1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Yevropada Frantsuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan


Download 143.5 Kb.
bet4/11
Sana16.11.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1778539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Yevropada Frantsuz maktab psixologiyasining otasi Alfred Bine bo’lib, u bu sohada 1894 yildan boshlab ish boshlagan. 1905 yilda Frantsiya ta’lim vazirligi Alfred Binega umumiy dastur bo’yicha o’qiy olmaydigan bolalarni tekshirish muammosi bilan murojaat qiladi va shu aqliy taraqqiyotda orqada qolgan bolalarni ajratadigan Bine-Simon testi yaratiladi.
1990 yilda Frantsiyada maktab psixologik xizmati tashkil etiladi. 1970 yilda Frantsiyada psixologik-pedogogik yordam guruhlari psixologik xizmatning asosiy turini tashkil etadi. Bunday guruhlar maktab psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, ta’lim psixologiyasi bo’yicha bir mutaxassis, psixomotor rivojlanishi bo’yicha bir mutaxassisni o’z ichiga oladi. Bunday brigada 800-1000 o’quvchiga xizmat qiladi, bir maktabda joylashib, bir necha maktabda xizmat qilishi mumkin.
1985 yilda Frantsiya pedagogik psixologlarining funktsiyalari aniqlab berildi. Pedagogik psixolog shaxsning har tomonlama rivojlanishi uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qilishi kerak, bunda u bu ishlarni o’qituvchilarni va ota-onalarni ham jalb etishi mumkin. Pedagogik psixolog o’z ishida lozim topsa, maktab va oila tarbiyasiga qarshi chiqishi mumkin, deb maxsus ta’kidlagan.
Ko’pchilik Sharqiy Yevropa mamlakatlarida maktab psixologik xizmati tuman yoki viloyat psixologik-pedagogik markazlari shaklida tashkil etilgan. Masalan, 1980 yilda Chexoslovakiyada tarbiya masalalari bo’yicha modda maktab to’g’risidagi qonunga kiritildi. Psixologik xizmatning asosiy mazmuni-sog’lom shaxsning o’sishini ta’minlash, shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korrektsiya qilish, kasb tanlash muammolaridir.
Chexoslovakiyadagi psixolog maslahatchining asosiy vazifasi psixodiagnostik faoliyatdan iboratdir.
Rossiya psixologiyasida bolalar tarbiyasi va ta’limida psixologik xizmatdan foydalanish borasida urinishlar pedalogiya fani doirasida vujudga keldi. Pedalogiya fani rivojlanayotgan va o’sayotgan shaxsning barcha biologik va ijtimoiy xususiyatlarni qamrab oladi.
1936 yilda pedalogik qarashlar hukumat qarori bilan to’xtatildi. Shu bilan birga rus psixologlari amalga oshirayotgan bola psixologiyasidagi ijobiy izlanishlar ham to’xtab qoldi. Faqat XX asrning 60 yillari oxiriga kelib, psixologlarning maktab faoliyatida amaliy ishtirok etishi qayta tiklandi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling