1-Mavzu Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat Reja


Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik korrektsiya va rivojlantirish vazifalari


Download 143.5 Kb.
bet7/11
Sana16.11.2023
Hajmi143.5 Kb.
#1778539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 ma\'ruza Huquq-tartibot idoralari va huquq sohasida psixologik xizmat

Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik korrektsiya va rivojlantirish vazifalari:
Huquqni muhofaza qilish organlaridagi psixik jarayonlar, ijtimoiy ustanovkalar, sub’ektiv fikrlar va salbiy munosabatlar rivojlanishini korrektsiyalash;
huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining bilish faolligi hamda qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida ularning intellektual passivligini korrektsiyalash;
ayrim holatlarda ijtimoiy muhitga yetarli darajada moslasha olmaslik holatlarini korrektsiyalash;
ta’lim-tarbiya jarayoni barcha sub’ektlari o’rtasidagi normal shaxslararo munosabatlarni korrektsiyalash va rivojlantirish hamda uning ahamiyatini tushuntirish;
huquqni muhofaza qilish organlari a’zolarining xissiy-emotsional holatlarini, shaxslararo munosabatlarini va ziddiyatli xatti-harakatini korrektsiyalash, ularning psixologik madaniyatini yuksaltirish, rahbarlarning boshqaruv uslubini optimallashtirish.
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik maslahat - huquqni muhofaza qilish organlari vakillariga shaxsiy muammolar va ziddiyatli munosabatlarni konstruktiv hal etilishida psixologik yordam ko’rsatish, shaxsning ichki psixologik imkoniyatlarini safarbar qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.
4. Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik maslahat va uning vazifalari
Huquqni muhofaza qilish organlarida psixologik maslahat o’tkazishdan maqsad quyidagi vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan:

  1. huquqni muhofaza qilish organlari a’zolarining ijtimoiylashuvi va moslashuvini psixologik kuzatish masalalari bo’yicha maslahatlar berish;

  2. shaxslararo, qo’l ostidagi xodimlar bilan, gumondorlar, jinoyatchilar, guvoxlar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlar, oilaviy muammolar, xulq-atvordagi og’ishlarni bartaraf etish, o’z-o’zini tarbiyalash va rivojlantirish, shuningdek, hayotiy va kasbiy o’zligini anglash masalalarida maslahatlar berish;

  3. huquqni muhofaza qilish organlari jamoasini boshqarishni optimallashtirish, qo’l ostidagi xodimlar bilan shaxslararo munosabatlar, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizolarni hal etish hamda sog’lom psixologik muhitni ta’minlash masalalarida maslahatlar berish;

  4. maslahat berish jarayonida bilimlarni mustaqil oshirib borish, o’z-o’zini tarbiyalash, o’z-o’zini korrektsiyalashga ijobiy munosabatlarni shakllantirish hamda ularni amaliyotda qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

  5. kasbiy o’zligini anglashlari uchun yordam berishga qaratilgan psixologik-pedagogik hamda tibbiy chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish.

Huquqni muhofaza qilish organlari tizimidagi psixologik xizmatning yana bitta qiyin vazifasi shundan iboratki, butun xizmat davri davomida xizmat sifatini oshirish maqsadida mehnat jarayonlarini doimiy ravishda nazoratda ushlab turish kerak. Bu yerda ushbu jarayonlar xodim psixik taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarga to’la mos ravishda, tashkil etish zaruriyati tushuniladi. Bu yerda psixolog ishining amaliy maqsadi xodimlar xizmat faoliyati mazmuni va metodlarini ushbu psixologiya fani nuqtai nazaridan baholash, turli yoshdagi xodimlar to’g’risdagi ilmiy ma’lumotlarni hisobga olgan holda ushbu mazmun va metodlarni mukammalashtirish bo’yicha tavsiyalar berish bilan bog’lik bo’ladi.
Tizimidagi psixologik xizmat yechadigan navbatdagi muhim vazifa - jarayonlarning bevosita ishtirokchilari: xizmatchilar, rahbarlarga psixologning amaliy ta’sir ko’rsatishdan iboratdir. Bu vazifa ushbu shaxslarga xizmat jarayonida bevosita psixologik yordam ko’rsatishni nazarda tutadi. Bu yerda psixolog psixoterapevt, konsultant, korrektor rollarida faoliyat ko’rsatadi. Yurak qon tomir tizimi, oshqozon ichak trakti tizimi bilan bog’liq kasalliklarning ko’pchiligi psixogen asosga ega ekanligini xozirgi kunda isbotlangan.
Xuddi shunday odamning endokrin tizimi ham, hatto xulq-atvori ham shunday asosga ega. Huquqni muhofaza qilish organlari tizimida amaliy ish bilan shug’ullanar ekan, psixolog bu ko’rinishdagi kasalliklarning paydo bo’lishi va zo’rayishini oldini olishga harakat qiladi, kasallikni davolash uchun yaxshi organik reaktsiyalar chaqirish maqsadida xodim psixologiyasiga va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatadigan maxsus metodlarni qo’llaydi.
Huquqni muhofaza qilish organlari tizimi boshqaruv strukturasi xodimlari umumiy psixologik yordamdan tashqari jamoadagi shaxslarni boshqarishga taalluqli bo’lgan boshqaruv psixologiyasi buyicha bilimlarga ham ega bo’lishlari zarur. Huquqni muhofaza qilish organlari tizimining rahbar xodimlariga boshqaruv psixologiyasidan, qo’l ostidagi xodimlarning o’zaro munosabatlari, jamoa faoliyati samaradorligidan qo’shimcha psixologik bilimlar zarur.
Barcha rahbarlar boshqarishni chuqurroq bilishni ta’minlaydigan psixologik bilimlarga ehtiyoj sezadilar. Bunday bilimlar minimal - zarur miqdorda oliy o’quv yurtlarida beriladi, ammo vaqt o’tishi bilan bu bilimlar qisman yoki butunlay eskiradi, unutiladi, ya’ni ularni to’ldirish va yangilash zaruriyati tug’iladi. Xodimlar professional ishi davomida bunday bilimlarni korrektsiya qilishni ham psixologik xizmat amalga oshiradi.

Download 143.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling