2 soat Reja : Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari


Download 54.83 Kb.
bet1/5
Sana07.04.2023
Hajmi54.83 Kb.
#1340452
  1   2   3   4   5

5-Mavzu. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalari


(2 soat)
Reja :

  1. Bilish jarayonlari va kasb tanlash masalalari

  2. Idrok xususiyatlari. Appertseptsiya.

  3. Xotira turlari. Xotira jarayonlari.

  4. Kasbni egallashda tafakkur o’rni. Kasb turlarida tafakkurni namoyon bo’lishi.



Tayanch iboralar: Diqqat, sezgi, idrok, tasavvur, xotira, appertseptsiya, Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi
Diqqat kishi faoliyatning barcha turlari, eng avvalo, mehnat va o’quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir. Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning tanlanganligi, yo’naltirilgan- ligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi ko’plab ta‘sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi, nimanidir faraz qiladi, nima haqidadir fikr yuritadi, o’ylaydi. Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o’zaro bog’liq. Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning ichki ishlar idoralari faoliyatidagi o’rniga to’xtalamiz.


Diqqat individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo’naltiri- lganligi va bir narsaga qaratilganligidir.

E‘tiborni ma‘lum obektga qaratish uchun irodaviy kuch-g’ayrat sarflash zarurati yuzaga kelganda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo’lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to’siqlar mavjud bo’lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo’ladi.


Hosil bo’lish xususiyati va amal qilish usullariga ko’ra diqqatning uchta asosiy turi mavjud:





  • Ixtiyorsiz diqqat;




  • ixtiyoriy diqqat;

ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat




Ixtiyorsiz diqqat kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo’ladi va qo’llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo’lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo’lgan qo’zg’atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo’zg’aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo’lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to’planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo’nalganligiga ham bog’liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan
diqqat-e‘tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo’ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o’z oldiga ma‘lum bir vazifa qo’ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo’lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat maqsadga yo’naltirilgan faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to’planganligidagi kabi, faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli bo’lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon bo’ladi. Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy

diqqatdan keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy diqqatdan


keyingi diqqat sharoitiga o’tish uchun ish jarayonini faollashtirish talab etiladi. Ish


jarayonini xotira qonuniyatlarini yaxshi bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish


uyg’otish qonuniyatlari hisoblanadi2.
Kasbiy diqqat yaxshi shakllangan ixtiyoriy diqqatning anglanganligi va keragicha boshqarish imkoniyatining mavjudligi bilan ajralib turuvchi va nima, qachon, qaerda hamda nimaga diqqatni qaratish kerakligini belgilab beruvchi jarayon hisoblanadi. Kasbiy diqqatning yaxshi rivojlanganligi uning maqsadli va mohirona yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Diqqatni bir joyga jamlash va uni to’g’ri yo’naltirishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur:

  • ish jarayoniga xos va mos sharoitni yaratish, ya‘ni ish joyini saranjomlash, yorug’likka qulay joylashib olish;




  • muayyan vazifani bajarish uchun psixologik tayyorgarlik ko’rish;




  • aqliy tayyorgarlik, zarur adabiyotlardan foydalanish, tajriba orttirish, aqliy faoliyat yuritish uchun qulay vaqtlarni hisobga olish (tongi soat 5 dan

11 gacha, kunduzgi soat 16 dan kechki 20-24 gacha aqliy faoliyat unumdorligi yuqoriligini kuzatish mumkin).


Psixik hodisalar psixik holatlarni, psixik jarayonlarni va psixik xususiyatlarni o`z ichiga oladi. Bularning barchasi tirik organizmning tashqi olamni u yoki bu darajada aks ettirishi bilan bog`liq bo`lganligi uchun ham bir so`z bilan ruhiy, psixik hodisalar deb ataladi. Psixik hodisalarning birinchisi hisoblangan psixik holatlar deganda tashqi olamni aks ettirish va javob qaytarish xususiyati, mexanizmlari tushuniladi. Masalan, bolalar va kattalarning dunyoni aks ettirishlari, sog`lom yoki betob odamning aks ettirishi,bardam,tetik yoki horg`in, charchagan odamning aks ettirishi sifat xususiyatlari va holatlari bir-biridan farq qiladi. Psixik xususiyatlar deganda odam – sub'ektning betakror, bir-biridan farq qiladigan xususiyatlaritushuniladi. Bunda asosan odamning temperamenti, qobiliyati va xarakteri nazarda tutiladi.Psixik hodisalar ichida psixik jarayonlar yetakchi va asosiy mazmunni kasb etadi.
Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit

mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.



Download 54.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling