3. 2-mavzu: Fonetik, аksentologik, morfologik va sintaktik me’yorlar. So‘z yasash usullari (amaliy) Fonetik me’yor


Download 30.26 Kb.
bet1/4
Sana04.04.2023
Hajmi30.26 Kb.
#1323780
  1   2   3   4
Bog'liq
3.2-mavzu-amaliy (2)


3.2-mavzu: Fonetik, аksentologik, morfologik va sintaktik me’yorlar. So‘z yasash usullari (amaliy)
Fonetik me’yor. Fonetik me’yor deganda nutq tovushlarining qo‘llanishi bilan bog‘liq qonun-qoidalar majmui tushuniladi. Ma’lumki, hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, 25 ta undosh tovushning qo‘llanishi me’yor hisoblanadi. Ammo yangi va amaldagi alifbodagi ayrim tovushlarning aks etishi bilan bog‘liq nomuvofiqliklar fonetik me’yorning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Masalan: qorishiq va sirg‘aluvchi j uchun bir harfning berilishi, ng tovushi uchun kirillcha alifboda harfning yo‘qligi nutq madaniyatiga salbiy ko‘rsatishi tayin.
Aksentologik me’yor. Aksentologik me’yor urg‘uni to‘g‘ri qo‘llash bilan bog‘liq me’yordir. Adabiy tilning aksentologik me’yorida har bir so‘zda urg‘uning qo‘llanish o‘rni qat'iy tarzda belgilab beriladi.
Ma’lumki, so‘zdagi urg‘u ma’no farqlash xususiyatiga ega. Urg‘u yordamida yozuvda farqlanmaydigan so‘zlar o‘zaro farqlanadi. Buni quyidagi so‘zlar misolida ham kuzatish mumkin: atlas-atlas, fizik-fizik, bosma-bosma, hozir-hozir.
Anglashiladiki, urg‘uning o‘zgarishi so‘z ma’nosining o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli har bir so‘zdagi urg‘uni o‘z o‘rnida qo‘llash maqsadga muvofiq.
Grammatik me’yor (morfologik va sintaktik me’yor). Grammatik me’yor morfologik va sintaktik me’yorlarni qamrab oladi. Adabiy tilning bu me’yori so‘z shakllari, qo‘shimchalar, so‘z birikmalari va gapning qurilish me’yori bilan ish ko‘radi.
O‘zbek tilida morfologik me’yor asosida qo‘shimchalarning turlovchi, tuslovchi va so‘z yasovchi turlari qabul qilingan. Biroq nutqda qo‘shimchalar bilan bog‘liq me’yorga har doim ham amal qilinavermaydi. Ko‘p hollarda -ning va –ni, -ga va –da kelishik qo‘shimchalarini qo‘llashda yoki –li va –lik qo‘shimchalarini farqlashda, -kaz va -qaz qo‘shimchalarining qo‘llanishida xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Bunday holat ba’zan sintaktik sath birliklarining qo‘llanishida ham kuzatiladi. Masalan: Otadek farzandiga kim kuyar axir, O naqadar og‘ir farzandning dog‘i. (Shukrullo.)
Berilgan gapda so‘zlar tartibiga rioya qilinmaganligi, ya’ni otadek va farzandiga so‘zlarining noto‘g‘ri o‘rinlashuvi sintaktik me’yorning buzilishiga olib kelgan.3

Download 30.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling