2-mavzu: Tashkiliy muhit va madaniyat
Download 352.68 Kb.
|
6-mavzu MARKETING STRATEGIYASINI TANLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.2-rasm. «O‘sish-bozor ulushi» matritsasi
- 6.3. O‘sish strategiyasi
- 6.2-jadval. Firmaning asosiy o‘sish yo‘nalishlari
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Mavzu: MARKETING STRATEGIYASINI TANLASHReja:
1. Faoliyat yo‘nalishi portfel tahlili Portfel tahlili strategik marketing jarayonlarini aniqlashtirish va yakunlanishidir hamda bugungi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan tahlil bo‘lib hisoblanadi. Portfel tahlilda asosiy kompaniyaning yo‘nalishlari aniqlanadi. SHuningdek, kompaniya rahbariyati turli strategik biznes birlik jozibadorligini aniqlaydi va har biriga investitsiyalash hajmini aniqlash bo‘yicha qaror qabul qiladi. I.Ansoff tomonidan 1966 yilda “tova-bozor” matritsasi ishlab chiqilgan. Unda tovar bilan bozordagi o‘zgarishlar hisobga olingan.6.1-rasm. I.Ansoff “Tovar-bozor” matritsasi 6.2-rasm. «O‘sish-bozor ulushi» matritsasi6.3-rasm. Artur D.Littl matritsasi. 6.4-rasm. “D.E.-Makkinzi” matritsasi 6.1-jadval. Strategik modellarni ustunliklari va kamchiliklari 6.2. Rivojlanishning asosiy strategiyalari6.5-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar Firmaning xususiyatlari, uning kuchli va kuchsiz tomonlari hamda uning raqobatchilarini hisobga olgan holda qaysi ustunlikni tanlash kerak? degan savol tug‘iladi. Boshqacha qilib aytganda, ma’lum bir tovar bozorida qaysi ustunlikni himoya qilish osonroq? Bunday ustunlikni aniqlab olish uchun raqobatli vaziyatni tahlil qilib chiqib, quyidagi savollarga javob berish lozim: -ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori yoki segmentda muvaffaqiyatning hal qiluvchi omillari qaysilar? -mana shu hal qiluvchi omillar nuqtai nazaridan eng xavfli raqobatchining qanday kuchli va kuchsiz tomonlari bor? Firma bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda: - qaysi raqobatli ustunlikka nisbatan eng yaxshi pozitsiyada ekanligini aniqlab olishi;
Firma bu ma’lumotlardan kelib chiqqan holda: - qaysi raqobatli ustunlikka nisbatan eng yaxshi pozitsiyada ekanligini aniqlab olishi; - muayyan sohada bunday ustunlikka erishishga qaror qilish; - o‘z raqiblarining raqobatli ustunligini bartaraf etishga urinishi mumkin. SHunday qilib, tanlanadigan asosiy strategiyalar bir-biridan qaysi ustunlikka tayanishi bilan farq qiladi. Porterning fikricha, faqat uchta asosiy raqobatli strategiya mavjud bo‘lib, ular o‘zining maqsadli bozori bilan (butun bozor yoki uning ma’lum bir segmenti) va amalga oshirilayotgan raqobatli ustunlik turi bilan (xarajatlar yoki tovarning ustun sifatlari bo‘yicha) farq qiladi. Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi markazida raqobatchiga nisbatan past harajat bo‘ladi. U doimiy xarajatlarni nazorat qilishni, ishlab chiqarishga investitsiya. yangi texnologiya konstruksiyalari ustida yaxshilab ishlashni, savdo xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi. Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi. - firma o‘zini to‘g‘ri raqobatchisi bilan narx jangida ham qarama-qarshi turishga loyiq va narxda foyda olishga ega; - kuchli mijozlar kuchli raqobatchi uchun darajasidan narxni pasayishiga erisha olmaydi; - past xarajatlar kuchli ta’minotchilarga qarshi himoyani ta’minlaydi; - past xarajatlar yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarini tashkil qiladi va bir vaqtning o‘zida tovar-o‘rinbosarlarga qarshi yaxshi himoya tashkil qiladi. Barcha strategiyalar markaz e’tiborida raqobatchilar bilan solishtirganda past xarajatlar bo‘ladi. 6.3. O‘sish strategiyasiO‘sish maqsadlari uchta turli xil darajada ifodalagan: ✓ asosiy bozorga nisbatan o‘sish; bu intensiv o‘sish deyiladi; ✓ ishlab chiqarish zanjiriga nisbatan o‘sish, asosiy faoliyatga nisbatan «olg‘a» yoki «orqaga» integrasiya, bu integrasion o‘sishdir. ✓ odatdagi faoliyat hududidan tashqaridagi imkoniyatlarga asoslangan o‘sish, bu diversifikatsion o‘sishdir. 6.2-jadval. Firmaning asosiy o‘sish yo‘nalishlariF. Kotler firmaning bozordagi ulushidan kelib chiqqan holda raqobatchilik strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi: 1. Lider strategiyasi. 2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya. 3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya. 4. Mutaxassis strategiyasi. 6.4. Raqobatchilik strategiyasi 1. Lider strategiyasi. Odatda lider bu asosiy bozorni rivojlantirishga katta hissa qo‘shuvchi firmadir. Liderning javobgarligini aniqlovchi eng tabiiy strategiya bo‘lib, yangi iste’molchilarni egallashga, mavjud tovarlarni qo‘llashda yangi tashviqotga yoki tovarlarni bir marta iste’molini o‘stirishga yo‘naltirilgan global talabni kengaytirish strategiyasi bo‘lib hisoblanadi. 2.“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. Bu erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi: 1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash. 2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash. 3. “Lider orqasidan boruvchi” - bu bozorda ulushi uncha katta bo‘lmagan raqobatchidir. Ushbu xulq-atvor ko‘proq oligopoliya holatidagi o‘rinlarga ega bo‘lib, unda differensiasiya imkoniyatlari kam, har bir raqobatchi barcha firmalarga zarar keltirishi mumkin bo‘lgan kurashdan qochadi. 3. Mutaxassis strategiyasida mutaxassis butun bozor bilan emas, balki bir yoki bir necha sengment bilan qiziqadi. Uning maqsadi katta daryoda kichik baliq bo‘lish emas, balki kichik daryoda yirik baliq bo‘lishdan iborat. Bu raqobatchilik strategiyasi asosiy strategiyalardan biri bo‘lgan konsentrasiya strategiyasiga mos keladi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 352.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling