2022 y Mavzu: Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligi madaniyati
Download 74.94 Kb.
|
BahromovBekzod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuning dolzarbligi.
ORIENTAL UNIVERSITETI Mustaqil ish Gurux:2/17 Fan:Jaxon tarixi Bajardi: Bahromov Begzod Tekshirdi:______________ 2022 y Mavzu: Abbosiylar hukmronligi DAVRIDA ARAB XALIFALIGI madaniyATI Reja: Kirish 1. Arab-musulmon madaniyati tushunchasi va uning tarkibiy qismlari 2. Abbosiylar hukmronligi davrida arab xalifaligining ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayoti 3. Abbosiylar davrida me`morchilik san’ati taraqqiyoti 4. “Bayt al-hikma” - Sharqning yirik ilm-fan, madaniyat markazi sifatida. Kirish Ajdodlarimizning asriy orzusi bo`lgan milliy istiqlolga erishilganidan so`ng ijtimoiy hayotning ko`pgina sohalari qatori ma`naviyatga, madaniy merosga bo`lgan e`tibor har qachongidan ham kuchaydi. Respublikamizda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan yangilanish jarayoni ayniqsa, ma`naviyat sohasida jadal davom etmoqda. Mustaqillik mafkurasi va milliy g`oya yoshlar ongiga ko`proq singib borayotgani bois ularda komillikka intilish, ajdodlarimiz merosi, ularning jahon tamadduniga qo`shgan hissasi, umuman, madaniyat tarixiga bo`lgan qiziqish kuchaymoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Biz uchun o’z dolzarbligi va ahamiyatini hech qachon yo’qotmaydigan yana bir masala, bu- farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash vazifasidir”1. Mavzuning dolzarbligi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ma`naviyatni yuksaltirishda o`tmish madaniy boyliklarini chuqur o`rganish va targ`ib etish nihoyatda muhim ekanini ko`plab ma`ruzalarida qayta-qayta ta`kidlab o`tganlar. Shu o`rinda davlatimiz rahbarining madaniy meros va o`tmishdagi allomalarimizning hayoti va ijodini o`rganish ehtiyoji xususidagi so`zlarini eslash maqsadga muvofiqdir. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko`p asrlar mobaynida yaratib kelingan g`oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan nihoyat muhim vazifa bo`lib qoldi2”. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy ma’naviy merosiga tayanamiz. Yoshlarimiz qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini kamol toptirish, ularni sog’lom turmush tarsi ruhida tarbiyalashga qaratilgan targ’ibot ishlarini kuchaytiramiz3. Dunyo sivilizatsiyalari tarixida muhim o`rin tutuvchi arab-musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida Arab Xalifaligining Abbosiylar sulolasi davridagi tarkibiga kirgan barcha xalqlar qatori Markaziy Osiyo xalqlari ham benihoya darajada ulkan hissa qo`shganlar. Ushbu madaniyat yuksalishiga hissa qo`shgan buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi bugungi kunda nafaqat mamlakatimiz, balki jahon ahlining hurmat-e`tiboriga sazovor bo`lib, keng miqyosda e`tirof etilmoqda. Shuningdek, arab-musulmon madaniyati jahon xalqlari madaniyatiga ta`siri shunchalik beqiyoski, Abbosiylar sulolasi tarkibiga kirgan Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan tashqari, hatto Yevropa davlatlari ham ushbu ta`sirdan chetda qolmadi. Madaniyat umuminsoniy hodisadir. Faqat bir xalqqa tegishli, faqat bir xalqning o`zigina yaratgan sof madaniyat bo`lmaydi va bo`lishi ham mumkin emas. Har bir milliy madaniyatning asosiy qismini shu millatning o`zi yaratgan bo`lsa-da, unda jahon xalqlari yaratgan umuminsoniy madaniyatning ulushi va ta`siri bo`ladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Ma`lumki, har qaysi xalq yoki millatning tafakkuri, turmush tarzi, ma`naviy qarashlari o`z-o`zidan, bo`sh joyda shakllanib qolmaydi. Ularning vujudga kelishi va rivojlanishida aniq tarixiy, tabiiy va ijtimoiy omillar asos bo`lishini hammamiz yaxshi tushunamiz4”. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu bitiruv malakaviy ishini dolzarbligi va ahamiyatlilik darajasini belgilaydigan bo`lsak, u quyidagilarda namoyon bo`ladi: Ko`p yillar davomida o’rta asrlarga oid adabiyotlarda VIII-XII asrlarda shakllanib taraqqiy etgan madaniyatning yaratuvchilari faqatgina arablar deb noto`g`ri talqin etib kelindi. Aslida esa bu madaniyat Arab xalifaliga tarkibiga kirgan barcha mamlakat xalqlari yaratgan umumiy madaniyat ekanligini, unda buyuk ajdodlarimizning ham hissasi buyuk ekanligini e`tirof etish bugungi kunda nihoyatda dolzarbdir. Arab-musulmon madaniyatini o`rganishning dolzarbligi shundaki, mustaqil ijtimoiy-siyosiy taraqqiqyot yo`lida borayotgan musulmon Sharqi, va umuman, ko`plab Osiyo va Afrika mamlakatlaridagi madaniy-ma’naviy meros va madaniy qadriyatlarning hozirgi jamiyatda, uning ma’naviyati va mafkurasida tutgan o`rni muhim ahamiyat kasb etmoqda. Musulmon dunyosi yaratgan madaniy merosning nafaqat Sharq, balki G`arb mamlakatlarining ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan roli, shuningdek, arab-musulmon madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishiga qo`shgan ulkan hissasini xolisona yoritish, uni to`laqonli tadqiq etish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu bois yuqoridagi masalalarni yangicha qarashlar va mezonlar asosida o`rganish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi. Download 74.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling