2-qism Nomzodga berilgan tavsiyanomalarni tekshirish amaliyotda qaysi bosqichda tekshirish eng keng tarqalgan?


Download 16.61 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1252817
Bog'liq
2-AMALIY MASHG’ULOT (DAVOMI)


2-AMALIY MASHG’ULOT (DAVOMI)
1-MAVZU. TANLASH JARAYONIDAN KEYINGI CHORA-TADBIRLAR
(2-qism)

1. Nomzodga berilgan tavsiyanomalarni tekshirish amaliyotda qaysi bosqichda tekshirish eng keng tarqalgan?
A) Birinchi suhbatdan oldin;
B) Oxirgi suhbatdan oldin;
C) Oxirgi suhbatdan oldin yoki undan keyin;
D) Rezyume tahlili jarayonida
2. Nomzodlarga rad javobi qidiruv va tanlashning qaysi bosqichlarida berilishi kerak?
A) Birinchi suhbatdan keyin;
B) Yakuniy suhbatdan keyin;
C) Rezyume tahlilidan keyin
D) Barcha bosqichlarda rad javobi berish lozim.
3. Odatda qarshi taklif top-menejerlar, noyob kasblar mutaxassislari (yuqori ixtisoslashgan sanoat), ajoyib bilim egalari va o’z sohasidagi haqiqiy mutaxassislariga beriladi.
A) top-menejerlar, noyob kasb mutaxassislari, ajoyib bilim egalari va o’z sohasidagi haqiqiy mutaxassislariga.
B) Marketologlar, supervayzerlar, HR menejerlari va boshqa menejerlarga.
C) majburiy tarzda ishdan bo’shatilishi rejalashtirilayotgan barcha hodimlarga.
D) To’g'ri javob berilmagan.
4. Qarama-qarshi takliflarning mazmuni odatda nimalardan iborat bo’ladi?
A) lavozim ko’tarilishi; funktsional majburiyatlarni kengaytirish;
B) nomzod ish xaqining belgilangan va / yoki o’zgaruvchan qismini oshirish; kompensatsiya paketini kengaytirish (pensiya dasturlari, hayotni sug'urtalash);
C) kompaniya hisobidan ichki va tashqi ta'lim olish imkoniyati; uy-joy va maishiy muammolarni hal qilishda yordam berish; forma va ish jadvalining o’zgarishi (masofadan turib ishlash imkoniyati, moslashuvchan soat).
D) Barcha javoblar to’g'ri
5. Nomzod ish joyini o’zgartirmoqchi emas, ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida amaldagi ish beruvchiga bosim o’tkazish uchun rekruting agentliklardan va boshqa ish beruvchilarning ish takliflaridan foydalanadi. Ushbu nomzod qarshi taklifga nisbatan nomzodlarning qanday turiga mansub?
A) "Shantajchi/Tovlamachi"
B) "Avliyo"
C) "Realist"
D) "Tajribali"
6. Odatda ish haqi miqdori va qo’shimcha ish sharoitlari rekruting jarayonining qaysi bosqichida muhokama qilinadi?
A) Rezyumeni ko’zdan kechirish bosqichida.
B) Ishga yollash (yakuniy) bosqichida.
C) Telefon orqali suhbatda.
D) To’g'ri javob berilmagan.
7. Qo’shimcha ish sharoitlari bo’yicha muzokaralarda nimalar muhokama qilinadi?
A) Ish haqining o’zgarmas qismi muhokama qilinadi.
B) Ish haqining o’zgaruvchan qismi muhokama qilinadi
C) nomzodning odatdagi ish sharoitlari ro’yxatiga kiritilmagan barcha nostandart so’rovlari muhokama qilinadi
D) Avtoulov, mobil aloqa, korporativ kartalar va boshqalar muhokama qilinadi.
8. Kompaniya tomonidan qarama-qarshi taklifning berilishining asosiy sababi nimada?
A) kompaniya uchun hodim egallagan tajribasi, noyob bilim va ko’nikmalarini saqlab qolish istagi; xodim jalb qilingan muhim loyihalarni o’z vaqtida bajarilishini ta'minlash zarurati;
B) qimmatbaho mutaxassisning ketishi raqiblarni kuchaytiradi va maxfiy tijorat ma'lumotlarini oshkor qilish xavfini oshiradi deb qo’rqish;
C) yangi ishchining narxi amaldagi hodimga kiritilgan sarmoyadan sezilarli darajada oshadi; nomzodlar va xodimlar oldida kompaniyaning ish beruvchi sifatidagi obro’sini saqlab qolish.
D) Barcha javoblar to’g'ri.
9. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati Mehnat kodeksining qaysi moddasida ko’rsatilgan.
A) Mehnat kodeksining 78-moddasida
B) Mehnat kodeksining 79-moddasida
C) Mehnat kodeksining 80-moddasida
D) Mehnat kodeksining 81-moddasida
10. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati to’gri ko’rsatilgan javobni belgilang.
A) passport, mehnat daftarchasi, harbiy bilet/harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani, diplom/guvohnoma.
B) Rezyume, mehnat daftarchasi, diplom/guvohnoma, tibbiy ma'lumotnoma, so’rovnoma.
C) Rezyume, passport, diplom/guvohnoma, tavsiyanoma, tibbiy ma'lumotnoma
D) To’g'ri javob berilmagan.
11. Mehnat shartnomasining zaruriy shartlariga nimalar kiradi?
A) ish joyi, mehnat funksiyasi, ishni boshlash kuni
B) Moddiy javobgarlik, ish boshlash kuni, bekor qilinish sanasi.
C) Texnika xavfsizligi, lavozim boy'icha bo’ysinish, ish joyi
D) To’g'ri javob berilmagan.
12. Qarshi taklifni rad etishning eng keng tarqalgan sababi to’g'ri ko’rsatilgan javobni belgilang.
A) Hozirgi ish joyiga qiziqishning yo’qolishi
B) Xodim kompaniyaning kelajagini ko’rolmasligi
C) Qarshi taklif shartlarining ma'qul kelmaganligi
D) Xodim tomonidan faoliyat sohasini o’zgartirishga qaror qilinishi
Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling