Moddalarning ishlatilishi
CH4⇒rangsiz, hidsiz gaz. Havodan deyarli iki marta yengil. Suvda kam eriydi. Tabiiy gaz hamda yoqilg’i sifatida ishlatiladi. Metanol,
sirka kislota,
sintetik kauchuk,
sintetik benzin, sintez gaz olishda dastlabki xomashyodir.
CH3Cl⇒gaz, oson suyuqlanadi va bug’latilganda juda ko’p miqdor issiqlik yutiladi. Shunga ko’ra u sovutkichlarda ishlatiladi.
CH2Cl2, CHCl3, CCl4⇒suyuq
moddalar, erituvchi sifatida ishlatiladi.
CCl4 og’ir bug’hosil qilib bu bug’ yonayotgan buyumni havo kislorodidan ajratib qo’yadi. Shuning uchun u yong’in o’chirishda ishlatiladi.
Pb(C2H5)4 va C2H5Mn(CO)3 ⇒antidetanatorlar.
CHJ3 (yodoform)⇒sariq kukun, tibbiyotda ochiq jarohatlarni bitishini tezlashtirish uchun ishlatiladi.
C3H6⇒(siklopropan) narkoz uchun ishlatiladi.
C6H6Cl6⇒(geksaxlorsiklogeksan) qishloq xo’jaligida insektisid sifatida ishlatiladi.
Kversit, inozit⇒o’stiruvchi moddasifatida ishlatiladi.
C2H4⇒(Gollandiyalik kimyogarlar yog’i)
etilen rangsiz gaz, suvda yomon eriydi. Polimerlab polietilen va propilen bilan birgalikda sopolimer olinadi. Undan qimmatbaho plasmassa tayyorlanadi.
C2H2⇒asetilen
havodan yengilroq gaz, suvda kam eriydi.toza holda deyarli hidsiz. Organik sintezlarda keng qo’llanadi.
Sintetik kauchuklar, polivinilxlorid va boshqa polimerlar olishda dastlabki xomashyo siatida ishlatiladi.