki oraliq moddalar, sintez, destruksiya, geologik modda aylanishi, biologik modda aylanishi, antropogen modda aylanish, noosfera.



    1. Biosfera haqida tushuncha, biosferaning tarkibi va funksiyalari.

Mavjud ilmiy manbalarga ko‘ra, Yer sayyorasida hayotning paydo bo‘lish tarixi 3,5-3,8 milliard. yilga teng deb hisoblanadi. Hayotning vujudga kelishi haqida bir necha nazariyalar mavjud. Ulardan birida ta’riflanishicha, hayot dastlab tiriklikning ba’zi hususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan organik birikmalar shaklidan boshlanib, to hozirgi ongli odamgacha bo‘lgan uzoq evolyusion davrni boshidan kechirgan. Tirik organizmlar bu uzoq taraqqiyot davrida yuqori moslashuvchanlik hususiyatlari tufayli yerdagi turli hayot muhitlarini o‘zlashtirdilar. Masalan, hozir fanga organizmlarning haroratga bardoshlik chegarasi absolyut nuldan (-273OS) to 180OS gacha, bosimga bardoshlilik chegarasi esa vakuumdan to 12 ming atmosfera(12*108Pa) gacha ekanligi, ba’zi organizmlar turli muhitlarda (kislota va eritmalarda), xatto yadro reaktori qozonlarida ham uchrashi mumkinligi ma’lum.
Yerda hayotni paydo bo‘lishi, takomillashuvi va ko‘plab hududlarni egallay boshlashi bilan tirik organizmlar sayyorada kechadigan jarayonlarda o‘ziga hos o‘rinni egallay boshlaganlar. Hayotning doimiy ta’siriga duchor bo‘lgan Yerning yuza qatlamlarida, ya’ni atmosferaning 20-25 km. balandligigacha yoki aerobiosferagacha, suv zaminlarining 0,5 km. chuqurligigacha alohida o‘ziga hos hususiyatlari bilan farqlanuvchi «jonli qobiq» shakllangan. Mana shu jonli qobiqni b i o s f ye r a yoki h a yo t q o b i g‘ i deb ataladi. Bu
qobiqni yerning alohida qobig‘i sifatida o‘rganishni dastlab 1875 yilda avstriyalik geolog E.Zyuss taklif etgan bo‘lsa-da, biosfera haqidagi ta’limotning asoschisi taniqli rus olimi V.I.Vernadskiy hisoblanadi. U tirik organizmlar funksiyalarini chuqur tahlil etish asosida «ular qudratli geokimyoviy kuchga ega, yerning yuza qobiqlaridagi tabiiy jarayonlarda ularning faoliyati g‘oyat muhim omil hisoblanadi, shuning uchun yer qobiqlarining ular ta’sirida bo‘ladigan qismlarini alohida qobiq deb qarab uni mustaqil o‘rganish zarur» degan fikrga keladi.

Download 98.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling