3-ma’ruza O’simliklarning suv rejimi. Reja
Download 125.39 Kb.
|
3 лекция (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- O’quv adabiyotlari
3-ma’ruza O’SIMLIKLARNING SUV REJIMI. REJA: 1.Yashil o’simliklar tanasidagi suvning miqdori. 2.O’simliklar hayotida suvning ahamiyati. 3. Suvning shimilishi va harakati. 4.Tuproqdagi suv formalari. 5. Ildiz tizimi va uning suvning so’rishi. Tayanch iboralar: O’simlik turlari, navlari, organlari, suv miqdori, gidroliz, sintez, oksidlanish, qaytarilish, reaksiyalar, harakatlanish, suv rejimi, bosqichlari, kapilyar, pardasimon, gigrokopik, apoplast, simplast, transvokulyar, ildiz bosimi. Transpirasiya, transpirasion organ, harorat, yorug’lik energiyasi, transpirasiya jadalligi, transpirasiya unumdorligi, transpirasiya koeffisiyenti, og’izchalar harakati, kutikulyar transpirasiya, suv muvozanati, suv taqchilligi, so’lish koeffisiyenti. O’quv adabiyotlari: 1. Beknazarov B.O. O`simliklar fiziologiyasi. 105-114 betlar 2. Xo’jayev J. O’simliklar fiziologiyasi. 107-114 betlar Suv tirik organizmlarning yashashi uchun asosiy muhitlardan biridir. Suvsiz sharoitda organizmlar nobud bo’ladi yoki anabioz holatiga o’tadi. O’simliklar tanasida suvning miqdori 70% dan to 90% gacha bo’lishi mumkin. Ya’ni bu ularning tur va navlariga, yoshiga, yashash muhitiga, har xil organlariga va hatto hujayra organoidlariga ham bog’liq. Ayniqsa o’simlikning yosh a’zolarida va bargida bu ko’rsatgich to 90% gacha borishi mumkin. Suv miqdori hujayra protoplazmasida - 80% , shirasida - 98%, po’stida 50% , gacha yetishi mumkin. Ayrim ho’l mevalarda juda ko’p : bodringda to 98%, pomidorda - 94%, tarvuzda - 92%, kartoshkada - 77% gacha bo’ladi. O’simliklar hayotiy jarayonida suv quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) Biokimyoviy reaksiyalarning sodir bo’lishi uchun asosiy muhit bo’lib hisoblanadi. 2) kimyoviy birikma bo’lganligi uchun muhim reaksiyalarda : gidroliz, sintez, oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida (fotosintez, nafas olish, mineral elementlarni o’zlashtirish va hokazolar) to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etadi. 3) O’simliklarni kuchli issiqlik ta’siridan saqlaydi, ular haroratini pasaytiradi (transpirasiya). 4) O’simliklarning tuproqdan qabul qilgan mineral elementlari, uning tanasida hosil bo’lgan organik moddalarning harakati va qayta taqsimlanishi ham suv hisobiga sodir bo’ladi. Tabiatda yashovchi har bir o’simlik o’zining ontogenezida juda ko’p miqdorda suv sarflaydi (asosan, tanasi orqali bug’latadi). Masalan: makkajo’xori vegetasiya davomida 200 l gacha, bug’doy esa bir tonna quruq modda hosil qilish uchun 300 t suv sarflaydi. Umuman o’simlik orqali o’tgan suv miqdorini 1000 qism deb olsak, shundan 1,5 - 2 qismigina organik moddalarning hosil bo’lishida ishtirok etib, qolgan 998 yoki 998,5 qismi tana orqali bug’lanib ketadi. O’simlik o’z ontogenezida sarflaydigan suv miqdori ko’p yoki oz bo’lishi iqlim sharoitiga bog’liq. Masalan, issiq va quruq iqlimda bu ko’rsatgich sernam iqlimdagidan ko’ra 2-3 marta ko’p bo’lishi mumkin. Qolaversa, bunga tuproqdagi suv miqdori ham ta’sir qiladi. Download 125.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling