2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


Download 58.18 Kb.
bet1/10
Sana20.11.2023
Hajmi58.18 Kb.
#1787664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2. Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Reja


2.Oliy ta`limda o`qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida

Reja





  1. “Yaxlit pedagogik jarayon”, “o’quv jarayoni”,” tizimli yondashuv” tushunchalarining mazmuni

  2. Maxsus fanlarni o’qitishda pedagog shaxsi va uning metodik kompententligi

  3. Ta’lim jarayonini loyihalash bosqichlari, qonuniyatlari va tamoyillari.

Ta’lim tamoyillari tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonining xarakteri, yo‘nalishi, ta’lim oluvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil



qilishning asosiy qonun va qoidalarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga ta’lim tamoyili ikkita faoliyatni, ya’ni ta’lim oluvchi va ta’lim oluvchining faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.

Buyuk pedagoglar YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, CH.R.Pestalotssi, V.Disterverg, K.D.Ushinskiy va boshqalar o‘z asarlarida ta’lim (didaktika) tamoyillarini asoslab bergan edilar. Ta’lim tamoyilari tizimi o‘qitish jarayoni qonuniyatlarini ifodalaydi va tarbiya maqsadlari bilan belgilanadi. SHunga ko‘ra, o‘qitish tamoyili ta’limning eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.


M.N.Skatkin ta'lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o'quv fanlari orasidagi o'zaro aloqadorlik, joriylilik .
M.G.Ogorodnikov esa o'z tadqiqotlarida ilmiylilik, g'oyaviylik, tarixiylik, tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta'limning hayot bilan aloqasi kabilarni tamoyillar sifatida ajratib ko'rsatgan.
S.Ya.Batishev - kasb ta'limi mazmunini ishlab chiqarish va mehnat jarayoni rivojlanishi bilan uzviy bog'langan holda tasavvur etish kerak deb hisoblaydi va ta'limning quyidagi tamoyillarini qayd etgan: ilmiylik, tizimlilik va joriylilik, nazariy ta'lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi.
V.A.Skakun - kasb ta'limi tamoyillarini ilmiylik va g'oyaviylik; ta'lim, tarbiya va rivojlantirishning birligi; ilmiy-texnika taraqqiyotiga ta'limning bog'liqligi, politexnizm: malakali ishchilarni tayyorlash barcha tomonlarining bir- biriga aloqasi; ta'limning tabaqalashtirish deb biladi.
A.P.Belyayeva ta'limda xalqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, muqobillik, politexnik va kasbiy ta'limning birligi hamda o'zaro aloqasi; fanlararo va majmuaviy o'zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta'limning moslashuvchanligi va turg'unligi, mujassamlangan hamda tabaqalashganligini asosiy tamoyil sifatida talqin etadi.
Maxsus fanlar bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rishda didaktik tamoyil (printsip) talablarini hisobga olish zarur. Bunda maxsus fan o’qituvchisining o’qitish qonuniyatlarini bilishliligini emas balki, ulrni amalga oshirish (tushuntira olish) uchun qulay sharoitlar yaratishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga esa o’quv jarayonini tashkil etishda o’qitishning asosiy tamoyillariga tayanish kerakligini anglagan taqdirdagina erishish mumkin. Bu tamoyillar didaktikada ta’lim tamoyillari yoki didaktik tamoyillar deb ataladi.

Download 58.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling