Investitsiya risklarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar.
2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo’linadi:
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Investitsiya risklarini boshqarish bosqichlari
1) Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya’ni loyihaga ta’sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
2) Risk omilini tahlil qilish va baholash – ikki guruxga bo’linadi:
–Risklarni sifat jixatdan baholash – risk turlarini, uni vujudga keltiruvchi omillarni va risklarni pasaytirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlarni aniqlash maqsadini ko’zlaydi.
–Risklarni miqdoriy baholash –loyiha risklarini sondagi ifodasini loyiha ko’rsatkichlari orqali hisoblash, risklarning paydo bo’lish ehtimolligini va risklarning loyihaga ta’sirini aniqlash tushuniladi.
3) Risklarni pasaytirish bo’yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish – aniq tanlangan riskni boshqarish choralari va usullari doirasida aniq chora-tadbirlarni qo’llash tushuniladi.
4) Riskni oldini olish va nazorat qilish bosqichida ma’lum reja va dasturlar asosida aniq tashkiliy-texnik tadbirlar ko’rib chikiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: risklar monitoringi; riskni istiqbolini belgilash; taxdid soluvchi xatarlar haqida rahbarlarga ma’lumot berish va bu bilan bog’liq ko’rsatmalarni ishlab chiqish; riskni oldini olish va nazorat qilish dasturi doirasida maxsus tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshiriladi.
5) Risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo’llash. Risklarni boshqarishdagi asosiy yo’llar quyidagilar: risklarni ajratish; risklarni loyiha ishtirokchilari o’rtasida taqsimlash; moddiy ta’minotni olish (garov); moliyaviy ta’minotni olish (kafolat yoki kafillik); risklarni kredit bo’yicha yuqori foiz stavkasiga ko’chirish; risklarni venchur kreditlashga qabul qilish; qarzlar bo’yicha yo’qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish kabilardan iborat.
6) Natijalarni baholash – Risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma’lumot to’plash va kelajakka tavsiyalar tuzish tushuniladi. Natijalarni baholash orqali olingan ko’rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni amalga oshirishda qo’llaniladi.
Loyiha sezgirligi tahlili quyidagi tartibda olib boriladi
Investitsiya loyihasining asosiy parametrlarining ( ya’ni sotish hajmi, sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari va h.k.) bazaviy qiymatlarini aniqlash;
Shu qiymatlar asosida loyiha samaradorligini hisob-kitobini amalga oshirib, ularni NPVo yoki IRRo deb belgilash;
Loyiha samaradorligiga eng ko’p ta’sir etuvchi, uning asosida loyiha sezgirligini tahlil qilinuvchi ko’rsatkichlardan birini tanlash (NPV yoki IRR);
Samaradorlik ko’rsatkichiga eng ko’p darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash. Bunday o’zgaruvchan omillar ikki guruxga bo’linadi:
- to’g’ridan-to’g’ri daromad va harajatlarga ta’sir etuvchi omillar: sotish hajmi, mahsulot sotish bahosi, ishlab chiqarish harajatlari, investitsiya xajmi, qarz mablag’lariga to’lovlar va boshqalar.
- bilvosita ta’sir etuvchi omillar: qurilishning davomiyligi (muddati), ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi, to’lovlarning kechikishi, tayyor maxsulotni sotish muddati, inflyatsiya darajasi, daromad solig’i stavkasi va boshqalar.
O’zgaruvchan omillardan biri o’zgarganda asosiy ko’rsatkich qanchaga o’zgarishini hisob-kitob qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |