2-mavzu. Uglevodorodlar (alkanlar, parafinlar)
Download 219.42 Kb.
|
2-MA\'RUZA. (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. To‘yingan uglevodorodlar (alkanlar) Ma’ruza rejasi
- Izomeriyasi va nomlanishi.
2-MAVZU. UGLEVODORODLAR (ALKANLAR, PARAFINLAR) Uglevodorodlar deb uglerod va vodoroddan tashkil topgan organik birikmalarga aytiladi. Uglerod-uglerod orasidagi bog‘lanishining xarakteri va uglerod bilan vodorodlar miqdoriy nisbatiga qarab ular to‘yingan va to‘yinmagan uglevodorodlarga bo‘linadilar. 2.1. To‘yingan uglevodorodlar (alkanlar) Ma’ruza rejasi Alkanlarning nomlanishi va izomeriyasi Alkanlarning olinish usullari Kimyoviy xossalari Alkanlarning ishlatilishi. Ayrim vakillari To‘yingan uglevodorodlar deb uglerod qo‘shni uglerod atomlari bilan bog‘lanishga o‘zining faqat bir valentligini sarflab, qolganlari vodorod atomlari bilan bog‘langan birikmalarga aytiladi. Uglerodning hamma atomlari sp3-gibridlangan holatda bo‘ladi. To‘yingan uglevodorodlar CnH2n+2 umumiy formulaga muvofiq keladigan gamologik qatorni hosil qiladilar. Bu erda n=1,2,3 … va x.o. butun son. Izomeriyasi va nomlanishi. CnH2n+2 formulada 1,2 va 3 ga teng bo‘lgan uglevodorodlar uchun faqat bitta tuzilish formulalari mavjud. Bularning boshqa tuzilish formulalar yo‘q. Gomologik qatorning to‘rtinchi vakilidan boshlab struktura izomeriyasi hodisasi boshlanadi. CnH2n+2 (n = 4) tarkibli uglevodorodni ikki xil ko‘rinishda yozish mumkin: n = 5 bo‘lganda izomerlar soni 3 ta, n=6 bo‘lganda izomerlar soni 5 ta bo‘ladi. To‘yingan uglevodorodlardagi uglerod atomlarining soni ortib borishi bilan ularning izomerlarining soni ham ortib boradi. Uglerod atomlari bilan izomerlar orasidagi bog‘lanishni quyidagi jadval ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Izomerlarning bunchalik ko‘p bo‘lishligi ularning nomlashada aniq bir qoidaga amal qilishni taqazo etadi. Organik birimalarni nomlash – nomenklatura deb ataladi. Organik kimyoda uch xil – emperik (tarixiy, tasodifiy), ratsional hamda sistematik nomenklaturadan foydalaniladi. Emperik nomenklatura. Organik birimalarni bu nomeklatura bo‘yicha nomlashda ularning tabiiy birikmalardan nimalarda uchrashi, (limon kislotasi, vino spirt, sirka kislotasi, yog‘och spirti va x.k.) asos qilib olingan. Ko‘pchilik hollarda bu nomlar tasodifiy bo‘lib, xech qanday ma’noga ega bo‘lmasligi ham mumkin (metan, etan, atseton va x.k.). Ratsional nomenklatura. Birikmalarni bu nomenklatura bo‘yicha nomlashda ularning tuzilishi hisobga olinadi. Organik birikmalarni bu nomenklatura bo‘yicha nomlaganda har bir sinf birikmalarining birinchi (aldegid va kislotalarda ikkinchi) vakili asos qilib olinadi. Qolganlari esa bu birinchi vakilining hosilasi deb qaraladi. To‘yingan uglevodorodlarning birinchi vakili metan bo‘lganligi uchun qolganlari uning hosilasi deb qaraladi. Masalan: Hozirgi vaqtda bu nomenklatura kam ishlatiladi. Ratsional nomenklatura nomlanayotgan moddaning tuzilishi haqida aniq tasavvur hosil qilish mumkin bo‘lgandagina qo‘llaniladi. Organik birikmalarni nomlashda eng qulay, zamonaviy nomenklatura bu sistematik nomenklaturadir. Bu nomenklaturaning asosiy prinsiplari 1892 yilda Jenevada kimyogarlar s’ezdida qabul qilingan. Keyinchalik bu nomenklaturaga 1957 va 1965 yillarda amaliy va nazariy kimyo bo‘yicha Halqaro kimyogarlar ittifoqining (IYUPAK) Parijda bo‘lgan s’ezdlarida qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritildi. To‘yingan uglevodorodlarning dastlabki to‘g‘ri zanjir hosil qilib tuzilgan vakillari – metan, etan, propan va butan – emperik nomenklatura bo‘yicha nomlanadi. Uglevodorodlarning keyingi vakillarining nomi uglerod soniga to‘g‘ri keladigan raqamlarning grekcha va lotincha nomi oxiriga – an qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilinadi. CH4 – metan CH4 C2H6 – etan CH3 – CH3 C3H8 – propan CH3 – CH2 – CH3 C4H10 – butan CH3 – CH2 – CH2 – CH3 C5H12 - pentan CH3 – CH2 – CH2 – CH2 – CH3 C6H14 - geksan CH3 – (CH2)4 – CH3 C7H16 - geptan CH3 – (CH2)5 – CH3 C8H18 - oktan CH3 – (CH2)6 – CH3 C9H20 - nonan CH3 – (CH2)7 – CH3 C10H22 - dekan CH3 – (CH2)8 – CH3 C11H24 - undekan CH3 – (CH2)9 – CH3 C12H26 - dodekan CH3 – (CH2)10 – CH3 C15H32 - pentadekan va x.k. Tarmoqlangan tuzilishga ega bo‘lgan to‘yingan uglevodorodlarni sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlash uchun uglevodorod qoldiqlari, ya’ni ulardan bitta vodorodni tortib olish natijasida hosil bo‘ladigan qoldiq – radikallar nomini bilish kerak. Radikallar CnH2n+1 umumiy formula bilan ifodalanadi va R harfi bilan belgilanadi. Radikallar nomini tegishli to‘yingan uglerod nomi oxiridagi – an qo‘shimchasini – il qo‘shimchasi bilan almashtirib hosil qilinadi. Metan va etandan faqat bitta radikal hosil bo‘ladi: CH4 – metan CH3 – metil C2H6 – etan C2H5 – etil Propandan ikkita, butandan esa to‘rtta radikal hosil bo‘ladi: To‘yingan uglevodorodlarni sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlashda dastlab uzun to‘g‘ri uglevodorod zanjiri tanlab olinadi. So‘ngra kichik radikal yaqin turgan tomondan boshlab bu zanjar raqamlar bilan raqamlanadi va radikallar holati, hamda nomi ko‘rsatib to‘g‘ri zanjar o‘qiladi. Masalan: Download 219.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling