27-mavzu Yangi O‘zbеkiston konstitutsiyaviy islohotlar arafasida


Download 139.47 Kb.
bet1/2
Sana03.01.2023
Hajmi139.47 Kb.
#1076538
  1   2
Bog'liq
27 - мавзу




27-mavzu

Yangi O‘zbеkiston konstitutsiyaviy islohotlar arafasida





Mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi asosida jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy va madaniy jabhalarida tub islohotlar amalga oshirildi. Hozirda Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini hayotga izchil tatbiq qilyapmiz. Mazkur jarayon Konstitutsiyamizni yangi zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida bu haqda to‘xtalib, Asosiy qonunimizni takomillashtirish bo‘yicha to‘qqizta yo‘nalishda o‘z takliflarini bildirgan edilar. Jumladan, ilgari amal qilib kelingan «davlat – jamiyat – inson» tamoyilini «inson – jamiyat – davlat» deb o‘zgartirishni taklif qildilar.
Shuningdek, «Jamiyat – islohotlar tashabbuskori» degan ezgu g‘oya doirasida Asosiy qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash ham davr talabi ekanligini ta’kidladilar. Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari sifatida maydonga chiqayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlari konstitutsiyaviy darajada o‘z aksini topishi kerakligini qayd etdilar. Konstitutsiyaviy islohotlar borasida yana bir qator qimmatli fikrlar bildirdilar.
Konstitutsiyani takomillashtirishdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda Oliy Majlis palatalari deputatlari va senatorlar, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar, huquqshunos va siyosatshunos olimlar, ijodkor ziyolilar, butun xalqimiz o‘zining aniq fikr va qarashlari bilan faol qatnashishiga ishonch bildirib: «Ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o‘ylaymanki, milliy davlatchilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo‘ladi», dedilar.
Joriy yilning may oyida Oliy Majlis palatalari kengashlarining qo‘shma qarori bilan Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Unga Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov raislik qilmoqda. Komissiya «Jamiyat — islohotlar tashabbuskori» g‘oyasi asosida ish olib bordi.
Komissiya tomonidan fuqarolarning takliflari, fikr-mulohazalari o‘rganilib, umumlashtirilib borilyapti. Iyun oyida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha berilgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar xalqimizning xohish-istagi, ezgu maqsadlari ifodasi, demokratik islohotlarning mantiqiy davomi ekanligini ta’kidladi. Shu sababli bu jarayon xalqimiz tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotganini, Konstitutsiyaviy komissiyaga fuqarolardan ko‘plab taklif va tavsiyalar kelib tushayotganini qayd etdi.
Yurtboshimiz yaqinda mamlakatimiz Bosh qonuniga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bunga munosabat bildirib: «Vaholanki, demokratik va insonparvar g‘oyalarni oliy qadriyat darajasiga ko‘targan dunyodagi aksariyat davlatlarda o‘lim jazosi bekor qilingan. Chunki yashash huquqi – har bir insonning tabiiy huquqi bo‘lib, unga bu huquqni davlat emas, Yaratganning o‘zi ato etgan. Agar sizlar qo‘llab-quvvatlasangiz, Konstitutsiyamizga «O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi», degan yana bir muhim normani kiritishni taklif qilaman.
Shu tariqa, biz bu o‘ta jiddiy masalada hech qachon ortga qaytmasligimizni, insonparvarlik g‘oyalariga sodiq ekanimizni butun dunyoga yaqqol namoyon qilamiz», – dedilar.
Davlatimiz rahbari aholi uy-joylarining noqonuniy buzilishi yoki tortib olinishi holatlariga butunlay barham berish maqsadida Asosiy qonunimizda fuqarolarning uy-joyga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish, uning daxlsizligini kafolatlash, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, muhtoj toifalarni uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlarini mustahkamlashni taklif etdilar.
Shuningdek, inson huquq-erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, insonparvar va demokratik huquqiy davlat qurishga oid qator takliflarni ilgari surdilar. Jumladan, fuqarolarning mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar yoki yashash joyini erkin tanlash, mamlakatdan to‘siqlarsiz chiqish va qaytish huquqlari kafolatlanishi lozimligini qayd etdilar. Bundan tashqari, shaxsiy hayot daxlsizligi va uning kafolatlari Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi zarurligini ta’kidladilar.
Konstitutsiyaviy komissiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 22-iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiya qonun loyihasi parlamentning quyi palatasiga kiritilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi. Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Shundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Muhokamalardan so‘ng ushbu qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi hamda Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ko‘zda tutilgan masalalarga daxldor bo‘lganligi sababli «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasiga birlashtirildi.
Deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasini umumxalq muhokamasiga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qildilar. Mazkur qonun loyihasi umumxalq muhokamasi uchun «Xalq so‘zi», «Narodnoye slovo» gazetalarida hamda «Meningkonstitutsiyam.uz» elektron platformasida e’lon qilindi.
Bobomurod TOSHЕV,
«Postda» muxbiri.


Download 139.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling