2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin


Download 94.66 Kb.
bet1/6
Sana20.06.2023
Hajmi94.66 Kb.
#1628264
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
138 22.02.2018




[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-noyabrdagi 758-sonli “Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi va “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 22-fevral,
138-son
[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-fevraldagi 138-son qaroriga
ILOVA
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda YHXBB deb ataladi) tomonidan avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
murojaat etuvchi — avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma olish uchun murojaat qilgan tadbirkorlik subyekti, avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma olish uchun murojaat qilinganda esa — mazkur avtomototransport vositasining egasi (yuridik yoki jismoniy shaxs);
avtomototransport vositasini qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalarning agregat va uzellari, ehtiyot qismlari va butlovchi detallaridan foydalangan holda avtomototransport vositasi konstruksiyasi va tarkibiy qismlarining elementlariga o‘zgartirishlar kiritish;
avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) — avtomototransport vositasi egasining arizasiga asosan qayta jihozlashning aniq turi bo‘yicha bir martalik faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga beriladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma (keyingi o‘rinlarda guvohnoma deb ataladi) — tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat;
avtomototransport vositasi (qismi) tarkibiy qismlari va jihozlash predmetlari — avtomototransport vositasining konstruksiyasiga o‘rnatiladigan va foydalaniladigan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari tatbiq etiladigan agregatlar, uzellar va detallar;
tadbirkorlik subyekti — guvohnoma asosida avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
tashkilot standarti (Ts) — avtomototransport vositasini qayta jihozlashning aniq turi va (yoki) aniq marka va modeldagi avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismlarini tayyorlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektiga belgilangan tartibda berilgan hujjat;
foydalanishga oid hujjatlar — avtomototransport vositasidan foydalanishda qo‘llash uchun mo‘ljallangan hujjatlar.
3. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tadbirkorlik subyektlari tomonidan qayta jihozlashning mazkur turini amalga oshirish uchun ushbu Nizomga muvofiq berilgan guvohnoma, qayta jihozlashning mazkur turi guvohnomada mavjud bo‘lmagan hollarda ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
4. Nomerli agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi.
Bunda, nomerli agregat (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirilgandan keyin mazkur avtomototransport vositasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida belgilangan tartibda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Tayyorlovchi tashkilotning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi zarur.
5. Avtomototransport vositasini tayyorlovchi tashkilot tomonidan nomerli agregatlarga qo‘yilgan markirovkaning o‘zgarishi yoki yo‘qolishiga olib keladigan tarzda qayta jihozlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
6. Avtomototransport vositasini qayta jihozlash tegishli guvohnoma yoki ruxsatnomasiz amalga oshirilgan, shuningdek avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismi tegishli guvohnomasiz tayyorlangan hollarda mazkur avtomototransport vositasi foydalanishga qo‘yilmaydi.
2-bob. Ruxsat etuvchi talablar va shartlar
7. Quyidagilar avtomototransport vositasini qayta jihozlash va (yoki) avtomototransport vositasi va (yoki) uning qismini tayyorlashni amalga oshirishdagi ruxsat etuvchi talablar va shartlar hisoblanadi:
qonun hujjatlariga majburiy rioya qilish;
YHXBB bilan kelishilgan tegishli tashkilot standarti (Ts) talablariga, qonun hujjatlari va ekologiya sohasidagi normativ hujjatlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga majburiy rioya qilish;
tegishli harakatni va (yoki) belgilangan faoliyatni bajarish yoki amalga oshirish uchun ishlab chiqarish-texnika bazasining (binolar, inshootlar, ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari, texnologik jihozlar, tayyorgarlikdan o‘tgan xodimlar) mavjud bo‘lishi;
yong‘in xavfsizligiga, avtotransport vositasining saqlanishiga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga oid talablarni bajarish;
faqat tegishli hujjatlari (egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat, taqdim etilgan avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki avtomototransport vositasi mazkur shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat) mavjud bo‘lgan avtomototransport vositasi egalariga xizmat ko‘rsatish;
guvohnomada ko‘rsatilgan doirada tegishli harakatni bajarish va (yoki) belgilangan faoliyatni amalga oshirish.
3-bob. Guvohnoma berish tartibi
8. Guvohnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
9. Guvohnoma olish uchun tadbirkorlik subyekti YHXBBga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda guvohnoma berish to‘g‘risida ariza;
tegishli tashkilot standartining (Ts) nusxasi;
namunalarning yo‘l harakati xavfsizligi sohasida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan qabul sinov dalolatnomasining nusxasi.
Avtortransport vositalariga gaz ballon jihozlarini o‘rnatish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyekti avtotransport vositasining alohida modellari konstruksiyasining texnik loyihasi nusxasini ham taqdim etadi. DYHXBB mazkur xatboshida ko‘rsatilgan hujjatga qo‘shimcha ravishda tegishli organlardan quyidagi hujjatlarni mustaqil ravishda so‘rab oladi:
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan ballonlarni texnik tekshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi ruxsatnomaning nusxasi;
“O‘zstandart” agentligi tomonidan berilgan gaz ballon uskunalari ulanmalarining germetikligi va ishonchliligini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha laboratoriyaning akkreditatsiya guvohnomasi nusxasi.
10. Mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan arizada quyidagilar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak: tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) va tashkiliy-huquqiy shakli; jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ma’lumotlari, shuningdek mazkur tadbirkorlik subyekti bajarishni yoki amalga oshirishni mo‘ljallayotgan harakat va (yoki) muayyan faoliyat.
11. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
12. Guvohnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
13. Guvohnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
14. Guvohnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, mazkur ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘ygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).
15. YHXBB arizani mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
16. Tadbirkorlik subyektining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi, shuningdek guvohnoma berish yoki guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror YHXBB tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi.
17. Tadbirkorlik subyektiga guvohnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB rahbari mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan va YHXBBning muhri bilan tasdiqlanadigan guvohnomani imzolaydi.
18. YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda murojaat etuvchiga (tadbirkorlik subyektiga) guvohnomani beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
19. YHXBB berilgan guvohnomalar reyestrini Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar reyestrlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartibda yuritadi, shuningdek uni o‘zining Internet butunjahon tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Berilgan guvohnomalar reyestridagi ma’lumotlar barcha foydalanishi uchun ochiq hisoblanadi.
20. Guvohnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
murojaat etuvchi tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
mazkur Nizomning 16-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini o‘rganish va baholash natijalariga ko‘ra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi.
Guvohnoma berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. Guvohnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan rad etish haqida xabarnoma yuboriladi (beriladi).
Rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi bir oy muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
22. Guvohnoma berishda rad uchun asos bo‘lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, guvohnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
23. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
24. Mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
25. Murojaat etuvchi guvohnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
4-bob. Ruxsatnoma berish tartibi
26. Ruxsatnoma YHXBB tomonidan mazkur Nizomga 4-ilovadagi sxemaga muvofiq 1 yil muddatga beriladi.
27. Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma tadbirkorlik subyektiga avtomototransport vositasi egasining (yuridik yoki jismoniy shaxsning) quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda mazkur Nizomga tegishli ravishda 5 va 6-ilovalarga muvofiq shakllarda beriladigan arizalariga asosan beriladi:
egasining shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi — jismoniy shaxslar uchun (fuqarolik pasporti, 16 yoshga to‘lmaganlar uchun — tug‘ilganlik haqida guvohnoma, harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism va harbiy muassasa qo‘mondonligi tomonidan beriladigan shaxsiy guvohnoma yoki harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlarning harbiy guvohnomalari bundan mustasno), chet el fuqarolari uchun — O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining ichki ishlar organlari tomonidan doimiy yoki vaqtincha yashash joyi haqida belgi qo‘yilgan milliy pasporti, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun — fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi);
avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tish guvohnomasi (texnik pasport, texnik talon) yoki avtomototransport vositasining mazkur egaga tegishli ekanligini tasdiqlovchi boshqa hujjat nusxasi.
Avtomototransport vositasini qayta jihozlash uchun tadbirkorlik subyektini tanlash uning egasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin, bu haqda arizada ko‘rsatiladi.
28. Murojaat etuvchidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
29. Ruxsatnoma olish uchun zarur ma’lumotlar YHXBB tomonidan uning Internet butunjahon tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
30. Ruxsatnoma olish uchun zarur hujjatlar YHXBBga murojaat etuvchi tomonidan bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
31. Ruxsatnoma olish uchun YHXBBga taqdim etilgan hujjatlar ro‘yxat bo‘yicha qabul qilinadi, mazkur ro‘yxat hujjatlar qabul qilingan sana haqida belgi qo‘ygan holda darhol murojaat etuvchiga beriladi (yuboriladi).
32. YHXBB arizani mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilingan sanadan boshlab o‘n besh ish kunidan oshmagan muddatda ko‘rib chiqadi.
33. Tadbirkorlik subyektining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash (arizada ko‘rsatilgan hollarda), shuningdek ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish YHXBB tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
34. Tadbirkorlik subyektiga ruxsatnoma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda YHXBB ushbu qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda:
mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda ruxsatnoma rasmiylashtiradi;
tadbirkorlik subyektiga ruxsatnoma beradi (yuboradi) yoki uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;
avtomototransport vositasi egasini yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi;
qayta jihozlash o‘tkazilgandan keyin qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mazkur avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining yo‘l harakati xavfsizligi hududiy boshqarmalariga ruxsatnomaning nusxasini yuboradi.
35. Ruxsatnoma berish quyidagi asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin:
murojaat etuvchi tomonidan mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilishi;
tadbirkorlik subyekti tomonidan ruxsat etuvchi talablar va shartlarga rioya etilmasligi;
murojaat etuvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
mazkur Nizomning 33-bandiga muvofiq tayyorlangan tadbirkorlik subyektining arizada ko‘rsatilgan xizmatlarni bajara olish imkoniyatini baholash natijalariga ko‘ra tayyorlangan, YHXBBning asoslangan salbiy xulosasi.
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
36. Ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hollarda murojaat etuvchiga yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va murojaat etuvchi ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran murojaat qilishi mumkin bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan rad etish haqida xabarnoma yuboriladi (beriladi).
Ruxsatnoma berishni rad etish haqida yozma xabarnoma olgandan keyin murojaat etuvchi o‘n kun muddatda rad etish sabablarini bartaraf etishga va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga haqli.
37. Ruxsatnoma berishda rad uchun asos bo‘lgan sabablar murojaat etuvchi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uning berilishini rad etish YHXBB tomonidan murojaat etuvchining rad etish sabablarini bartaraf etganligi to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan oshmagan muddatda amalga oshiriladi.
38. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda YHXBB tomonidan murojaat etuvchiga avval yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda bayon etilmagan rad etish sabablarini ko‘rsatishga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
39. Mazkur Nizomning 36-bandida ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin berilgan takroriy ariza yangi berilgan hisoblanadi va YHXBB tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
40. Murojaat etuvchi ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek YHXBB mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
5-bob. Guvohnoma va ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish, dublikatini berish
41. Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs qayta tashkil etilgan, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan hollarda tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida YHXBBga ariza berishi shart.
Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning unga berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat joyi o‘zgargan hollarda tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshirilgan kundan boshlab yetti ish kuni ichida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida YHXBBga ariza berishi shart.
Hujjatlar murojaat etuvchi tomonidan YHXBBga bevosita, pochta aloqasi vositasida yoki elektron shaklda ularning qabul qilinganligi haqida xabardor qilgan holda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar murojaat etuvchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchidan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
42. Guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va berish YHXBB tomonidan tegishli hujjatlar ilova qilingan holda guvohnoma yoki ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni ichida amalga oshiriladi. Guvohnomani qayta rasmiylashtirishda YHXBB berilgan guvohnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
43. Guvohnoma qayta rasmiylashtirilgunga qadar guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan tadbirkorlik subyekti yoki uning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) arizada ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni guvohnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, YHXBBning ariza qabul qilingan sana to‘g‘risidagi belgisi qo‘yilgan arizasi asosida bajaradi yoki amalga oshiradi.
44. Guvohnomaning amal qilish muddati tadbirkorlik subyektining murojaatiga asosan uzaytiriladi. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uni berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
45. Guvohnoma yoki ruxsatnoma yo‘qolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan taqdirda murojaat etuvchining murojaati asosida (guvohnoma va ruxsatnoma yaroqsiz holga kelgan taqdirda uning asli ilova qilingan holda) ularning dublikati beriladi. YHXBB ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda guvohnoma yoki ruxsatnomaning dublikatini berishi (yuborishi) shart.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Tadbirkorlik subyekti o‘zi tomonidan qayta jihozlangan avtomototransport vositasi egasiga qayta jihozlash amalga oshirilganligi haqida yozuv kiritilgan, guvohnoma nusxasining tartib raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda guvohnoma nusxasini beradi.
Mazkur guvohnoma nusxasi tadbirkorlik subyektining mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi va qayta jihozlangan avtomototransport vositasini O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish) uchun asos hisoblanadi.
47. Arizani ko‘rib chiqish, guvohnoma va ruxsatnomani berish, qayta rasmiylashtirish, amal qilish muddatini uzaytirish va dublikatini berish uchun yig‘im undirilmaydi.
48. Guvohnoma va ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va bekor qilish “Tadbirkorlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tegishli ravishda 22, 23 va 25-moddalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda amalga oshiriladi.
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma olish
SXEMASI

Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtotransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi
Ichki ishlar vazirligi
Yo‘l harakati xavfsizligi
bosh boshqarmasi boshlig‘iga


Download 94.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling