Karbon kislota


Download 15.68 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi15.68 Kb.
#267137
Bog'liq
karbon kislatalar


Karbon kislota.

Tarkibida karboksil (-COOH) guruh saqlaydigan organik birikmalarga karbon kislotalar deyiladi. Karbon kislatalar molekuladagi karboksil gurpaning soniga ko’ra 3 ga (bir, ikki va ko’p asosli), radikalning tabiatiga ko’ra 3 ga (to’yingan, to’yinmagan, aromatik) guruhga bo’linadi. Karbon kislatalarning quyi vakillari odatdagi sharoitda o’tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, harakatchan suyuqlik. O’rta vakilllari yani uglerod atomlarining soni beshtadan to’qqiztagacha bo’lgan kislatalar (izomoy kislata ham) esa moysimon suyuqliklar bo’lib, suvda yomon eriydi. Yuqori kislotalar hidsiz, suvda erimaydigan qattiq moddalardir. Karbon kislotalarning deyarli hammasi spirtda va efirda yaxshi eriydi. Kislatalarning molekulyar massasi ortishi bilan solishtirma og’irligi kamayib, qaynash temperaturasi ortadi, kislotaning kuchliligi kamayib boradi eng kuchli kislota chumoli kislota. Molekulasida uglerod atomlarining soni juft bo’lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo’lgan kislotalarga qaraganda yuqori temperaturada suyuqlanadi.

Karbon kislotalarda reaksiyalar asosan kislota radikalidagi vododning almashinish hisobiga, gidroksil guruh hisobiga va karboksil guruh hisobiga ketadi reaksiyalar. Karbon kislotalar ichida chumoli kislota eng kuchli kislota hisoblanadi.

Olinishi is gaziga o’yuvchi natriy tasir ettirib 125-150 C da reaksiya ketadi, xosil bo’lgan natriyli tuzni suyultirilgan sulfat kislota ishtirokida parchalanganda chumoli kislota hosil bo’ladi, bu chumoli kisloatani sanoatda olinishi xisoblanadi. Asetilendan(asetilen metandan olinadi) M.G.Kucherov reaksiyasi orqali sirka kislota olinadi, yana butanni oksidlashga asoslangan yangi usul katta ahamyatga ega yani chumoli kislotani metandan olish ko’p bosqichda amalga oshganligi uchun, butandan chumoli kislota olish bir bosqichda oshadi bu esa iqtisodiy samara beradi.



Ishlatilishi kimyo sanoatida organik moddalar sintez qilishda qaytaruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida, dizinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida, to’qimachilik sanoatida, tibbiyotda, sintetik tollalar olishda, bo’yoqlar, dorilar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Download 15.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling