3-ma’ruza. Atom tuzilishi nazariyasi(2 soat) Reja: Radioaktivlik


Download 429.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/13
Sana02.01.2022
Hajmi429.69 Kb.
#193016
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
3 maruza



3-MA’RUZA. Atom tuzilishi nazariyasi(2 soat) 

 

Reja: 

1. Radioaktivlik 

2. Atom tuzilishining planetar modeli 

3. Atomlarning elektron formulalari 

4. Pauli prinsipi. 

5. Xund qoidasi. Valentlikning kvant mexanik tabiati 

6.  Atomlarda  elektron  bulutlarning  strukturasi.  Energiyaning  minimumga 

intilish (afzallik) prinsipi. 

Atom  murakkab  sistema  bo’lib,  mikroolam  qonunlariga  buysunadigan, 

xarakatdagi zarrachadir. 

Atom-kimyoviy  elementning  kichik  zarrachasi  bulib,  uzida  elementning 

ma'lum xossalarini mujassamlashtirgan  bo’ladi. Atom erkin yoki birikma xolatida 

bo’ladi. 

XX  asr  boshlarigacha  atom  moddaning  oxirgi  bo’linish  darajasi  deb  kelindi. 

Bunday  tasavvurlarning  bir  tomonlama  va  cheklanmaganligini  ayrim  olimlar 

tushunar  edi.  Masalan  XIX  asrning  boshida  Moskva  Davlat  universitetining 

professori  G.M.Pavlov  atomning  tuzilishi  murakkab,  uning  tuzilishida  manfiy  va 

musbat  elektr  zaryadi  ishtirok  etadi,  degan  fikrni  ilgari  surdi.  Ulug  rus  olimi 

A.M.Butlerov  1886  yilda  kuyidagicha  yozgan  edi:  "Xozirgi  vaktda  ba'zi 

elementlarning "atomlar" deb ataladigan zarrachalari, asl moxiyati bilan aytganda, 

balki kimyoviy yul bilan bo’linish xususiyatiga egadir, ya'ni ular uz tabiati jixatidan 

bulinmaydigan  zarrachalar  bulmay,  balki  xozirgi  bizga  ma'lum  bulgan  vositalar 

bilangina  ajratib  bulmaydigan  zarrachalardir  va  ...  keyin  borib  kashf  etiladigan 

prosesslarda ajratish mumkin bo’ladi." 

XX  asr  boshida  katod  nurlarining  tabiatini  fotoeffekt  va  termoemissiya, 

elektroliz,  radioaktivlikni  urganish  va  boshka  ishlar  bilan  atom  tuzilishining 

murakkab, diskret tuzilganligi isbotlandi. 

Atomning ichki tuzilishini bir-biridan massalari, ulchamlari, zaryadi, yashash 

vakti bilan fark kiladigan mayda zarrachalar tashkil kiladi. Bu zarrachalar elementar 

zarrachalar deyiladi. Xozirgi vaktda bunday zarrachalardan 200 ga yakini ma'lum. 

Katod  nurlari.  Atomning  murakkabligini  tasdiklovchi  dastlabki  tajriba 

ma'lumotini  1879  yilda,  siyraklashtirilgan  gazlarda  elektr  razryadi  xosil  bulish 

xodisasini  tekshirish  natijasida  kulga  kiritildi.  Agar  ichidagi  xavosi  surib  olingan 

shisha  nayning  bir  uchiga  katod,  ikkinchi  uchiga  anod  kavsharlanib  unga  yukori 

chastotali  tok  ulansa,  katoddan  nur  tarkala  boshlaydi.  Bu  nurlar  katod  nurlari 




deyiladi. Elektr va magnit maydonida bu nurlar dastlabki yunalishdan musbat kutbga 

ogadi (1-rasm). 

Bu esa ularning manfiy zaryadlanganligini kursatadi. Katod nurlari katta tezlik 

bilan  xarakat  kilayotgan  manfiy  zarrachalar  okimidir.  Bu  zarrachalar  keyinchalik 

elektronlar deb ataldi. 

 

 




Download 429.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling