3 I. Bob. Tayoqchalardan figuralar hosil qilish geometrik shakllar rasmini chizish didaktik oʻyinlarda foydalanish


Download 32.41 Kb.
bet1/6
Sana19.06.2023
Hajmi32.41 Kb.
#1624418
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xomirzayeva .kurs ishi


Mundarija:
KIRISH................................................................................................................3
I.BOB.Tayoqchalardan figuralar hosil qilish geometrik shakllar rasmini chizish didaktik oʻyinlarda foydalanish
1.1.Bolalarni predmetlar shakli va geometrik figuralarni oʻrgatish metodikasi..........................................................................................................6
1.2.Maktabagcha taʼlim tashkilotlarida tayoqchalardan figuralar hosil qilish texnologiyalari...................................................................................................9
II.BOB.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida geometrik shakllarni oʻrgatishning maqsad va vazifalari
2.1.Geometrik figuralarni farqlash va nomini aytishga oʻrgatish usullari...14
2.2.Didaktik oʻyinlar orqali geometrik shakllarni oʻrgatish shakllari ...........18
III.Xulosa..........................................................................................................26
IV.Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati..............................................................30




KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O'zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab olgan O'zbekiston Respublikasi ta ’lim sohasini ham sobit qadamlik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng ko'lamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo'lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta ’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o'z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviy bog'liq o'zgarishlardir. O'quv faoliyati — bu keng ma’noda inson faoliyatining muayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatmng manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. O'quv faoliyati-bu insonda muvaffaqiyatli mehnat faohyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o'qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o'zgartirish hamda uni o'sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog'liq va uning hamma fazalarda-bolalikdan boshlab, ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish tarixiga ega. IVmak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar ekan, o‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. Shu sababli pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb muammolarining ijobiy yoki maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi ko'p jihatdan o'qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik mahoratiga bog'liqdir. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga joriy etish ko'lamini kengaytirish, bu yo'nalishda ilg'or tajribalarni tatbiq qilish, har bir fan bo'yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va amalga oshirish, darslik va o'quv qo'llanmalari hamda dasturlar va m a’ruza matnlarini elektron disketlarga ko'chirish, ular bilan har bir talabani ta'minlashga erishish, ilmiy va ilmiy-metodik ishlarda, shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarining keng joriy etilishiga erishish, ta ’lim tizimini zarur axborot vositalari bilan yetarli darajada ta'minlash, ta’lim muassasalarini kommunikatsion tarmoqlarga bog'lash kabi vazifalar muhim hisoblanadi. Xullas, pedagogik texnologiya - o'qitish jarayonlarini optimal tashkil etishdir. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o'quvchi yoki talabalarning kuchiga. o'zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl va hajmini o'zgartirish ham ta ’lim texnologiyasiga daxldor. Pedagogik texnologiya, o'z navbatida, ta’lim-tarbiyaning obyektiv qonuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o'quv jarayonlari, ta’limtarbiyaning mazmuni, metod va vositalarini ishlab chiqish va takomillashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o'zida mujassamlashtiradigan o'quv jarayonidir. Mazkur darslikda yuqorida ta'kidlab o'tilgan muammolarni hal etishning ayrim jihatlari, pedagogik texnologiyalar va pedagogik m ahoratning ahamiyati hamda ular bilan bog'liq jarayonlarni o'rganishning metodik asoslari bayon qilingan. Darslik oliy o'quv yurtlarining magistrlari va pedagogik jarayonlar mexanizmi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun m o'ljallangan. Undan oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, pedagogika va o'qitish metodikasi masalalari bilan shug'ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin. “Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi, avvalambor, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, vatanimiz taqdiri va istiqboli uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir yosh kadrlar safini kengaytirishga bog’liq”1 O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi2 da belgilangan “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag’batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish” hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining asosiy faoliyat yo’nalishlaridan ta’lim tizimida innovatsiyalarni ishlab chiqishni ta’minlash3 kabi ustuvor vazifalari ta’lim muassasalarida o’qituvchilar innovatsion faoliyatini tashkil etish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki kasbiy ta’limning xalqaro andozalarga to’liq mosligini ta’minlash va ijtimoiy buyurtma asosida malakali kadrlarni tayyorlashda yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsion faoliyatga tayyorlash amaliyotiga joriy qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga xizmat qiladi. Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan pedagogik texnologiya o`quv qo`llanmasi o’quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. O`quv qollanmaning maqsadi – pedagogik texnologiya fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo’lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o’zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.


Kurs ishining vazifalari:
1. Mavzuga oid abiyotlar pedagogik va psixologik adadabiyotlar taxlili.
2. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlari;
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish omillari;
4. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalari;
5. Kurs ishi natijalarini miqdoriy va sifat jihatdan taxlil qilish;
6. Xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining ob’yekti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish
Kurs ishi predmeti: Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida metodik birlashmalarni tashkil etish shakl, metod va vositalarini takomillashtirish.


Kurs ishi metodlari: Pedagogik, psixologik, metodik, ilmiy va ilmiy-texnikaviy manbalarni nazariy taxlil etish; anketa so’rovnomalari o’tkazish, kuzatish, suhbat,tajriba-sinov ishlari, kurs ishi natijalarini umumlashtirish va matematik-statistik uslublarini qo’llash.


Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati: Har bir bo’lajak tarbiyachi o’z ixtisosligidan o’quv –tarbiyaviy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur bo’lgan metodik birlashmalarni tashkil etish shakllarini va pedagogik bilimlar va ko’nikmalarning umumiy hajmini, tarbiyachiga xos kasbiy fazilatlarni egallashi lozim.



Download 32.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling