3-Mavzu: Iqtisodiy inqirozlar: nazariy qarashlar Darsning maqsadi


Download 25.23 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi25.23 Kb.
#99850
Bog'liq
3-мавзу


3-Mavzu: Iqtisodiy inqirozlar: nazariy qarashlar
Darsning maqsadi: K.Juglyar va Sismondi nazariyalarini yoritish, iqtisodiy sikllarning sabablarini aniqlash, de Lavele nazariyasini yoritish, Kondratyev to’lqinlarini yoritish, iqtisodiy sikllarning sabablarini aniqlash, Uesli Mitchellning, Jon Meynard Keyns va Kondratyev nazariyalarini qiyoslash
Tayanch iboralar

Investsitsiya,iqtisodiy faollik,Fiskal siyosat,Mitchellning nazariyasi,Monetar siyosat, Keyns nazariyasi, Kondratev to‘lqinlari, katta sikl, kichik sanoat-kapitalistik sikli, konyunktura katta sikllari, yuqori kapital konsentratsiyasi, investisiyalash, innovatsiyalar, ilmiy-texnik kashfiyotlar, globalizatsiya jarayonlari, avangard mamlakatlar


Reja

  1. K.Juglyar nazariyasi.

  2. Sismondi nazariyasi.

  3. Artur Shpitgof nazariyasi.

  4. Kondratyev to’lqinlarini

1. Iqtisodiy inqirozlar muammosi bilan shug’ullangan frantsuz olimi K.Juglyar Angliya, Frantsiya va Qo’shma Shtatlari sanoatidagi bo’lib o’tgan o’zgarishlarni kuzatib, birinchi bo’lib iqtisodiy davr takrorlanishini asoslab bergan. Iqtisodiy davrda K.Juglyar yuksalish va depressiya fazalarini aniqlagan. Fazalarni ketma-ketligini narhlar tebranishi bilan bog’lagan.

Sismondining bozor nazariyasiga ko’ra inqiroz sababi yetarlicha bo’lmagan iste’molda va aholining qashoqligida. Ammo bu fiqr noto’g’riligini depressiyadan keyin keladigan yuksalesh fazasi isbotlidi, chunki qashshoklik sharoitida mamlakatda iqtisodiy yuksalish mumkin emas.

Robertus nazariyasi ham Sismondi nazariyasi bilan o’hshash. Farqi shundaki, Robertus inqiroz sababini yetarlicha bo’lmagan ish haqi miqdorida deb bilgan. Bu nazariyaga binoan tovarlar islab chiqarilishi ko’payib borgan holda ish haqi miqdori o’zgarmasa, bu hol albatta inqirozga olib keladi. Robertus nazariyasi ham o’z kamchiliklari va qarama-qarshiliklariga egadir, chunki yuksalish davri, ya’ni tovarlar islab chiqarilishi ko’payib borgan sharoitida ish haqi miqdori ham o’sadi.

Artur Shpitgof nazariyasi yuksalishga ta’sir qiladigan omillarni tushuntiradi. Shpitgof nazariyasida investsitsiyalarga muhim e’tibor berilgan. Aynan yuksalish fazasida ishlab chiqaruvchilarga yangi imkoniyatlar tug’iladi. Yangi korxonalar ochish, yangi tovarlar islab chiqarish uchun albatta investsitsiyalar zarur. Ammo investsitsiyalarni jalb qilish chegarasi bor. Investsitsiyalar hajmi kamayib borgan sari iqtisodiyotdagi yuksalish toxtaydi.

Hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllar almashuvini tashqi va ichki omillar bilan izohlaydilar.

Aholi sonining o’zgarishi, ihtirolar, yangiliklar, urushlar hamda boshqa muhim siyosi va ijtimoiy voqealar tashqi omillarga misol bo’lishi mumkin.

Aholi sonining o’zgarishlari. Aholi sonining o’zgarishi va kamayishi talab va taklifga ta’sir qiladi. Aholi sonining ko’payishi ishlab chiqarishning va ish bilan ta’minlash darajasining oshishiga ko’maklashadi, bular yuksalish va iqtisodiy rivojlanishga olib keladi. Aholi soninig kamayishi esa butunlay teskari samara beradi.



Ixtirolar va yangiliklar. Avtomobil, samolyot va kompyuterning ihtiro qilishi kabi texnologiyadagi tub o’zgarishlar amaliy faollikninig o’sishiga, investsitsiyalashning kengayib ketishiga olib keladi. Bu, o’z navbatida, yangi ish o’rinlari vujudga keltirilishi va yuksalish davri boshlanishi bilan bog’liq.

Urushlar hamda boshqa muhim siyosiy voqealar. Bunday voqealar iqtisodiy sikl yo’nalishiga ta’sir qiladi. Natsistlar Germaniyasidagi yuksalish va iqqinchi jahon urushining boshlanishi AQShni qayta qurollanishga undadi. Milliy qurolli kuchlarni qayta qurish shunga olib keldiki, Buyuk inqiroz yuksalish davri bilan almashindi.

Ichki omillar. Iqtisodiy tebranishlarning ichki omillari tanazzulni ham, yuksalishni ham keltirib chiqarishi mumkin. Ana shunday omillardan asosiy uchtasi quyidagilar: iste’mol, investsitsiyalash va hukumatning faoliyati.

Iste’mol. Firmalar haridorni u olishni xohlagan hamma narsa bilan ta’minlashga intiladi. Iste’mol xarajatlari oshgach, korxonalar qo’shimcha ishchilarni yollaydi va o’z ishlab chiqarish darajasini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish darajasini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish, ish bilan ta’minlash va savdo hajmi shu tarzda oshib boradi, iqtisodiy sikl yuksalish davriga o’tadi. Iste’mol xarajatlari qisqarib brogan taqtirda teskarisi yuz beradi. Mahsulot ishlab chiqarish kamayadi, ishchilar ishdan bo’shatila boshlaydi, iqtisodiyotda tanazzul davri boshlanadi.

Investsitsiyalash. Asosiy fondlarga, ya’ni zavodlar, dastgohlar va uskunalarga mablag’ sarflash yangi ish o’rinlarini vujudga keltiradi, shu tarzda iste’molchining xarid qilish qobiliyatini oshiradi. Investsitsiyalarning boshlang’ich ko’payishi yuzaga keltirgan xarajatlar o’sishi iste’molga yanada ko’proq mablag’ sarflanishiga va ishlab chiqarish miqyosi kengayishiga olib keladi. Investsitsiyalash darajasi pasaygan taqdirda, teskari hodisa yuz beradi va iqtisodiyot tanazzul davriga kiradi.

Hukumatning faoliyati. Hukumat siyosati iqtisodiy siklni yuksalish yoki tanazzulga olib borishi mumkin. Bunday ta’sir ikki yo’l bilan amalga oshiriladi. Ulardan biri davlatning soliqlardan foydalinishi va budjet mablag’larini sarflanishi bilan bog’liq. Iqqinchisi iqtisodiyotda pul muomalasini va kredit pullar miqdorini tartibga solishdan iborat bo’ladi. Iqtisodchilar davlatning soliqlarni yig’ish va ularni sarflash huquqini davlatning fiscal siyosati deb ataydilar, uning pul chiqarish taklifini tartibga solish qobiliyatini monetary siyosat deydilar.

Uesli Mitchelning nazariyalari 1913-yilda, uning “Amaliy faollik sikllari” kitobida yoritilgan. Bu asar statistika ma’lumotlari va statistika moddalaridan iqtisodiy tahlil vositalari sifatida keng foydalanilishi tufayli iqtisodiy tafakkur tarixida muhim bosqich bo’ldi. Kitobda erkin tadbirkorlik tizimida turli tarmoqlardagi amaliy faollikning yuksalish va pasayishlari iqtisodiyotning yaxlit tarzda rivojlanishining umumiy yo’nalishini aks ettirishi ko’rsatib o’tilgan edi. Boshqacha aytganda, Mitchelning nuqtai nazari shundan iborat ediki, foyda, capital mablag’lar, ish bilan ta’minlanishdagi tebranishlarni va boshqa ko’rsatkichlarni o’rganish natijasida iqtisodiyotni yaxshiroq tushunish hamda savdo-sanoat faoliyatidagi o’zgarishlarni ancha aniq bashorat qilish mumkin.

Keyns “Ish bilan ta’minlanish, foizlar va pullarning umumiy nazariyasi” deb atalgan kitobida umumiy talab bilan umumiy taklif muvozanat holatida turadigan vaziyat nazariy jihatdan bo’lishi mumkinligini, lekin ish bilan to’liq ta’minlashga erishib bo’lmasligini isbotlab berdi. Buning ustiga, Keyns, agar kimdir umumiy talabni ko’paytirish chora-tadbirlarini ko’rmasa, ishsizlik uzoq vaqt davom etishi mumkinligini ko’rsatdi. “Kimdir” deganda Keyns davlatni nazarda tutgan.

Xozirgi vaqtda biron-bir davlat tanazzul yoki inflyatsiya davriga kira boshlangani ayon bo’lib qolsa, iqtisodchilar va jamoatchilik, avvalo, xukumat ahvolni yahshilash uchun “ko’rinmas ko’l” siyosatidan voz kechib, ko’rishi mumkin bo’lgan choralar haqida o’ylay boshlaydilar.


4. M.I. Tugan-Baranovskiyning shogirdi Nikolay Dmitrievich Kondratev (1892-1938) uzoq muddatli siklik tebranishlarning yangi turiga asos soldi - taxminan yarim asr davom etadigan kon’yunkturaning katta sikllari- iqtisodiy dinamikaning uzun to‘lqinlari (Yozef Shumpeter ularni Kondratev sikllari deb atadi). Kondratev bu nazariyaning asosiy holatlarini “Urush paytida va undan keyingi davrda jahon iqtisodiyoti va uning kon’yunkturasi” monografiyada ifodalab berdi, va 1922-yilda nashr etildi. Bu vaqtda yosh olim 30 yoshda edi. 2002-yilda qayta nashr etilib, 2004 -yilda ilk bor ingliz tilida nashr etildi.

Bu ishida N.D. Kondratev quyidagi fikrni ta’kidlab o‘tadi: “Iqtisodiy konyunktura dinamikasi ritmik harakatga ega bo‘ladi. Bu tebranishlar siklinining ikki yirik turini ko‘rsatib o‘tish lozim: taxmina ellik -yilni o‘z ichiga oluvchi katta sikl va odatda 8-11 yil davom etuvchi kichik sanoat-kapitalistik sikli. Siklning bu ikki turi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi, kelayotgan davrning kichik sikl ko‘tarilishi katta siklning ko‘tarilish to‘lqini davridagi intensivlik darajasiga ega bo‘lmaydi. Kelayotgan davr inqirozi keskin bo‘lib, kichik sikl depressiyasi esa uzoqroq muddat davom etishi bilan xarakterlanadi”.

1929-1933-yillardagi chuqur jahon moliyaviy inqirozi va undan keyin yuzaga kelgan depressiya holati uning bashorati to‘g‘riligidan dalolat beradi.

1970-yillar o‘rtalariga kelib SSMI da siklizmning rus maktablari paydo bo‘la boshladi. Bu qator monografiyalar(1978 y.dan boshlab), dissiplinararo bahslar(1988 y.), xalqaro Kondratev konferensiyalari(1922 y.), Kondratev izlanishlari(1993 y.)da o‘z aksini topdi. N.D. Kondratevning g‘oyalarini rivojlantiruvchi ilmiy-ommabob tashkilotlar tuzildi: “Bashorat va sikllar” Assotsiatsiyasi (1990 y.), N.D. Kondratev Xalqaro fondi (1992 y.) va boshqalar.

Kondratev to‘lqinlarining ko‘p qirraliligi N.D. Kondratevning konyunktura katta sikllarini tadqiq etishda birinchi navbatda, iqtisodiyotning siklik dinamikasi qonuniyati sifatida qarashida o‘z aksini topadi.

D.N. Kondratev konyunktura katta sikllari material asosi bo‘lib asosiy kapital eskirishi, yangilanishi va kengaytirilishi hisoblanadi. Bunda yuqori kapital konsentratsiyasi, investisiyalash talab qiolinadi. Shuningdek, o‘suvchi to‘lqin innovatsiyalar, ilmiy-texnik kashfiyotlar va ularni qo‘llash uchun zarur iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratilishi bilan xarakterlanadi. Yozef Shumpeter va Gerxard Mensh innovatsiyalar to‘lqini Kondratev to‘lqilari - katta sikl konyunkturasi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi.

Katta siklning ko‘tariluvuchi to‘lqini yangi ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi, rivojlanishni orqa tortuvchi, eskirgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qarshi munosabat uyg‘onishi bilan o‘zaro aloqador.

N.D. Kondratev o‘z qarashlarida katta siklning turli fazalarida revolyusion o‘zgarishlar va to‘lqin tezligi tarixiy hisobini qilgan (1 - jadval). Kata sikl konyunkturasi birinchi navbatda, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni o‘z ichiga oladi.

1-jadval

Katta siklning turli fazalarida revolyusion o‘zgarishlar va to‘lqin tezligi tarixiy hisobi





Urushlar soni

Revolyusion o‘zgarishlar soni

Jami

Birinchi katta sikl










Ko‘tariluvchi to‘lqin

11

7

18

Pasayuvchi to‘lqin

1

4

5

Ikkinchi katta to‘lqin










Ko‘tariluvchi to‘lqin

7

11

18

Pasayuvchi to‘lqin

2

2

4

Uchinchi katta to‘lqin










Ko‘tariluvchi to‘lqin

11

11

22

Pasayuvchi to‘lqin











2. Kondratev to‘lqinlari:XXIasrga bashorat

XX asrda globalizatsiya jarayonlarining keng rivojlanishi jamiyatning barcha sohalariga kirib borib, jahon sivilizatsiyasining rivojlanish dinamikasini o‘zgartirdi.

XXI asr birinchi yarmida postindustrial texnologik va ekologik ishlab chiqarish usullariga o‘tish bilan izohlanadi. 2001-2002 y.r. jahon inqirozi, beshinchi texnologik uklad, Kondratev sikli pasayuvchi fazasiga o‘tdi. Shuningdek, oltinchi uklad ishlanmalari ustida ish olib borilmoqda. Va bu 2020-2050 y.r. ga kelib avangard mamlakatlarga xos bo‘lib, yettinchi texnologik uklad shakllanadi.

Texnologik va iqtisodiy dinamika bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Ishlab chiqarishining postindustrial iqtisodiy usuli, bir tomondan, globallashadi, milliy iqtisodiyotlar ritmi muvozanatlashadi, boshqa tomondan, kichik va o‘rta biznesda tadbirkorlik va innovasion tashabbuslar uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.

O‘tish davri iqtisodiyotining asosiy qarama-qarshiliklari industrial davrda boy va kambag‘al davlatlar, sivilizatsiyalar o‘rtasidagi tafovutda o‘z aksini topadi. Turli mamlakatlar va sivilizatsiyalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yaqinlashuvi XXI asrda insoniyat oldidagi eng muhim strategik vazifa hisoblanadi. Bu vazifani AQSh va JST faol foydalanayotgan globallashuvning hozirgi neoliberal modeli asosida amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqa model orqali rivojlanish darajasini yaqinlashtirish mumkin. Yevropa ittifoqi doirasida foydalanilayotgan model misoldir. Kelajak shu model asosida amalga oshadi deb tasavvur qilish mumkin.

XXI asrda iqtisodiy sikllar va inqirozlar ritmi saqlanadi deb kutish mumkin.

Katta sikllar konyunkturasi nazariyasidan kelib chiqib Kondratev siklining pasayuvchi to‘lqini o‘zining quyi nuqtasiga yetishi va iqisodiy inqirozlar davomiyligi oshishi kutiladi. 2020 y.r. ga kelib quyi nuqtasiga yetishi mumkin, va undan keyin teskari tendensiyaga o‘tadi.

Jahonda geopolitik vaziyat keskin o‘zgardi. XX asr ohiriga kelib qurolsizlanish tendensiyasi yuzaga keldi.Nobel mukofoti laureati Leontev V.V. boshchiligida BMT ekspert guruhi bashoratiga ko‘ra, 1951-1970 y.r. da jahon harbiy harajatlari ikki barobar o‘sdi, 2000 y.ga kelib 3.2 martaga oshishi kerak edi. Biroq 1900 -yilga kelib teskari tendensiya harbiy harajatlar 3.2 dan 2.3 % ga pasaydi. Ammo 2001 y. 11 sentyabrdagi teraktdan so‘ng qator mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida harbiy harajatlar ulushi oshdi.

XX asr 80-90 -yillarida Kodratev sikli V o‘suvchi bosqichida harbiy to‘qnashuvlar va ichki nizolar to‘lqini kuzatildi.

Kondratev siklining pasyuvchi V bosqichida yaqin 10 -yillikda harbiy-siyosiy faollikning pasayishini kuzatish mumkinmi? Assimetrik urushlar va xalqaro terrorizm sivilizatsiyaning nuqtali to‘qnashuviga aylandi.



XXI asr 20-50 y.r.iga kelib Kondratev siklining VI o‘suvchi to‘lqinida vaziyat o‘zgarishi mumkin. Bu davrga kelib, Xitoy va Hindiston va musulmon sivilizatsiyasining iqtisodiy va harbiy-texnik salohiyati o‘sadi. G‘arbiy Yevropa integratsiyasi o‘z natijasini beradi. Rossiyaning texnologik, tashqiiqtisodiy darajasi pasayib, geosiyosiy nuqtai-nazari susayadi. Yevrosiyo sivilizatsiyasi merosi uchun kurash kuchayadi. Afrika mamlakatlarida kambag‘al aholi soni ortishi bilan bog‘liq muammolar ortib, BMT bashoratiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2050 ytlga kelib 2000 -yilga nisbatan o‘rtacha 2.4 marta – 653, 5 dan 1557,5 mln. kishi- ga o‘sadi. Shu bilan birga AQShning tashqi majburiyatlari uning asosiy buyuk mamlakat sifatidagi kuchli salohiyatini pasayishiga olib kelishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tilgan shart-sharoitlar bilan bir qatorda, Kondratevning VI o‘suvchi to‘lqinida geosiyosiy va geoiqtisodiy hududda kuchlar mutanosibligining yetarli darajada o‘zgarishi oqibatida harbiy to‘qnashuvlar kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling