20 Galvanik element tayyorlash. Suvdagi eritmalarni elektroliz qilish. Ishning maqsadi


Download 169.61 Kb.
bet1/4
Sana23.02.2023
Hajmi169.61 Kb.
#1224891
  1   2   3   4
Bog'liq
№5-Galvanik element tayyorlash. Suvdagi eritmalarni elektroliz qilish.


20 Galvanik element tayyorlash. Suvdagi eritmalarni elektroliz qilish.

Ishning maqsadi: Kimyoviy moddalar eritmalarini elektroliz qilish, katodda va anodda ajralib chiqayotgan moddalarni aniqlash.
Reaktivlar: H2SO4 –sulfat kislota (rangsiz eritma), CuSO4 – mis sulfat tuzi (havo rang eritma), ZnSO4 - rux sulfat tuzi (rangsiz eritma), H2O-distillangan suv, K3[Fe(CN)6]- qizil qon tuzi (sarg‘ish eritmasi), NaCl- natriy xlor tuzi (rangsiz eritma), Zn-rux bo‘lakchasi. FeSO4-temir(II)sulfat, SnCl2-qalay (II) xlorid, Pb(CH3COO)2- qo‘rg‘oshin (II) atsetat, AgNO3- kumush nitrat. mis va rux plastinkaslari, mis sim, ruxlangan temir simi, qalaylangan temir simi, alyuminiy sim, temir plastinka, qo‘rg‘oshin plastinka, qalay plastinka, KCl-kaliy xlorid eritmasi, KMnO4-kaliy permanganat eritmasi, MnSO4- marganes (II) sulfat eritmasi, K2SO3-kaliy sulfit eritmasi, K2SO4-kaliy sulfat eritmasi, Cr2(SO4)3-xrom(III)sulfat, J2-yodli suv, FeCl3-temir(III) xlorid, fenolftalein, KI-kaliy yodid eritmasi, kraxmal kleysteri, Na2SO4-natriy sulfat eritmasi, neytral lakmus eritmasi, NiSO4-nikel (II) sulfat eritmasi.

Asbob uskunalar: menzurka, stakanlar, probirkalar, elektrolizyor, xingidronli, xlorkumushli va kalomel elektrodlar, millivoltmetr, LPU-01 potensiometr, grafit elektrod, shisha plastinkaga yopishtirilgan filtr qog‘oz, 4-5 V.li taqsimlagichga akkumulyator, shtativ.

1. Kimyoviy jarayonlarda galvanik juftning hosil bo‘lishi
1-tajriba.Ruxning sulfat kislotasi bilan mis ishtirokida va u yo‘qligida ta’sirlanishi.
Ishning bajarilishi: Probirkaga 5-6 tomchi 2n sulfat kislotasidan soling va aralashtirgan holda toza rux bo‘lakchasini tashlang. Sulfat kislotadan vodorod ajralib chiqadimi? Probirkadagi rux bo‘lakchasiga mis simini tekkizing. Vodorod ajralish tezligi o‘zgaradimi va u qaysi metall ta`sirida ajraladi? Ruxdan mis simini oling va vodorod ajralish tezligi yana o‘zgarishiga ishonch hosil qiling. Rux-mis juftligida elektron o‘tishi yo‘nalishini ko‘rsating. Qaysi metall manfiy zaryadga ega va eritmadagi vodorod ionlari uchun katod hisoblanadi?
Quyidagi tajribada ham yuqoridagi hodisalarni kuzatish mumkin.
Ikki probirkaga 5-6 tomchi 2n sulfat kislotasi eritmasidan soling. Probirkaning biriga bir tomchi mis (II) sulfat eritmasidan qo‘shing va ikkala probirkaga toza (aralashmasiz) rux bo‘lakchasidan tashlang. Probirkalarda har xil tezlikda vodorod chiqishini kuzating. Mis (II) sulfat qo‘shilgan eritmadagi rux sirtida nima hosil bo‘ladi? Vodorod chiqishini tezlashtirishda mis tuzining roli qanday?
2-tajriba.Rux va qalay bilan qoplangan temirning zanglashi.
Ishning bajarilishi. Ikkita probirkaning yarim hajmigacha distillangan suv soling. Kaliy geksatsianoferrat (III) K3[Fe(CN)6] eritmasidan qo‘shing. K3[Fe(CN)6] temir (II) ioni uchun sezgir reaktiv hisoblanadi va ko‘k rang hosil qiladi. Eritmalarni shisha tayoqcha bilan aralashtiring.
Ikkita temir simini (bo‘lakchasini) qumli qog‘oz bilan tozalang, birinchi simga rux bo‘lakchasini bog‘lang, ikkinchisiga qalay bo‘lakchasini bog‘lang va ularni tayyorlangan eritmalarga tushiring. Qalay bilan temir tushirilgan eritma bir necha daqiqadan so‘ng ko‘k rangga kiradi. Eritmada Fe2+ ionlari hosil bo‘lishini tushuntiring. Temir-rux jufti tushirilgan eritmada nima uchun ko‘k rang hosil bo‘lmaydi?
Tajriba natijalarini yozing. Kuzatilgan holisalarni bayonini yozing va savollarga javob bering.
Rux-temir va qalay-temir juftlarida temirni zanglashidagi elektronlar o‘tish sxemasini yozing. Qaysi holatda himoya qatlami yemirilib temir zanglanadi?
Quyidagi juftliklarda zanglash jarayonida qaysi metall birinchi bo‘lib yemiriladi:
Alyuminiy-mis, mis-nikel, temir-nikel?


Download 169.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling