2020 йил 13 ноябрь куни


Download 68 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi68 Kb.
#158410
Bog'liq
Дарс режаси УЗБ


Халқ таълими вазирлигининг
2020 йил 10 ноябрдаги
06-06/4-3524-сонли хатига
илова
2020 йил 13 ноябрь куни ўтказиладиган очиқ дарс режаси
Ushbu dars ishlanmasi tavsiya sifatida berilgan. Uni me’yorlarga muvofiq o'zgartirish mumkin.
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan

Men – bolaman va mening ham huquqlarim bor!”



mavzusida dars ishlanmasi

Darsning maqsad va vazifalari:

Ta'limiy: - bolalarning huquqlarini himoya qilish bo'yicha xalqaro va milliy qonunlar to'g'risida bilimlarni shakllantirishni davom ettirish;

Tarbiyaviy: - umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlarni shakllantirishni davom ettirish;

  • mamlakatda va dunyoda bo'layotgan voqealarga daxldorlik tuyg’usini shakllantirish;

Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning muloqotga kirishish faoliyatini, tanqidiy, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishni davom ettirish.

Darsning jihozi:

Metodik jihozlar:O`zbekiston Respublikasinig Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Bola huquqlari to`g`risidagi konvensiya. Dars ishlanmasi. Bola huquqlariga oid ko`rgazmali, tarqatmalar.

Agar texnik vositalar yordamida darsni o'tkazish imkoni bo'lmasa, u holda Konventsiyaga muvofiq bolaning huquqlarini aks ettiruvchi alohida ko`rgazmali fayllarni oldindan tayyorlab qo`yish tavsiya etiladi. Dars jarayonida ushbu fayllar o`quvchilarga ko`rsatib boriladi.



Texnik jihozlar: Kompyuter, videoproyektor, televizor.

Darsning borishi:

O'qituvchi o’quvchilar bilan salomlashadi:



  • Xayrli kun, bolalar va qizlar!

  • Butunjahon bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan darsga xush kelibsiz!

- Bugun darsda biz juda muhim hujjatlardan biri – Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya sahifalari bo'ylab hayajonli sayohat qilamiz.

- Ayting-chi, sizning huquqlaringizni himoya qiladigan hujjatlar to`g`risida nimalarni bilasiz? (O`quvchilarning javoblari).

- Azizlarim, bugungi qiziqarli va ma'lumotlarga boy sayohatda bizga Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya hamroh bo'ladi.

- Siz nima deb o`ylaysiz, nima uchun muhim hujjatlarda bolaning huquqlari doimo himoya qilinishi kerak, deb yozilgan? (O`quvchilarning javoblari)

- O'ylab ko'ring va javob bering, bolalarni nima uchun va kimdan himoya qilish kerak? Bu savolni ko'rib chiqilish, o`zgartirish, moslashtirish mumkin.

- Nima deb o`ylaysiz, sizningcha qancha huquqlarga egasiz?

- Nima uchun bolalarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish muhim?

Yuqorida tavsiya etilgan savollarni o`quvchilarning bilim darajasidan kelib chiqib,o'qituvchi qiyinroq yoki osonroq savollarga o'zgartirishi mumkin.

Yozma topshiriq: o'qituvchi har bir o`quvchiga jadval chizilgan varaqlarni tarqatadi yoki ekranda namoyish etilgan jadvalni daftarga chizishni so'raydi. Vazifa: - Agar siz jadvalda berilgan ta’kidga rozi bo'lsangiz plyus (+), agar ushbu ta’kidga qo`shilmasangiz minus (-) ishorasini qo`ying.




Tasdiq

-

+

1.

Qadimgi davrlardayoq rasmiy hujjatlar asosida bolalarning huquqlarini himoya qilish boshlagan.







2.

Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya bolalar huquqlarini faqat O'zbekiston hududida himoya qiladigan hujjatdir.







3.

Sayyoramizdagi har bir bola dam olish huquqiga ega va bu Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyada mustahkamlangan.







4.

Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya BMT tomonidan qabul qilingan hujjat.







5.

Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga muvofiq, bolalar xohlagan narsani qilishlari mumkin.







O`quvchilar vazifani bajarib bo`lganlaridan so'ng o'qituvchi Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya to'g'risida kichik ma'ruza qiladi. Konvensiya to`g`risidagi taqdimot ma’ruza jarayonida namoyish etib boriladi.



O'qituvchining mini ma’ruzasi. Bola huquqlari to`g`risidagi Konventsiya 1989 yil 20 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Konvensiya bolalarning universal bo`lgan shaxsiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, ularni ta'minlash va himoya qilish tamoyillari va choralarini o'zida aks ettirgan. Ushbu hujjat sayyoramizdagi bolalar huquqlarini himoya qiladi. Mamlakatimiz Konventsiyani 1992 yil 9 dekabrda ratifikatsiya qilgan.

Konventsiya yashash huquqi, dam olish huquqi, ijodiy huquq va boshqa ko'plab huquqlarni o'z ichiga oladi.



Mini-ma'ruzadan so'ng o'qituvchi savol beradi: - Siz Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya haqidagi ma'lumotlarni tingladingiz. Aytingchi, jadvaldagi javoblaringiz o'zgarmadimi?

Izoh: agar ma'ruzadan keyin o`quvchilar jadvaldagi javobini o'zgartirgan bo'lsa, u holda boshqa rangdagi qalam yoki ruchka bilan belgilanishi kerak. Shunday qilinsa o`quvchilar to'g'ri javoblarni yaxshiroq eslab qoladilar.

Darsning keying bosqichida o`quvchilar navbatdagi vazifani bajarish uchun guruhlarga bo'linadi. O'qituvchi o`quvchilarga birdan beshgacha sanashni taklif qiladi. Birinchi raqam birinchi guruhga, ikkinchi raqam ikkinchi guruhga va hokazolarga tegishli. O`quvchilar o'z jamoalarida to'plangandan so'ng, o'qituvchi har bir mini guruhga topshiriq beradi.



Izoh: o'qituvchi o'z tajribasidan kelib chiqqan holda boshqa yo'l bilan o`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lishi mumkin.

Bolaning huquqlari (Konvensiyadan tanlangan) ko'rsatadigan kartalar tarqatiladi.



5-7-sinflar uchun topshiriq

8-9-sinflar uchun topshiriq

  1. guruh

31-modda

Bola dam olish va bo‘sh vaqtini o‘tkazish, o‘zining yoshiga mos keladigan o‘yinlar va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish, madaniy hayotda erkin qatnashish, san’at bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Ta'lim olish imkoniyati - 28- modda.
Bola ta'lim olish huquqiga ega. Shu maqsadda ishtirokchi davlatlar bepul va majburiy boshlang'ich ta'limni joriy etadilar, o'rta va o'rta maxsus ta'limning turli shakllarini rivojlantirishni rag'batlantiradi va uning barcha bolalar uchun ochiqligini ta'minlaydi. Maktab intizomi bolaning insoniylik qadr-qimmatini hurmatlash o‘z ifodasini topgan usullar yordamida hamda ushbu Konvensiyaga muvofiq olib borilishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar. Ta'lim bolaning shaxsiyati, iste'dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirishga, inson huquqlari va asosiy erkinliklariga nisbatan hurmat tuyg`usini tarbiyalashga, bolani erkin jamiyatda ongli hayotga tinchlik, bag'rikenglik, tenglik ruhida tayyorlashga va atrof-muhitga hurmatni tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi kerak.

  1. guruh

6-modda.

Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega. Davlat bolaning sog'lom rivojlanishini ta'minlaydi.

Erkin fikr bildirish huquqi (13-modda)

Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborotni, chegarasidan qat’iy nazar, og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi.



3-guruh

Zo'ravonlikdan himoya (19-modda)

Davlat bolani jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikning, haqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilishdan himoya qiladi.

4-guruh

17-modda. Axborot olish huquqi.

Davlat bola turli xil milliy va xalqaro manbalarning axborotlari hamda materiallari, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy farovonlikka, shuningdek, bolaning sog‘lom, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan axborotlardan bahramand bo‘lishini ta’minlaydi..

5-guruh

24-modda

Davlat bolaning sog`lom bo`lishi uchun yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi, sog`lom ovqatlanishi, toza ichimlik suvi va atrof-muhitdan foydalanishi kasalliklarni davolash va salomatlikni tiklash vositalaridan foydalanishini huquqiy e’tirof etadi.


Guruhlarga topshiriq: kicik sahna ko`rinishi orqali huquq yoki uning buzilishini pantomima yordamida namoyish eting. Qolgan o`quvchilarlar qanday huquq haqida gap borayotganligini topishlari kerak bo`ladi. Sahna ko`rinishini taqdim etgan guruh ushbu huquq haqida qisqacha gapiriadilar, agar kerak bo'lsa, o'qituvchi o`quvchilarning chiqishlarini to'ldiradii. Keyin u belgilangan huquqlar buzilgan taqdirda qaerga murojaat qilish kerakligini aytadi

Tayyorgarlik uchun jamoalarga 5 daqiqa, taqdimot uchun har bir guruhga


3 daqiqa vaqt beriladi.

Guruhlar o`z taqdimotlarini yakunlaganlaridan keyin refleksiya (qayta aloqa) o`tkaziladi. Refleksiyani yozma ravishda o'tkazish tavsiya etiladi. Quyida berilgan savollarning javobini daftaringizga yozing:

- Bugun men ......... ekanligini bilib oldim.

- Men ushbu bilimlarni ……… bilan bo'lishishim mumkin.

- Men bu bilimlarni …….ga o'rgata olaman.

- Bolalarning huquqlari buzilmasligi uchun, men ……. qila olaman.

Sinf o`quvchilarining salohiyatidan kelib chiqib o`qituvchi savollar qo'shishi mumkin.

O`quvchilar vazifani bajarib bo`lganlaridan so'ng, hohlovchilar o'zlarining javoblarini o'qib eshittirishlari mumkinligi aytiladi.



O'qituvchi darsni umumlashtiradi, yakunlarni chiqaradi va o'quvchilarga bola huquqlari to`g`risidagi Konvensiya asosida tayyorlangan bukletlarni tarqatadi.

Agar maktabda texnik jihatdan imkoni bo'lsa, o'quvchilarga Lola va DJ Pilligrimning - Imagine qo'shig`ini namoyish etish tavsiya etiladi.
Download 68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling