2. Yevrosiyo materigida tabiat zonalarining tarqalishi


Download 19.89 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2023
Hajmi19.89 Kb.
#1341566
  1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi davomi


yarim orolidan Koreya yarim orligacha cho’zilib yotgan o’rtacha balandlikdagi tog’larda tundra, o’rmon tundra, tayga, aralash o’rmonlar, keng bargli o’rmonlar, nam subtropik o’rmonlar ham ketma-ket almashinadi.
2. Yevrosiyo materigida tabiat zonalarining tarqalishi.
Yevrosiyo materigida kenglik zonallik shimolda arktik sahrolaridan boshlab, janubda nam ekvatorial o’rmonlar qonuniy ravishda birin-ketin almashinib boradi.
Arktika sahrolari zonasi Yevrosiyonning Arktikadagi orollarini va materikning Yamal yarimorolidan Chukotka yarimoroligacha cho’zilgan. Iyyulning o’rtacha harorati +1,+3 S atrofida, yanvarning o’rtacha harorati esa -20 dan -32 S gacha Arktika sahrolarining tabiiy sharoiti og’ir bo’lganligi sababli o’simliklar yaxshi rivojlanmagan va ular bir-biridan ajralgan holda to’p-to’p bo’lib o’sadi. Bu yerda o’simliklar turi juda kam bo’lib, Frans Iosif Yerida 40 turga yaqin, Severnaya Zemlyada 50 turga yaqin va gulli o’simliklarning turi 40 turdan oshmaydi.
Tundra zonasi materikning subarktika mitaqasining g’arbiy yevropa qismidan boshlanib, sharq tomon Bering dengizi sohiligacha boradi. Iyyulning o’rtacha harorati +4,+14 atrofida. Arktika sahrolaridan janubda, materikning Shimoliy Muz okeani qirg’oqlari bo’ylab tundra o’simlik tipi tarqalgan. Uning tarkibida moxlar, lishayniklar, butachalar va qisman butalar yetakchi rol o’ynaydi. Tundrada o’simliklarning yaxshi rivojlanishi uchun issiqlik yetishmaydi.
O’rmonlar zonasi. Tabiatga inson xo’jalik faoliyatining ta’sir doirasi kuchaymasdan oldin Yer yuzida o’rmonlarning umumiy maydoni 7,5 mlrd. ga atrofida bo’lgan. Hozirgi vaqtda esa ularning maydoni 3,26 mlrd. ga ni tashkil etadi.
Tayga Fennoskandinaviya va Xokkaydo orolida katta maydonlarni egallaydi Bu zonada asosan igna bargli o’rmonlar - tilog’ochlar, qarag’aylar va yellar hukmronlik qiladi. Fenoskandiya taygasida Yevropa yeli, Sharqiy Yevropa taygasida Yevropa va Sibir yeli, qarag’ay, uning shimoli-sharqida Sibir pixtasi, Sukachyov tilog’ochi, Sibir kedri ko’pchilikni tashkil etadi. Sibir taygasida o’rmon hosil qiluvchi asosiy daraxtlar yel, Sibir pixtasi, qarag’ay, Sibir va Dauriya tilog’ochi, kedr va oq qarag’aylar tarqalgandir.

Download 19.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling