2022-yil 10- yanvardagi 2-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv №2/3


Download 15.16 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi15.16 Kb.
#1011549
Bog'liq
mehnat shartnomaga kelishuv


2022-yil 10- yanvardagi 2-sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida kelishuv № 2/3
2022-yil 1-noyabr Qiziltepa tumani
Qiziltepa tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 30-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti nizomi asosida faoliyat yurituvchi, rahbar Fatullayeva Dilnoza Istamovna keyingi o‘rinlarda Ish beruvchi deb yuritiladi, bir tomondan hamda fuqaro Sharipova Munira Xasanovna, keyingi o‘rinlarda Xodim deb yuritiladi, ikkinchi tomondan mazkur kelishuv bitimini quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:
1. Mazkur kelishuvni tuzishdan maqsad taraflar o‘rtasida tuzilgan 2022-yil 10-yanvardagi 2-son mehnat shartnomasiga hamda 2022-yil 4-fevraldagi 2/1 sonli, 2022-yil 1-iyuldagi 2/2 sonli mehnat shartnomasiga o‘zgartirish kiritish bo'yicha xodimga doimiy boshqa vazifa qo'shib berishdan iboratdir.
2. 30-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi Sharipova Munira Xasanovna 2022-yilning 1-noyabr sanasidan 0,50 stavka tarbiyachi uslubchi lavozimiga o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan, taraflar o‘rtasida tuzilgan 2022- yil 10-yanvardagi 2-son mehnat shartnomasining 2-bandidagi “1,25 tarbiyachi lavozimiga qabul qilinadi” jumlalari “2022-yil 1-noyabrdan "0,50 stavka tarbiyachi uslubchi vazifasi qo'shib berilsin'' jumlalariga o‘zgartirilsin.
3. Mehnat shartnomasini bekor qilish davomida ish beruvchi va xodim o‘rtasida mavjud mehnat munosabatlari yuzasidan hech qanday nizo va tushunmovchiliklar tug‘ilmadi.
4. Mehnat shartnomasining qolgan barcha shartlari o‘z kuchida, o‘zgartirishsiz qoldiriladi.
5. Mazkur kelishuv taraflar o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
6. Taraflarning imzolari:

Xodim
Sharipova Munira Xasanovna
«____»_________2022-yil

Ish beruvchi
30-sonli DMTT direktori
Fatullayeva Dilnoza Istamovna
«____»_________2022- yil
Download 15.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling