2-mavzu: markaziy osiyo xalqlari tarixi, madaniyati, etnografiyasi muammolari reja


Download 28.4 Kb.
bet1/4
Sana03.12.2023
Hajmi28.4 Kb.
#1797417
  1   2   3   4
Bog'liq
Etnomadaniyat 3 mavzu


2-mavzu: MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXI, MADANIYATI, ETNOGRAFIYASI MUAMMOLARI
Reja:

  1. Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri sifatida

  2. O‘tmishdagi ajdodlarimiz madaniyatining rivojlanish kurtaklari

  3. Zardushtiylik davrigacha va undan keyingi madaniy takomil



1-masalaning bayoni: Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, Markaziy Osiyo kishilik jamiyatining eng qadimiy markazlaridan biri bo‘lib kelgan. Bunday baxolanish mezoni, albatta tarixiy arxeologik, poleontologik xamda antro‘ologik tekshiruvlar natijalariga tayanadi. Kop’lab qazilma hamda tekshiruvlar Markaziy Osiyo zaminining barcha hududlarida olib borilganligini bilamiz. Eramizdan million yillar burun bu zaminda kishilar yashab kelganligi ham isbotlangan.
Tarixchi, madaniyatshunos olimlarning fikrlariga asoslanib o‘tmishdagi ajdodlarimiz madaniyati ma’lum darajada rivojlanib o‘tgaligini asos deb kabul kiladigan bo‘lsak, bu madaniyat rivojlanish kurtaklarini eng qadimiy poleolit davridan, ya’ni Urta Osiyoda odam zoti paydo bo‘la boshlagan - 500 ming yil avvalgi davrlarga borib yetadi. Shu bilan bir qatorda bu yarim million yil doirasidagi inson hayoti, madaniyati, rasm-rusm hamda odatlarini o‘rganish uchun xozirgi kunimizda yetarlicha sharoitlarga egamiz. (U.Qoraboev. "O‘zbekiston bayramlari", Toshkent, 1991 yil. 6-7-bb.)
Miloddan ilgarigi I-ming yilliklar boshlarida, ya’ni bundan 30-26 asrlar muqaddam Markaziy Osiyoda o‘troq dehqonchilik rivoj to‘ishi, ibtidoiy jamiyat yemirila borib quldorlik tuzumining vujudga kelishi, Sug‘d, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlarning paydo bo‘la boshlashi, yangi diniy karashlarning shakllanishi natijasida o‘sha davrga xos bo‘lgan turmush tarzini ifodalovchi an’ana, rasm-rusumlar, marosim va bayramona qadriyatlar yuzaga kelgan.
Fargona vodiysining So‘x tumanida to‘ilgan Sulungur g‘oridagi ashyoi - atiqalar, Anov va Namozgoh, Sopollitepa qazilmalarining namunalari ajdodlarimizning qadimgi makonlari qanday bo‘lganligi, hayot va turmush tarzi, ma’naviy-madaniy xususiyatlari to‘grisida ma’lum tasavvurlar hosil kilishga imkon beradi.
Agarda biz tarix zarvaraqlarini ochishga e’tiborimizni beradigan bo‘lsak, Markaziy Osiyoda istiqomad qilgan ajdodlarimiz - saklar, massagetlar, baqtriylar, sug‘diylar, xorazimiylar o‘zlari yashayotgan qadimgi viloyatlar, tumanlarni doimo asrashga, bir-birlariga yaqin bo‘lishga intilishgan. /"O‘zbekiston xalqlari tarixi" Toshkent.,"FAN", 1-jild, 4-5-bb/" "… Dexqonchilik vohalarini o‘rab olgan dashtu-adirlarda yashovchi chorvador xalqlar saklar nomi bilan mashhur bo‘lib, ularning voha xalqlari tili, dini, kelib chiqish ildizlari, urf-odatlari bir-biriga yaqin, ular tashki dushmanga birgalashib kurashgan. Qavm-qarindosh, quda-anda bo‘lib yashashgan, bir daryodan suv ichishgan, birgalashib O‘rta Osiyoning qadimgi madaniyatini yaratganlar" degan ma’lumotga egamiz.

Download 28.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling