3. kasbiy ma’naviyat kategoriyalari


Download 24.53 Kb.
bet1/5
Sana27.12.2022
Hajmi24.53 Kb.
#1068764
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3. KASBIY MA’NAVIYAT KATEGORIYALARI




3. KASBIY MA’NAVIYAT KATEGORIYALARI



  1. Kategoriya tushunchasi. Kasbiy ma’naviyat kategoriyalarining o‘ziga xosligi.

  2. Kasbga sadoqat. Burch. Kamtarlik-o‘ziga talabchanlik. Halollik.

  3. Vijdon-kasbiy ma’naviyatning ustuni sifatida. Nomus va qadr-qimmat tushunchalarining o‘zaro munosabati.

  4. Hushmuomalalik- muloqot madaniyatining asosi.



Tayanch tushunchalar: kategoriya tushunchasi, kasbiy ma’naviyat, kasbga sadoqat, burch, kamtarlik, talabchanlik, halollik, nomus va qadr-qimmat.


Kategoriya nima? Bu savolga javob berish uchun biz qanday fikrlashimiz va o‘z fikrlarimizni boshqa odamlarga qanday etkazishimizni ko‘rib chiqamiz. Biz tushunchalar, mulohazalar va mushohadalar ko‘rinishida fikrlaymiz. Fikrlash jarayonining asosiy materiali tushunchalar bo‘lib, predmetlar o‘z umumiy va muhim belgilarida ular orqali fikrlanadi. Tushunchalar yordamida biz voqea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o‘zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o‘zakdosh so‘zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo‘lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o‘z fikrlarimizni so‘zlar yordamida ifodalaymiz. So‘z – fikr va dunyo o‘rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga etkazish vositasi hisoblanadi. So‘z boyligimiz qancha katta bo‘lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo‘ladi. Ob’ektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi. Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so‘zlari ma’lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o‘ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi.
Mana bunday mavhumlashtirishning taxminiy yo‘li: «bu atirgul» («bu» so‘zi bilan aniq belgilangan); «atirgul» (bu erda «bu» ishorasi mavhumlashtirilgan); «atirgul» so‘zi «bu atirgul» iborasidagidan umumiyroq narsani qayd etadi. Shundan so‘ng bu iboraga «gul» so‘zini qo‘shamiz va u amalda mavjud barcha gullarni qamrab oladi. Shunday qilib biz gullarning muayyan rang-barangligidan fikran uzoqlashamiz, chunki e’tibor barcha gullarda mavjud bo‘lgan umumiy jihatga qaratiladi. «O‘simlik» so‘zi butun o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga oladi va yanada kengroq abstraksiya hisoblanadi. Mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) yo‘lida harakatni davom ettiramiz. Bu yo‘lda «tirik» tushunchasi yanada umumiyroq bo‘ladi, chunki o‘simliklar dunyosinigina emas, balki hayvonot dunyosini ham o‘z ichiga oladi. «Tiriklik» tushunchasi mavhumlashtirishning yanada yuqoriroq darajasida turadi. Bunday tushunchalar kategoriyalar (yunon. – asos, umumiy baho) deb ataladi.
Fikr bizning dunyo bilan o‘zaro aloqa qilish tajribamizni u yoki bu darajada umumlashtiradi. Dunyo o‘z xossalari, narsalari va munosabatlarining rang-barangligi jihatidan cheksiz darajada boydir. Bizning so‘z boyligimiz o‘zimiz yashayotgan dunyodan qashshoqroqdir. Fanda yangi kashf etilgan hodisalarni ifodalash uchun mos keladigan atamani topish zaruriyati tez-tez yuzaga kelishi tasodifiy hol emas. Bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimizni ifodalovchi so‘zlarning ma’no boyligi qancha aniq bo‘lsa, tafakkurimiz shuncha teranroq bo‘ladi, bizning tushunchalar apparatimiz qancha keng bo‘lsa, fikrlash qobiliyatimiz shuncha komilroq bo‘ladi.
Har qanday tushuncha muayyan narsalar va hodisalarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. Ammo uning hajmi, ya’ni unda fikrlangan narsalar va hodisalar miqdori har xil bo‘ladi. Masalan, har qanday xalqning tarixan vujudga kelgan tilida odamlar kundalik hayoti va faoliyatining tajribasi qayd etiladigan va anglab etiladigan tushunchalar mavjuddir. Ijtimoiy hayotning murakkablashuvi tabiiy til so‘z boyligining kengayishi va boyishiga turtki beradi. Fan va falsafaning rivojlanishi alohida maqomga ega bo‘lgan va bilish jarayonida maxsus funksiyalarni bajaradigan tushunchalar shakllanishiga olib keldi. Bu tushunchalar kategoriyalar deb nomlandi. Kategoriya (yunon. kategoria – ta’rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Kasbiy ma’naviyat kategoriyalari jamiyat va uning a’zolarining axloqiy, ya’ni ma’naviy boyligini o‘zida to‘liq ifoda qiladigan tushunchalar majmuiga aytiladi. Kasbiy ma’naviyatning asosiy tushunchalari ma’naviyatning muhim tomonlarini hamda elementlarini o‘zida ifoda qiladi.1 Demak, ma’naviyatning kategoriyalari jamiyat farovonligiga va uning a’zolarining ma’naviy madaniyati bilan bog‘liq bo‘ladi. Kategoriyalar tabiatda ob’yektiv mavjud bo‘lib, jamiyatning rivojlanishi va odamlar madaniy hamda ma’rifiy saviyasining oshib borishi bilan ularning jamiyat uchun ahamiyati oshib, mazmuni esa chuqurlashib boradi. Kategoriyalarning zaruriyligining va mazmunining jamiyat tomonidan anglanishi ma’naviy hamda ma’rifiy tarbiyaviy ishlar bilan bevosita bog‘liq.
Burch. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, kasb etikasida burch asosiy tushuncha hisoblanadi. Chunki, burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shahslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U vijdon, e’tiqod, mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog‘liq. Umuman, hayotda insonning har bir hatti-harakati zamirida burch tushunchasi - burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. «Burch - ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa, majburiyatdir». Demak, burch - qilinishi shart bo‘lgan ish, vazifa. Burch - biror hatti-harakat uchun javobgarlik hissidir. Avvalo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan birga huquqiy tushuncha hamdir. Axloqiy nuqtai nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni bajarishda keng namoyon bo‘ladi. Burch eng avvalo oilaviy – munosabatlarda mujassamlashadi. Ota-onalik burchi. Siyosiy va huquqiy burch, Vatan oldidagi burch Shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz bo‘lsa har bir inson-fuqaro hayot mazmun-maqsadi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas bog‘lanib ketadi.
Vatan oldidagi burch haqida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida shunday deyilgan: “52-modda. O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir”6. Burch manbaini, asosini ijtimoiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda manfaat buyruq shaklida namoyon bo‘ladi. Demak, burchni anglash degani axloqli, tarbiyali, odobli, to‘g‘ri, mehnatsevar, vijdonli, xalqparvarlik hamdir. Boshqacharoq qilib aytganda burch va mas’uliyat bu - axloq-odobli bo‘lishdan tashqari Vatanga sodiqlik, Vatan yo‘lida fidokorona mehnat qilish, o‘qish va shu yo‘l bilan davlat va jamiyatni taraqqiyotga olib chiqish. Burch va mas’uliyat muhim axloqiy fazilatlardir. Ayniqsa Vatan va xalq oldidagi burch va mas’uliyatni chuqur tushunib unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi.

Download 24.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling