3-Mavzu: Buyuk mutafakkir olimlarining ta’lim tizimiga falsafiy qarashlari
Download 21.66 Kb.
|
Mavzu-3-1
3-Mavzu: Buyuk mutafakkir olimlarining ta’lim tizimiga falsafiy qarashlari 1. Buyuk mutafakkir olimlarning ta’lim tizimidagi falsafiy qarashlari. 2. “Avesto” ning ustoz-shogirdlik munosabatlari haqida. 3. Sharq mutafakkirlari va donishmandlari ma’naviy meroslarida mudarrislarni tanlash va mudarris mahorati haqida. Otamiz Odam alayhissalomga ilm o’rgatgan va u ilmni anglash uchun, fahmlash uchun bizlarga aql bergan Parvardigori olamga beadad hamdu sanolar bo’lsin. Barcha ilmlarni o’zlariga mujassam aylagan va u ilmlarni bizlarga meros qoldirgan muallimimiz, murabbiyimiz, Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga cheksiz durudu salomlar bo’lsin. Alloh taoloning kalomida va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida taьlim beruvchi va oluvchi tolibi ilm va uztozi karimlar haqida xabar va maьlumotlar kelgan. Iyso alayhissalom aytadilar: “Kim ilm o’rganib, unga amal qilsa va uni boshqalarga o’rgatsa, butun osmon farishtalari orasida “Buyuk...” deb chaqiriladi”. Safvon ibn Assol roziyallohu anhu dedilar: “Albatta farishtalar tolibi ilmning ilm talab qilganidan minnatdor bo’lib, qanotlarini unga yozishadi” Imom Suyutiy rahmatullohi alayhi deydilar: Ilm ahlini ulug’laganlari boisidan farishtalar ilm talab qilib kelgan har bir insonni oyog’ining ostiga o’z qanotlarini yoyadilar. Va yana biror yerda agar ilm majlisi bo’lsa, ular uchishdan to’xtab, majlis ahliga quloq soladilar va qanotlari bilan tolib ilmlarning boshlari uzra qanotlarini yoyadilar. Muhammad ibn Ismoil Taymiy deydilar: bir kishi bu hadisni eshitib, masxaralab: Ey tolibi ilmlar, oyoqlaringizni ko’taringlar, yana farishtalar qanotini sindirib qo’ymaylik, deganida o’sha zahoti ikki oyog’i qurib shal bo’lib yiqilib qoldi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Olimlarning darajasi ilm olmagan mo’minlarning darajasidan 700 daraja yuqoridir. Har darajaning orasi 500 yillik yo’lga teng”. Islom dinimiz bizlarga o’zimizning o’qituvchilarimiz va ustozlarimizga qanday munosabatda bo’lishimiz, ilm ahlini hurmati qanday joyiga qo’yishimiz kerakligini o’rgatadi. Bugungi kunga kelib, musulmon bo’lib yoki musulmonlarning farzandi bo’la turib, o’zimizning ustozlarimiz, muallimlarimizga nisbatan hurmatimiz, muomalamiz tamoman yuz tuban bo’lib, jaholatga qarab ketmoqda. Hattoinki ayrim ota-onalar o’zlarining farzandlarining gapiga quloq solib, ilm nurini tarqatadigan ustozlarini, bilimsizlik botqog’idan qutqarib, ilmli dono qilib qo’ygan muallimlarini ko’ngillarini sindirib ketadilar. Hazrati Ali roziyallohu anhu dedilar: “Menga bir dona harf o’rgatgan kishining quliman. Xohlasa meni sotsin, xohlasa meni qul qilib ishlatsin”. Bizlar ham bizlarga va farzandlarimizga ilm o’rgatgan ustozlarimizga mana shunday darajada ta’zimda bo’lishimiz zarur. Imom A’zam rahmatullohi alayhi tolibi ilm ustoz tanlashda ushbu narsalarga ahamiyat berishini aytadilar: ahli ilmlar orasida eng olimini, parhezkor va taqvodorroq, yoshi ulug’, yumshoq ko’ngil, sabr matonatli va salobatu viqorlik. Download 21.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling