2-mavzu: tovarlarni shtrixli kodlash
Download 21.72 Kb.
|
1 2
Bog'liq2.2.-MAVZU-TOVARLARNI SHTRIXLI KODLASH
2-MAVZU: TOVARLARNI SHTRIXLI KODLASHShtrixli kodlashShtrixli kodlash tovar haqidagi ma‘lumotni markalash va kodlashning eng muhim turi hisoblanadi. Shtrixli kodlash g`oyasi 1930-yillarda Garvardbiznes maktabida (AQSH) tug`ildi. Tizim dastlab AQSHda temir yo`l vagonlarini identifikatsiyalash uchun amaliyotda qo`llanildi. Shtrixli kod – bu tovarga yoki uning upakovkasiga shtrixli yoki raqamli belgi ko`rinishida qo`yiladigan tovar belgisi. CHet elda tovar upakovkasida shtrixli kodning mavjud bo`lishi majburiy talabga aylandi. Uni bajarmagan savdo tashkilotlari tovarlardan voz kechishi mumkin yoki o`zining raqobatbardoshligini yo`qotadi. Shtrixli kod almashinib keladigan turli kenglikdagi qora (shtrixlar) va oq (bo`sh qolgan joy) polosalardan iborat. Polosalar o`lchamlari standartlashtirilgan. SHtrixli kodlar maxsus optik qurilma – skanerlar bilan solishtirib ko`rish uchun mo`ljallangan. Skanerlar shtrixlarni va raqamli kodni ochib, tovar haqidagi ma‘lumotni kompyuterga kiritadi. Tovarni raqamlash standartlarining tovarlarni kodlash uchun xizmat qiladigan bir necha turlari mavjud. Ayniqsa eAN (European Article Numbering) kodlari tez-tez qo`llaniladi: 8 razryadli kod - eAN-8, 13 razryadli kod - eAN-13, 14razryadli kod - eAN-14 va h.k. Masalan, 1-rasmda 13 razryadli eAN kodi ko`rsatilgan. 4 6 0 0 5 0 1 0 0 2 8 2 2 Nazorat soni Tovar kodi Ishlab chiqaruvchining kodi Mamlakat kodi (Rossiya) EAN-13 shtrixli kodning o`n uchta sonli raqami quyidagilarni o`z ichiga oladi: dastlabki 2 (3) ta belgi – ishlab chiqaruvchi korxonaning kodi, har bir mamlakatda tegishli milliy organ tomonidan tuziladi; 5 (4) ta belgi –tovarni ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi korxonaning kodi; 5 ta belgi –tovarkodi, kodni rasshifrovka qilish universal hisoblanmaydi va tovarning ayrim tavsiflarini (belgilarini) aks ettiradi; 1 ta belgi (oxirgi) – kodni skaner bilan solishtirishning to`g`riligini tekshirish uchun mo`ljallangan nazorat soni. Download 21.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling