2-Mavzu. Servis sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tijorat faoliyati
Download 48 Kb.
|
2-mavzu javoblari TF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Servis sohasida tijorat faoliyati qanday amalga oshiriladi
- Maishiy xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering.
- Ijtimoiy-madaniy xizmatlar, ular bo’yicha tijrat faoliyatining tashkil etilishini gapirib bering.
- Savdo xizmati deb nimaga aytiladi
- Sotuvdan keyingi xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering.
- Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining asosiy turlarini ayting.
- Restoranlarning toifalarga bo’lib, ular orasidagi farqlarni ayting.
- Barlarning necha xil turlarini bilasiz
- Sayyohlik va ekskursion Sanitariya-sog’lomlashtirish Afzallik
2-Mavzu. Servis sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining tijorat faoliyati. Nazorat uchun savollar: Servis faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Servis – xizmat ko’rsatish orqali mijozning ehtiyojini qondirishga qaratilgan o’ziga xos inson faoliyatidir. Servis sohasi mutaxassislari xizmat ko’rsatish jarayonida mijozning ma’lum bir ehtiyojini qondirishga yordam beradi va uning asosiy instrumenti bo’lib, mijoz bilan ruhiy munosabatga kirishish hisoblanadi. Servis sohasida tijorat faoliyati qanday amalga oshiriladi? Hamma servislar xizmat ko’rsatuvchilarning ixtisoslashgan strukturalari orqali amalga oshiriladi. Ular o’z navbatida servis obyektlari deb yuritiladi. Ular mijozlarning ehtiyojlarini o’rganib va baholab, bu ehtiyojlarni qondirish uchun o’z xizmatlarini taklif etadilar. Bunday subyektlar qatoriga firmalar, shuningdek, turistik, davolash korxonalari, mehmnxonalar, transport, aviatsiya, ta’mirlash, savdo korxonalari, huquq-tartibot tashkilotlari, madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari va boshqalarni kiritish mumkin. Maishiy xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini aytib bering. Servis potensial iste’molchilar tovarlar sotib olish jarayonida, tovarlarni tanlab xarid qilishda konsultatsiyalar berish talab etiladi. Servisning vazifasi mijozlar xavfsizligini ta’minlashdan ham iboratdir. Shu sababli mijozga tovardan foydalanish va uni ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq hamma ma’lumotlar berilishi zarur hisoblanadi. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar, ular bo’yicha tijrat faoliyatining tashkil etilishini gapirib bering. Ijtimoiy-madaniy xizmatlar o’z ichiga juda ko’p sonli xizmatlarni oladi, ular ichida asosiy o’rinni sayyohlik va ekskursion, sanitariya-sog’lomlashtirish xizmatlari egallaydi. Ushbu xizmatlarning asosiy qismi tijoratga asoslangan. Sayyohlik va ekskursion xizmatlari ko’rsatish bo’yicha servis xizmatlari, jozibador geoiqlimiy sharoitlari mavjud bo’lgan joylar va sayohat jarayonida iste’molchilarga dam olishlari uchun imkoniyatlar bilan ta’minlaydi. Sanatoriya-sog’lomlashtirish xizmatlarini taqdim etish bo’yicha servis faoliyati iste’molchilarga dunyoning eng qulay rekratsion zonalarida dam olish va sog’liqlarini tiklash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Savdo xizmati deb nimaga aytiladi? Tovar va xizmatlar doirasidagi servis hisoblanib, bunda savdo, umumiy ovqatlanish, kommunikatsiya, transport, ombor xo’jaligi, va boshqa xizmatlarni kiritish mumkin. Savdoda qo’shimcha xizmat ko’rsatishning ahamiyatini yoritib bering. Servis mijozga texnik hujjatlarni, yo’riqnoma, pasport, kafolat taloni kabi hujjatlar va konsultatsiya berilishini ko’zda tutishi lozim. Sotuvdan keyingi xizmatlarning o’ziga xos xususiyatlarini tushuntirib bering. Sotuvdan keyingi xizmatlar – bu xizmatlarni kafolatlashdan iboratdir. Kafolat davrida ishlab chiqaruvchi tovardan kafolat berilgan muddat davomida buzilmasdan, kamchiliklarsiz ishlashi majburiyatini o’z bo’yniga oladi. Umumiy ovqatlanish tashkilotlarining asosiy turlarini ayting. Asosiy turlari: Korxona-oshxona Ovqatlanish kombinati Restoran Bar Café Oshxona Restoranlarning toifalarga bo’lib, ular orasidagi farqlarni ayting. Restoran murakkab tarzda tayyorlangan taomlarning keng assortimentini tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish korxonasidir. Ikki xil toifaga bo’linib, ular lyuks va oily toifalar hisoblanadi. Lyuks toifadagi restoranlar uchun oshxona idish-tovoqlari maxsus buyurtma bo’yicha tayyorlanadi. Quyidagi qo’shimcha xizmatlar bo’lishi shart: bayram taomlari tayyorlash va xizmat uyushtirish, uyga olib borib berish va boshqalarga buyurtma qabul qilish, ma’lum muddatga joyini band qilib qo’yish, mijoz iltimosiga ko’ra taksi chaqirib berish, gul va sovg’alar sotish Oily toifa restoranida banket zali, bar, kokteyl-xoll bo’ladi. Bimolar ichi chiroyli bezatilgan bo’lishi, restoranlar talabiga javob berishi kerak. Barlarning necha xil turlarini bilasiz? Bar – kichkina restoran bo’lib, keng assortimentdagi har xil ichimliklar sotiladi. Turlari: alkogolsiz ichimlik barlari, gul-meva barlari, sut-mahsulotlari barlari, disco barlar, expres barlar, pivo barlar, vino barlar, grill barlar hisoblanadi. Topshiriq Milliy xo’jalikda servisni qanday guruhga ajratish mumkin? Milliy xo’jalikda servisni quyidagi 6ta guruhga ajratish mumkin:
Ishlab chiqarish servisi. Jamoatchilik doirasida bo’ladigan servis Ijtimoiy-madaniy servis Intelektual servis Tovarlar va xizmatlar munosabatlari doirasidagi servis Xo’jalik-maishiy servis Zamonaviy servis qanday tamoyillarga asoslanadi? Tamoyillari:
Taklifning majburiyligi Servisda elastiklikning mavjud bo’lishi Servisning qulayligi Servisning texnologik adekvatligi Servis xizmatiga qo’yiladigan narx mijoz tomonidan qabul qilina oladigan darajada bo’lishi Servisning axborot ta’minoti Ishlab chiqarish quvvatining servis imkoniyatlariga mos kelishi. 2-Topshiriq
3-Topshiriq Servis deganda mahsulotni sotish va ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq xizmatlar kompleksi tushuniladi. Servis (inglizcha service- xizmat) – aholining maishiy talablari bo’yicha xizmat ko’rsatishdir. Shunga ko’ra sotuvdan oldingi va sotuvdan keyingi xizmatlar mavjud. MR-319 guruh talabasi Abilxujayeva Fatimaxon Download 48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling