REJA: 1.Kategoriya tushunchasi va uning ta’rifi. 2.Yakkalik, xususiylik va umumiylik dialektikasi. 3.Mohiyat va hodisa dialektikasi. Kategoriya tushunchasi - Kategoriya (yunon. kategoria – ta'rif, mulohaza) – borliq hodisalari va unda hukm suruvchi munosabatlarning muhim, tipik mazmunini o‘zida aks ettiradigan o‘ta keng tushuncha. Shunday qilib, tabiiy til tushunchalari fan va falsafa kategoriyalari bilan tinimsiz boyib boradi. Kategoriyalarni tasniflash, borliqning turli shakllari haqidagi falsafiy tasavvurlarga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda fan kategoriyalari, xususiy-ilmiy kategoriyalar va falsafa kategoriyalari farqlanadi. Fan kategoriyalari tabiiy til tushunchalaridan ancha farq qiladigan so‘zlar bilan ifodalanadi.
Dialektika kategoriyalari… - Dialektika kategoriyalarini ikki turga ajratish mumkin: substantsion kategoriyalar va munosabatdosh kategoriyalar. Substantsion kategoriyalar – bu boshqa kategoriyalardan qat’iy nazar, alohida-alohida qo’llaniladigan kategoriyalar. Bunday kategoriyalar qatoriga «borliq», «materiya», «harakat», «rivojlanish», «makon», «vaqt », «ziddiyat» va hokazolar kiradi.
Munosabatdosh kategoriyalar … - Munosabatdosh kategoriyalar biri ikkinchisi bilan uyg’un bog’liq bo’lib, bilish jarayonida biri ikkinchisini nazarda tutadi; ularning biri haqida tasavvur hosil qilganda boshqasini hisobga olmaslik mumkin emas. Bunday kategoriyalar qatoriga quyidagilar kiradi: yakkalik va umumiylik; hodisa va mohiyat; shakl va mazmun; qism va butun; sabab va oqibat; tasodif va zaruriyat; imkoniyat va voqelik.
Umumiylik bu…. - Umumiylik –deganda ob’yektiv reallikning barcha yoki bir qancha narsa yoki xodisalardagi ob’yektiv mavjud bo’lgan tomonlar, xossalar va belgilarning majmui, ular o’rtasidagi aloqa va munosabatlarning o’xshashligi tushuniladi.
Xususiylik bu… - Xususiylik – shunday narsa yoki xodisalar guruxidirki, ular ma’lum ma’noda umumiy bo’lsada, lekin undan xam umumiyrok bo’lgan boshqa bir guruxga kiradi va bu guruxda u aloxidalik yoki yakkalikdir, butunning qismidir
Yakkalik bu - faqat mazkur ob’ektga xos bo’lgan xossalarni ifodalovchi kategoriya. yakkalik ayrim narsalar nisbatan mustaqil mavjudligini ham, mazkur narsaning bu nisbatan mustaqilligi, diskretligi, alohidaligi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan individual betakror belgilarni ham qayd etadi.
Mоhiyat va hоdisa. - Bu katеgоriyalar bilishning turli bоsqichlarini bеlgilaydi va ularning har biri оb’еktni anglab etishning chuqurlik darajasini aks ettiradi. Mоhiyat оb’еktiv bоrliqning ichki, nisbatan yashirin va barqarоr tоmоnini ifоdalash uchun mo’ljallangan bo’lib, u narsaning, jarayonning tabiatini va ularga хоs bo’lgan qоnuniyatlarini bеlgilaydi. Hоdisa – bu narsada, jarayonda qarshimizda bеvоsita namоyon bo’luvchi хоssalar, tоmоnlar yig’indisini ifоdalash uchun mo’ljallangan katеgоriya.
Do'stlaringiz bilan baham: |