1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Hozirgi kunda amaliyotchi psixolog faoliyatida 4 ta yo’nalishni ko’rish mumkin, bular


Download 143.5 Kb.
bet8/11
Sana16.11.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1778539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Hozirgi kunda amaliyotchi psixolog faoliyatida 4 ta yo’nalishni ko’rish mumkin, bular:

  1. psixodiagnostika,

  2. psixologik konsultatsiya,

  3. psixoprofilaktika

  4. psixokorrektsiya.

  5. Birinchi yo’nalishi -psixodiagnostika - xodimni psixologik tadqiq qilish metodlari, shu jumladan testlarni professional darajada o’zlashtirganlikni taqozo etadi.

1. Psixodiagnostika bo’yicha mutaxassis bo’lgan amaliyotchi psixologning asosiy vazifasi shundan iboratki, xodimlarning psixologiyasini va hulq-atvorini psixologik tadqiq qilish jarayonida olingan shonchli natijalarga asoslanib baholash va ularga mutaxassis sifatida psixologik izoh berishi kerak. Bunday kasb faoliyati bilan shug’ullanayotgan psixolog nafaqat muayyan psixodiagnostik metodni amaliyotda qo’llash texnikasini bilishi, balki o’sha metodika qaysi ta’minot doirasida paydo bo’lganligini va rivojlanganligini ham bilishi kerak. Psixodiagnostika bo’yicha mutaxassis psixolog zaruriyat tug’ilganda metodikalar yaratishi, mavjud metodikalarni adaptatsiya qilishi (sharoitga moslashtirish), ularni ilmiy qiymatini baxolay olishi kerak. Psixologdan olingan natijalarni to’g’ri ilmiy taxlil qilib berishi talab qilinadi.
Amaliyotchi psixolog mutaxassisligining ikkinchi yo’nalishi psixologik konsultatsiyadir. Psixologik konsultatsiya tarkibiga quyidagi yo’nalishlar kiradi:
1.O’tkazilgan psixodiagnostik tekshiruv natijalaridan kelib chiqadigan psixologik tavsiyalarni ishlab chiqish va shakllantirish, bu tavsiyalar xodimlarga tushunarli va kelajakda foydalanib bo’ladigan shaklda tavsiya etilishi zarur.
2. “Konsultativ yordamga muxtojlar bilan suhbat o’tkazish. Bu suhbatlar xodimlarga zarur amaliy psixologik maslahatlar berish bilan yakunlanadi.
3.Xodimlar bilan ularning bilimini oshirish va ularni qayta malakasini oshirish yo’nalishda ishlash.
Uchinchi yo’nalish-psixoprofilaktika ishlaridir.
Bu ogohlantiruvchi, oldini oluvchi xarakterga ega bo’lgan ishlar, ya’ni xulq-atvorda, xarakterda, odatlarda yomon sifatlarning paydo bo’lishini oldini olish bilan bog’liq faoliyatdir. Psixoprofilaktika ishini olib boradigan psixolog rivojlanishda paydo bo’ladigan muayyan anomaliya (normadan og’ish)larning sabablarini bilishi, uni o’z vaqtida payqashi va bartaraf eta olishi kerak,.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling