2-Mustaqil ta’lim: Ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda reklama matini yaratish


Download 0.69 Mb.
bet1/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.69 Mb.
#1013550
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2-3 mustaqil ish


2-Mustaqil ta’lim: Ijtimoiy-iqtisodiy mavzularda reklama matini yaratish.
1-topshiriq.
Reklama matiniga misollar

Ushbu Metan Benzin Moyka reklamasida 24 soat ishlaydi.
Benzin narxalri Metan narxi
AI-80 | 6800 1 metr kub=2850 som
AI-92 | 9400
AI-95 | 10500
Bundan tashqari bu yerda namozxona,kutish joylari va boshqa sharoitlari bor.

-GENTRA



Ushbu Gentra reklamasi
📅 йили 2022
👣 пробег 11,000 км
💎 краскаси тозза
🎨 ранги қора
⛽️ ёкилги бензин
💰 нархи 16,000 $
🏠 манзил Тошкент

-Coca Cola



Coca Cola kompanyasi “Haqiqiy mo’jiza” nomi bilan o’z brendining yangi xalqaro reklama konsepsiyasini taqdim etdi.
Yangi konsepsiya 2016-yildan beri yashab kelayotgan “Tatib ko’r,his et”
Konsepsiyasining o’rnini egallaydi.

3-Mustaqil ta’lim publistik maqola tayyorlash.


O‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA OLMOSH SO‘Z TURKUMINING
Tahlili.

Annotatsiya.Olmosh so‘z turkumi nima?Uning vazifasi, uning ma'no turlari haqida ma'lumotlar berilgan.


Kalit so‘zlar.Olmosh,kishilik olmoshi,so‘roq olmoshi,ko‘rsatish olmoshi, belgilash va shu kabi olmoshning turlari.
Olmosh so‘z turkumi ta'rifiga oid fikrlar juda ham ko‘p va har bir darslik bu so‘z turkumini turlicha izohlaydi va tahlil qiladi:
Boshqa turkum leksemalariga beriladigan so‘roqni bildiruvchi va shunday leksemalar o‘rnida ishlatiluvchi birliklarga olmosh leksemalar turkumi deyiladi.(SH.Rahmatullayev"Hozirgi o‘zbek adabiy tili").
Barcha mustaqil so‘z turkumlari va hatto yordamchi so‘zlar hamda gap o‘rnida almashinib kelgan so‘zlarga olmosh deyiladi.("Hozirgi o‘zbek adabiy tili").
Olmoshlar bevosita atash ma'nosiga ega bo‘lmaganligi uchun "ichi bo‘sh so‘zlar" deb ham yuritiladi.
"Ishoraviylik"ramzi bilan ataluvchi olmosh boshqa leksemalardan ajralib turadi.O‘zbek tilshunosligida olmoshning doirasi va vazifasi zo‘rma-zo‘rakilik bilan ancha chegaralanib"ot,sifat,son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘z"sifatida o‘ta tor tushunilgan.Vaholanki,bu bilan olmoshning nafaqat ot,sifat,son, balki fe'l,ravish,taqlid,undov,gap va,hatto matnni almashtira olish,ularga ishora etish xususiyati hisobga olinmagan.Olmosh guruhiga [men],[sen],[u],[biz],[siz],[ular] kabi shaxsga;[kim],[nima],[bu],[ana],[mana],[mana bu ] kabi predmetga;[qanday],[bunday],[shunday] kabi belgiga;[buncha],[shuncha],[qancha]kabi miqdorga;[qachon]kabi paytga;[qayer]kabi o‘ringa;[shunday bo‘lmoq],[qanday qilmoq]kabi harakat-holatga ishora qiluvchi leksema kiradi.Shuni aytib o‘tish joizki,olmosh hamma vaqt ham qandaydir bir so‘zni"almashtirib",uning o‘rnida kelavermaydi.Misollar:1.Kim mehnat qilsa,u rohat ko‘radi.2.Men kecha keldim.Sen buni bilasan.3.Nima qilsam ham men o‘zim bilaman.4.Hamma mehmonlar biznikida.5.Barcha mushkulotlar oson bo‘ldi.Kabi gaplarda kishilik,belgilash,o‘zlik olmoshi hech bir so‘zni almashtirmagan.
Arab tilshunosligida olmosh alohida so‘z turkumi sifatida berilmagan,balki har bir so‘z turkumi ichida "yashirin ma'noli so‘z"sifatida alohida guruhlarga ajratilgan.Chunonchi,[kitob],[daftar],[Abbos]-aniq ma'noli ot bo‘lsa,[men],[sen],[kim]-yashirin ma'noli ot.Yoxud [oq],[qizil],[chiroyli]-ma'lum ma'noli sifat hisoblansa,[bunday],[shunday] kabilar"zamir sifat"lardir.
Olmoshlar shaxs,predmet,belgi yoki miqdorga xos bo‘lgan umumiy(mavhum)ma'noni anglatadi.Olmosh bildiruvchi ma'no nutq jarayonida aniq yuzaga chiqadi.Ular o‘zlari almashtiruvchi so‘z kabi morfologik jihatdan o‘zgaradi.
Olmosh qaysi turkum o‘rnida qo‘llansa, shu turkumga xos sintaktik vazifani bajaradi.
Olmoshning boshqa mustaqil so‘z turkumlaridan farqli jihatlaridan biri shundaki,undan leksik ma'no emas,balki mavhum grammatik ma'no anglashiladi.
Yuqoridagi ta'riflarda aytib o‘tilganidek,olmosh boshqa so‘z turkumlari o‘rnida ham kelishi mumkin:

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling