2 5247118432641483588

Sana01.01.1970
Hajmi
#246036
Bog'liq
2 5247118432641483588



ONA TILIDAN
ma’muriy test-sinov topshiriqlari
9-sinf uchun

9-sinf. Ona tili I chorak


1.O’zbek tili til oilalarining qaysi turiga mansub?
A. Xom-som C. Xitoy-tibet
B. Turkiy D. Hind-yevropa
2. Nuqtalar o‘rniga mos kelishik qo‘shimchalarni qo‘ying.
Yaxshi tarbiya ko‘rgan odam … xislatlari … biri shuki, bunday odam o‘z faoliyati… boshqalar…bir qadam oldin o‘tsa, darrov orqaga qaraydi, sheriklari … yordam qo‘li … uzatadi, safi … kengaytirib, yangi g‘alaba … ko‘zlaydi.
A. 3 o‘rinda tushum, 1 o‘rinda qaratqich, 1 jo‘nalish, 1 o‘rin-payt. 2 o‘rinda chiqish.
B. 1 o‘rinda qaratqich 2 o‘rinda chiqish, 2 o‘rinda o‘rin- payt , 2 o‘rinda jo‘nalish.
C. 2 o‘rinda qaratqich, 2 o‘rinda tushum, 2 o‘rinda jo‘nalish
D. Barcha o‘rinda faqat jonalish va o‘rin-payt kelishigi qo’shimchasi.
3. Kesim tuzilishiga ko’ra necha xil bo’ladi?
A 2 xil, fe’l kesim, ot kesim
B. 2 xil, sodda kesim, murakkab kesim
C. 2 xil, juft kesim, qo’shma kesim
D. 2 xil, sodda kesim, ot kesim
4. Dunyoda eng ulug` zot bo`lgan onani kim sevmaydi? Mazkur gap haqidagi qaysi hukm to`g`ri?
A. Darak gap C. So`roq gap
B. His- hayajon gap D. Buyruq gap
5. Otli so’z birikmasini toping.
A. Vazifani bajarib C. Kelajakni o’ylagan
B. Sotib olmoq D. O’nta daftar
6. Qanday so’z birikmalarida ergash so’z bosh so’zga grammatik vositalarsiz bog’lanadi?
A. Boshqaruvda C. Bitishuvda
B. Moslashuvda D. Boshqaruv va moslashuvda
7. Fe’lli soz birikmasi qaysi qatorda?
A. Ertakni tinglab C. O’qigan bola
B. Guldan nozik D. B va c javoblar to’g’ri
8. Teatrimizning ijodiy kuchlari birikmasidagi tobe so’z qaysi qatorda berilgan?
A. Kuchlari B. Teatrimizning kuchlari C. Teatrimizning D. Ijodiy kuchlari
9. So’z birikmasi berilgan qatorni toping.
A. Erta bahor C. Ukam uchun
B. Men o’qidim D. Imzo chekmoq

Download

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling