2-amaliy mashg‘ulot shulhani saqlashda yо‘qotishlarni hisoblash amaliy mashg‘ulotdan maqsad
Download 448.5 Kb.
|
2-amal
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomobil transporti
- 1.2. Temir yo’l transporti
- Nazorat va muhokama uchun savollar
2-AMALIY MASHG‘ULOT SHULHANI SAQLASHDA YО‘QOTISHLARNI HISOBLASH Amaliy mashg‘ulotdan maqsad: Shrot saqlovchi omborlarga shrot ekstraksiya sexidan transportyorlar orqali keltiriladi, yog‘ moy korxonasidan tashqari yem saqlash omborlariga shrot avtomobillar orqali bir oylik maksimal, о‘rtacha minimal va kunlik maksimal shrot qabul qilish miqdorini hisoblash keltirilayotgan shrot miqdorini analitik baholash va turli konstruksiyadagi siloslar sig‘imini aniqlashni о‘rganish. 1.Shrotni qabul qilish. Shrot qabul qiluvchi elevatorlarning bir yilda qabul qiladigan shrot hajmi yillik shrot tayyorlov hajmiga teng deb qabul qilinadi (topshiriqda kо‘rsatiladi). Ishlab chiqarish elevatorlarining yillik shrot qabul qilish hajmi tosterni bir kunlik unumdorligining (topshiriqda beriladi) yillik ish kuni kо‘paytmasiga teng (1 yilda 300 kun). Oshirib beruvchi elevatorlar uchun yillik shrot qabul qilish miqdori yillik shrot aylanish miqdoriga teng (topshiriqda kо‘rsatiladi). Zamonaviy elevatorlarda shrotni transportyorda qabul qilish asosiy jarayonlardan biri hisoblanadi. Avtomobil transporti orqali (shrot topshiruvchilardan) bir kunlik va soatlik maksimal , minimal , о‘rtacha , qabul qilish quyidagicha hisoblanadi: Bu erda: Pr— shrot tayyorlash vaqti, 15 kun; 0,8 - shrot tayyorlash davrida elevatorga qabul qilinadigan shrot miqdori (1 yilga nisbatan % hisobida); Kc — avtotransportdan qabul qilinayotgan shrotning bir kundagi tengsizlik koeffitsiyenti (Bu koeffitsiyent mamlakatning uch qismi uchun 1,6; 1,4 va 1,3 ga teng); avtotransportdan qabul qilinayotgan shrotning bir soatdagi tengsizlik koeffitsiyenti (MDH ning barcha o’lkalari uchun 1,6 ga teng); 24 – bir kunda avtotransport orqali shrot kelishining hisobiy vaqti (soat). 1.2. Temir yo’l transporti orqali oylik о‘rtacha maksimal ( ), minimal ( ) va kunlik maksimal shrot qabul qilinishi quyidagicha hisoblanadi: Bu yerda: 11 — bir yilda temir yо‘l transporti orqali shrot qabul qilish oylar soni; Kov, Kc — shrotning temir\rovldan qabul qilishdagi oylik va kunlik tengsizlik koeffitsiyentlari (2,0va 2,3); 30 — bir oydagi kunlar soni. Shrot qabul qilishning hisobiy kunlik hajmni ( ) shrotni avtotransport orqali tashishga bog’liq bo’lishi kerak (bir tо‘liq mahsulot 3000 t). > 1000 bo’lsa, keyingi kunlik hisobiy hajmlar uchun 3000 t qabul qilinadi. < 1000 bo’lsa, keyingi kunlik hisobiy hajmlar uchun bir yarim marshrut (600 t) qabul qilinadi. 2. Siloslar va silos korpuslarining sig‘mini hisoblash. Hozirgi vaqtda turli shaklli siloslar qurilmoqda: aylana, tо‘rtburchak va kо‘p qirrali (olti, sakkiz va о‘n ikki qirrali). Elevatorlar qurish amaliyotida asosan diametri 6 va 7 m bо‘lgan siloslar keng tarqalgan. Diametri 7 m li siloslar faqat talab qilingan holdagina qurilishi mumkin. Aylana, tо‘rtburchak siloslar qatorasiga joylashtiriladi. Shaxmat tipida joylashtirilgan silos korpuslarini qurish zarur bо‘lgan holdagina ruxsat etiladi. Fundament plitasi ostidagi tuproqqa beriladigan о‘rtacha bosimning 3 105 Pa (3 kg/sm3) ekanligini hisobga olib, na’munaviy silos korpuslari balandligi 30 m qilib belgilangan. Alohida silosning sig‘imi-Es uning rejadagi о‘lchamlariga, ya’ni kо‘ndalang qirqimi — S1 ga, balandligi — N1 ga, shrotning hajmi og‘irligi – j ga, silos hajmidan foydalanish koeffitsiyenti - ga bog‘liq: Tо‘rt burchak siloslarning kо‘ndalang qirqimi— a, bо‘lgan holat uchun S= a b; aylana siloslar uchun Oraliq siloslar (yulduzchalar) kо‘ndalang kesim yuzasini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: S=0,2D2 Bu erda: a, b — tо‘rtburchak silosning rejadagi о‘lchamlari, D — aylana silosning diametri. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Shrot saqlovchi omborlar haqida nimani tushunasiz? 2. Zamonaviy elevatorlarda shrotni transportyorda qabul qilish haqida nimani bilasiz? 3. Temir yo’l transporti orqali shrot qabul qilinishni hisoblashni о‘rganish. 4. Siloslar va silos korpuslarining sig‘imini hisoblashni о‘rganish. Download 448.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling