26-mavzu: Genetik kod va uning xususiyatlari. Reja: Genetik kod haqida tushuncha. Ma’noli va ma’nosiz tripletlar


Download 177.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana22.02.2023
Hajmi177.57 Kb.
#1220150
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
26-mavzu-biokimyo va molekulyarbiologiya



26-MAVZU: Genetik kod va uning xususiyatlari. 
Reja: 
1.Genetik kod haqida tushuncha. 
2.Ma’noli va ma’nosiz tripletlar. 
3.Genetik kod lug‘ati haqida tushuncha. 
4.Ribosomaning strukturasi va funksiyasi 
5.Ribosomaning morfologiyasi 
 
Ribosoma o‘lchamlari tashqi ko‘rinishi va 2 ta bo‘laklarga bo‘linishi 
Ribosomalar elektron mikroskop ostida taxminan 25 nm lik o‘lchamdagi aylanasimon 
zarrachalar ko‘rinishida bo‘ladi, eukariotik ribosomalar taxminan 30 nm gacha bo‘lishi mumkin. 
Har xil organizmlar va hujayralar, shu jumladan prokariotik va eukariotik hujayra 
ribosomalari bir-biriga shakli va tuzilishi jihatdan juda o‘xshash bo‘ladi. ribosomani 
xarakterlaydigan belgilardan biri ribosomani ikkita teng bo‘lmagan bo‘laklarga ajratuvchi 
chiziqdir. Bu belgi shuni ko‘rsatdiki, ribosoma 2 ta ajraladigan bo‘lakcha yoki subbirliklardan 
tashkil topgan. 
Masalan, muhitda Mg
2+
ionlari konsentratsiyasining etarli darajada pasaytirilganda 
ribosomaning taxminan massasi 2:1 nisbatdagi bo‘lakchalarga bo‘linadi. Eukariotik 80S 
ribosomasi 60S va 40S subzarralarga bo‘linishi mumkin. 
Ribosoma subbo‘laklarining shakllari: 
a) Kichkina subbo‘lak. 
E. coli bakteriyasining elektron mikroskopik proeksiyada ribosoma 30S subbo‘lagi
uzunchoq, uzunligi 23 nm, eni 12 nm, 3 qismdan tashkil topgan. «Boshchasi, tanasi va yon 
bo‘rtig‘i (yoki plptformasi)». 
Agarda bo‘lakchalarning individual tasvirini emas, balki ularning o‘rtachalashtirilgan 
tasvirlarini o‘rganiladigan bo‘lsa, ular to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish mumkin bo‘ladi. 
b) Kata subbo‘lak yoki subbirlik. Ribosomalar prokariotik 50S hamda eukariotik 60S kata 
subbo‘laklari ko‘rinishi hamda shakli jihatdan deyarli bir xil bo‘ladi. kata subbirlik kichkina 
subbirlikka nisbatan izometrik tuzilgan bo‘ladi. hamma yo‘nalishlar bo‘ylab bir xil liniyali 
o‘lchamga ega~20-23nm. 
Ularda aniq 3 ta periferik bo‘rtiqlar aniqlanadi. 
a) Markaziy bo‘rtiq yoki «Boshchasi» deyish mumkin. 
v) yonlama tayoqchasimon bo‘rtiq yoki «L-7/ L-12 sterjen» 
s) ikkinchi yon tomondagi bo‘rtiq «yon bo‘lakcha» yoki «4-qovurg‘a» deyiladi. Kata subbirlik 
«boshcha qismini ariqcha orqali boshqa sohasidan ajralib turadi. Ariqcha «4-qovurg‘a» 
tomonidan «L-7-L-12 sterjen» tomoniga nisbatan chuqurroq. Bundan tashqari kata subbirlikda 
juda ko‘plab mayda elementlar kuzatiladi. Masalan, «ipsimon strukturalar» diametri 5nm bo‘lib, 
ham kichkina, ham kata subbirliklarda kuzatiladi. SHu Bilan birga ribosomaning ahamiyatli 
elementi bo‘lishi mumkin. 
Subbirliklarning butun bir ribosomaga birlashuvi. 
Kata va kichkina subbirliklar bir0biriga ma’lum qonuniyat asosida birikadilar. 50S 
subbirlikning kontakt yuzasi uning yassilangan tomoni hisoblanadi; subbo‘lak «boshchasi» 
yuqorida mahali «sterjen» o‘ng tomonda joylashadi. Subbo‘laklar «boshcha-boshcha»ga, yon 
bo‘rtiq, yon bo‘rtiqqa yopishgan (assotsiatsiyalangan) bo‘ladi. 

Download 177.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling