2-Mavzu: Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi, ularning kelib chiqishi va taraqqiyoti, mazmun-mohiyati Amaliy mashg‘ulot rejasi


Download 17.22 Kb.
Sana13.12.2022
Hajmi17.22 Kb.
#1001078
Bog'liq
2-amaliy (1)


2-Mavzu: Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi, ularning kelib chiqishi va taraqqiyoti, mazmun-mohiyati


Amaliy mashg‘ulot rejasi:

  1. Interpretatsiya haqida tushuncha.

  2. Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarning amalda qo‘llanish jarayonini kuzatish.

  3. Talabalarni baholash.

O‘quv mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarning tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi, ularning kelib chiqishi va taraqqiyoti, mazmun-mohiyati haqidagi bilimlarini mustahkamlash, boyitish.
O‘qituvchining vazifasi:

  1. Talabalarning “Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi, ularning kelib chiqishi va taraqqiyoti, mazmun-mohiyati” yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  2. Talabalarning ona tili darslariga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.

O‘quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak:
1. Interpretetsiya tushunchasi va uning tarixi, ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash yuzasidan ma’ruzada o‘rganilgan nazariy bilimlarini amalda tatbiq eta olish.
2. Nazariy savollarga javob berishda qatnashish, topshiriqlarini bajarish.
3. Darslarni kuzatish uchun tegishli ko‘rsatmalarni bajarish.
4. Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlashda qo‘llanadigan ilg‘or pedagogik texnologiyalar.

1. Amaliy mashg‘ulot mavzusini va mashg‘ulot rejasini e’lon qilish.
2. Eshitadi, yozadi, javob beradi.
Metod: Aqliy hujum, suhbat.
1-topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering.
1. Interpretatsiya nima?
2. Interpretatsiya qaysi sohada asosiy yo‘nalish hisoblanadi?
3. “Interpretatsiyaning umumiy nazariyasi” kitobi muallifi kim?
4. “Interpretatsiyaning umumiy nazariyasi” kitobi qachon nashr etilgan?
5. Emilio Bettining interpretatsiya nazariyasiga ko‘ra, bu jarayonda necha tomon ishtirok etadi?
6. E.Betti talqin qilishning qaysi asosiy tamoyili yoki “kanonlari”ni belgilab bergan?
7. Interpretatsiya turlari haqida ma’lumot bering.
8. Ona tili darslarida lug‘at bilan ishlash interpretatsiyasi bo‘yicha qilinadigan ishlar qanday yo‘nalishlarda olib boriladi?
9. Ona tili o‘qitishning bosh maqsadi nima bilan belgilanadi?
10. Lug‘at ishida so‘zning qaysi jihatlari e’tiborda tutiladi?
11. Lug‘at ustida ishlashda qanday metodik usullardan foydalaniladi?
12. Lug‘at ustida ishlashning lingvistik asoslari va vazifalari haqida ma’lumot bering.
13. Maktabda lug‘at ustida ishlash metodikasi qaysi asosiy yo‘nalishlarni ko‘zda tutadi?
14. O‘quvchilar lug‘ati qanday manbalar asosida boyitiladi va takomillashtiriladi?


2-topshiriq. Amaldagi “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklaridan bironta matnni tanlab, shu matn asosida lug‘at ustida ishlash bo‘yicha ish turlarini yozing.


3-topshiriq. Lug‘at ustida ishlashda so‘z ma’nosini izohlash usullariga misollar yozing va tushuntiring.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. K.Qosimova, S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldosheva, Sh.Sariyev. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim fakulteti talabalari uchun darslik). - Toshkent: Bayoz, 2022.

  2. S.Matjonov va boshq. Ona tili o`qitish metodikasi. –T.: Nosir, 2009. 2. A. Zunnunov va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. – Т.: O'qituvchi, 1992.

  3. A. G'ulomov. Ona tili o'qitish prinsiplari va metodlari. – Т.: O'qituvchi, 1992.

4. Ю. Г. Россиус. О теории интерпретatsiи Э.Бетти. Дата обращения: 31 октября 2016. Архивировано 1 ноября 2016 года.
6. Россиус Ю. Г. Учение о ценностях в теории интерпретatsiи Эмилио Бетти // История философии. - 2015. - Т. 20. - С. 141.
Download 17.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling