2 ta: kesim, kesim


Download 26.92 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi26.92 Kb.
#1161070

1. Qoratoy o‘zini tuta olmadi, boyni so‘kib, og‘zidan bodi kirib, shodi chiqa boshladi. (Oybek) Ushbu gapda qo‘llangan iboralar soni va gapdagi vazifasini aniqlang.
A) 2 ta: kesim, kesim B) 3 ta: kesim, hol, kesim
C) 4 ta: kesim, hol, hol, kesim D) 1 ta: kesim
2. Quyidagilardan to‘g‘ri fikrni aniqlang.
A) Ega va kesim hamma vaqt ham shaxsda mos bo‘ladi.
B) Ega va kesim hamma vaqt sonda mos bo‘ladi.
C) Ega va kesim bog‘lanishi uchun muvofiqlashuv atamasi ham yuritiladi.
D)Qaratqich–qaralmish munosabatidagi bog‘lanishlar bir tomonlama aloqani hosil qiladi.
3.Quydagilardan qaysi biri gapning kommunikativ kategoriyasini tashkil etadi?
A) gapning aktual bo‘laklari B) gap bo‘laklari
C) propozitivlik D) modallik
4. Qaysi gapda morfologik va sintaktik zamon ma’nosi muvofiq kelgan?
A) U hozirgina keldi. B) Men talabaman.
C) Ertalabgacha yetib borish kerak. D) Barcha gaplarda
5. Qo‘shma gapning turini belgilang. Bilasan-ku, mardning so‘zi bir bo‘lar.
A) hol ergash gapli qo‘shma gap
B) to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
C) aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap
D) kesim ergash gapli qo‘shma gap
6. Natija ergash gapli qo‘shma gaplarning qolipi qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) ergash gap oldin, bosh gap keyin
B) bosh gap oldin, ergash gap keyin
C) har ikkala qolipda
7. Bir necha ergash gapli qo‘shma gapning birgalik ergashuv turiga berilgan misolni aniqlang.
A) Men shunday chamanzor yaratayki, kishilar zavqlansin, bulbullar xonish qilib, dillarni yayratsin.
B) Qish fasli bo‘lsa-da, uy shu darajada issiq ediki, yuzlarimdan ter quyila boshladi.
C) Bordi-yu rost bo‘lsa, hammasi emas, yarmi ros bo‘lganda ham, juda xunuk gap-ku.
D) Bildimki, uyga qaytibdi, aminmanki, endi u g‘olib bo‘lmaydi.
8. Tilshunos olim G‘.Abdurahmonov izohlash munosabatini ifodalagan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida qanday mazmuniy munosabat ifodalanishini ko‘rsatgan?
A) zidlash, maqsad, sabab-natija munosabati
B) shart-payt, sabab-natija, qiyoslash, o‘xshatish
C) payt, ketma-ketlik, qiyoslash
D) shart-payt, sabab-natija, o‘xshatish
9. Qaysi gapda sintetik shakl yordamida ifodalangan kesim mavjud?
A) Mening bu voqeadan xabarim yo‘q.
B) U talaba hisoblanadi.
C) Eng yaqin do‘stim sensan.
D) Qushlar uzoq-uzoqlarda sayrar edi.
10. Faqat tobe so`zning asosi shakldosh bo`lgan otli birikmani toping.
A) oshiqning sozi B) sozning sehri
C) olmaning guli D) esga olmoq
11. Insoniyat tarixi har birimizga bog‘liq bo‘lgan,o‘zligimizni ko‘rsatadigan,bizning olis shajaramizni,nasl-nasabimizni,qadr-qimmatimizni belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir. Berilgan gapda moslashuvli so‘z birikmalarining miqdori nechta?
A) 3 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 5 ta
12. Turkiston o‘lkamiz vodiylari ,sahrolari keng,tog‘lari buyuk,aholisi turk-o‘zbekdur. Ushbu gapdagi egalarni aniqlang.
A) o‘lkamiz,tog‘lari,aholisi
B) vodiylari,sahrolari,tog‘lari,turk
C) vodiylari,sahrolari
D) vodiylari,sahrolari,tog‘lari,aholisi
13. Qaysi gapda ega va kesim o‘rtasida tire noo‘rin qo‘llangan?
A) Yaxshining so‘zi – moy, yomonning so‘zi – loy.
B) Yaxshi niyatli kishilarning ahdi – shu.
C) Sog‘liging – boyliging.
D) Eng yaqin do‘stim – sensan.

Download 26.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling