21-variant Risklarning tasniflanishi. Asosiy daromadlar mdni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi? Moliyaviy hisobotning mazmuni. Risklarning tasniflanishi


Download 28.22 Kb.
bet1/5
Sana23.12.2022
Hajmi28.22 Kb.
#1048179
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliya BHA 92-2 Urolov Chori




Urolov Chori Ismatillayevich
Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishi
BHA 92-2 guruh
Moliya fanidan oraliq nazorat ishi
21-variant



  1. Risklarning tasniflanishi.

  2. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida qanday guruhlarga bo‘linadi?

  3. Moliyaviy hisobotning mazmuni.


1. Risklarning tasniflanishi
Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.
Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin:

  1. Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk;

marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar;

  1. muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar;

  2. olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng bo`lgan zarar (foyda) ko`rish mumkin;

  3. loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.

Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon`yunkturasining, ya`ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling