1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat
Reja
Psixologik xizmat tushunchasi va uning zaruriyati.
Psixologik xizmatning vujudga kelish tarixi
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik xizmat
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik maslahat va uning vazifalari
Amaliyotchi psixologga qo’yiladigan kvalifikatsion (kasbiy) talablar, uning huquq va mas’uliyati
Mavzu yuzasidan tayanch so’z va iboralar
Psixologik xizmat, psixologik maslahat, ijtimoiylashuv, psixokorrelyatsiya, psixodiognostika, psixoprofilaktika, psixologik bilimlar.
Psixologik xizmat tushunchasi va uning zaruriyati
Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o’zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati jarayoniga ham o’z ta’sirini o’tkazmoqda. Mazkur faoliyat jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish, mehnatni to’g’ri tashkil etilishi bevosita psixologik xizmatni to’g’ri tashkil etishga ham bog’liqdir.
Bugungi kunda barcha faoliyat turlarini mavjud ilmiy psixologik bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun psixologik xizmat tashkil etishga zarurat tug’ilmoqda. Bu xizmatda oliy ma’lumotli psixolog mutaxassislar ishlashi kerak. Psixologlar shaxsning taqdiri bilan bog’liq barcha savollarni yechishda yordam, maslahat beradi. Inson tug’ilgandan to butun hayoti davomida psixolog- mutaxassis e’tiborida bo’lishi kerak
Ayniqsa, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tizimli ravishda kuzatilib borilishi kerak.Chunki ularning xizmat faoliyati hayotdagi normal odamlar bilan emas, balki jinoyatchilikka moyillligi borlar, jinoyatchilar faoliyati bilan bog’liqki, bu murakkab jarayon ularning psixologiyasi ta’sir qilishi tabiiy holat. Bu davr mobaynida psixolog tomonidan doimiy psixodiagnostik o’rganishlar amalga oshiriladi. Ular psixik taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, ularga o’zini qanday tutish yuzasidan tavsiyalar beriladi va amalga oshirilishi nazorat qilinadi.
Psixologik xizmat shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlar ning psixologik rivojlanishdagi imkoniyatlarni o’z vaqtida aniqlab berishni, hamda ulardan xizmat jarayonida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.
Globallashuv jarayoni jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan ayni paytda mafkuraviy tahdid sohasiga qarshi turishda katta yoki kichik masalaning o’zi yo’q. Bu jarayonda hamma narsa muhim. Vaholanki, bizning ming yillik qadriyatlarimizni, odob-ahloq me’yorlarimizni, bir so’z bilan aytganda, ruhiy dunyomizni izdan chiqarishga qaratilgan makkorona sa’y-xarakatlarga deyarli har qadamda duch kelamiz.
Jumladan, aholi o’rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarlik, diniy ekstremizm, terrorizm oqimlariga kirib ketish, o’z joniga qasd qilish, erta nikoh, yosh oilalar o’rtasidagi ajrimlar va boshqa bu kabi muammoli vaziyatlarning barchasi inson psixologiyasi bilan bog’liqdir.
Tibbiyotda shunday gap bor: Ruhni davolamay turib tanani davolab bo’lmaydi. Globallashuv jarayoni shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi kunda yoshlar qalbida yot g’oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish, ularni turli oqimlarga bilib bilmay kirib ketishlarining oldini olish, sog’lom dunyoqarashni shakllantirish psixologlarning eng katta vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |