2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy


Download 337.11 Kb.
bet1/5
Sana23.01.2023
Hajmi337.11 Kb.
#1113897
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MAVZU

2-MAVZU. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGINING HUQUQIY ASOSLARI

Asosiy savollar:

  • Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari, mazmuni.
  • Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta’minlash bo’yicha qabul qilingan asosiy qonunlar, standartlar, nizomlar, qoidalar va me’yoriy hujjatlar tizimi.

Mamlakatimiz fuqarolari va hududini har tomonlama himoyalash, yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligini ta`minlash maqsadida hukumatimiz tomonidan bir qator farmoyishlar, qonunlar, qarorlar ishlab chiqilgan. Fuqarolarning huquqiy me`yorlarga rioya etishi qonun oldidagi o`z huquq va burchlarini chuqur anglashi demokratik fuqarolik jamiyati huquqiy madaniyatini belgilaydi.
1992-yilning 8-dekabrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida ulkan siyosiy voqea bo‘ldi. Hech bir davlat o‘zining Asosiy qonunida davlat va jamiyat qurilishining tamoyillarini, fuqarolarining huquq va erkinliklarini, jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy asoslari hamda strategik yo‘nalishlarini mustahkamlamasdan turib, demokratik, huquqiy suveren davlat bo‘la olmaydi. Respublikamiz Konstitutsiyasi demokratik, xalqaro miqyosda e’tibor berilgan me’yor va talablarga javob beradi deyish uchun tola asosimiz bor.
Konstitutsiya, bu — davlatning Asosiy qonuni bo‘lib, uning ijtimoiysiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tabiatini ifoda etadi. Konstitutsiya, bu — davlatning huquqiy asosidir, unga muvofiq jamiyat va butun davlat tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Konstitutsiya fuqarolaming huquq hamda erkinliklarini ta’minlaydi va himoya qiladi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan ≪har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir≫ (37-modda).
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan ≪barcha korxonalarda xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlari yaratilgan bo'lishi kerak. Bunday sharoitlarni yaratib berish ish beruvchining majburiyatiga kiradi≫ (211-modda). Ma’muriyat zamonaviy xavfsizlik texnikasi vositalarini tatbiq qilish, ishlab chiqarish jarohatlarini va kasbiy kasalliklaming oldini olish uchun sanitariya-gigiyena sharoitlarini ta’minlashi kerak.
1993-yil 6-mayda O‘zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish togrisidagi Qonuni qabul qilindi. Unga binoan jarohatlanib ish qobiliyati yo’qotilsa, jabrlanuvchi bir yillik ish haqi miqdorida nafaqa oladi. Agar jarohatlanib vafot qilsa o’rtacha 10 yillik, lekin 6 yildan kam bo'lmagan ish haqi miqdorida oilasiga nafaqa beriladi (194-moddalar).
Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga — ya’ni mehnatkashlarning sog’ligini yaxshilash, o’z ishidan mamnunlik hissi, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi.
Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi, shuningdek, biror sex yoki korxona ekspluatatsiyaga tushirilmasligi kerak.

Download 337.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling