3-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: o'qituvchilar bilan ishlash


Download 18.97 Kb.
bet1/2
Sana04.05.2023
Hajmi18.97 Kb.
#1425797
  1   2
Bog'liq
qeC238e46zizneV9ulxhoH5H4EzNfmrVDUiFUce6


3-mavzu: Maktab psixologi faoliyatining yo'nalishlari: o'qituvchilar bilan ishlash.
Reja:

  1. O'qituvchilar psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar.

  2. O'qituvchi va psixologlarning o’quvchilar bilan ishlashda o'zaro bog’liqligi.

  3. O'qituvchilarga maslahat berish jarayonida bo'lishi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar.

  4. O'qituvchilarning psixologik maslahatlarini tashkil etishdagi uch yo'nalish.



O‘qituvchilar psixologga murojaat qilishiga sababchi asosiy muammolar
“О‘qituvchi-deydi Al Forobiy - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bо‘lishi va о‘quvchilarga aytmoqchi bо‘lgan fikrlarini tо‘la va aniq, ifodalay olishni bilmog‘i zarur”. U о‘z fikrini davom ettirib, “О‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga о‘xshaydi, shu sababli о‘qituvchi eshitgan va kо‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bо‘lishi о‘quvchilarga aytmoqchi bо‘lgan fikrlarini tо‘la va aniq, ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga о‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bо‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bо‘ladi va baxt chо‘qqisiga erishadi” deb ta’kidlaydi.
Pedagoglik murakkab, lekin shu bilan birga sharafli kasbdir. Pedagog faoliyatining negizida emotsiogen omillar bisyordir. Bunday emotsiogen omillar ta’sirida kasbiy dezadaptatsiya va shu bilan birga kasbiy yaroqsizlik holatlari kelib chiqishi tabiiy.
N.V.Klyuev tahriri ostida nashr qilingan “Pedagogicheskaya psixologiya” darsligida pedagoglarning psixologik salomatligini saqlashga qaratilgan faoliyatning olti jihatini ajratib kо‘rsatgan:
1) о‘ziga nisbatan ijobiy munosabat;
2) shaxsning optimal darajadagi taraqqiѐti, rivojlanishi va о‘zligini namoѐn qilishi;
3) psixik integratsiya;
4) shaxsiy mustaqillik;
5) atrof muhitni real idrok etish;
6) atrof-muhitga adekvat ta’sir о‘tkaza olish.
Deyarli 80% pedagoglar о‘zlarida “kuyish sindromi”, ya’ni doimiy emotsional zо‘riqish bilan bog‘liq bо‘lgan emotsional, jismoniy va aqliy tо‘yinishni о‘zida mujassamlashtirgan murakkab psixofiziologik fenomenni mavjudligini ta’kidlaydilar. Mazkur sindrom depressiv holat, charchoq hissi va loqaydlik, shijoat va entuziazmning yetishmasligi, о‘z faoliyatining ijobiy tomonlarini kо‘ra olmaslik va ishga, umuman haѐtga nisbatan munosabatda salbiy ustanovkalarda namoѐn bо‘ladi.
Pedagogning emotsional holatiga jamoadagi muhit va rahbariyatning munosabati ta’sir qiladi. Agar ta’lim muassasasi rahbariyati hodimlar uchun kasbiy о‘sish uchun sharoit yaratsa, qо‘llab-quvvatlasa, javobgarlikni teng taqsimlasa bunday muhit pedagoglar jamoasidagi ijobiy emotsional muhitni shakllanishiga xizmat qiladi.
Pedagoglar faoliyatini tashkil qilishda ularning ruhiy salomatligiga xavf soluvchi quyidagi omillarni bartaraf etish lozim:
- pedagogik jamoadagi zо‘riqishlar va nizolar, jamoa tomonidan qо‘llab-quvvatlanishning yо‘qligi;
- pedagoglarning о‘z ustida ishlashiga sharoit yaratilmagan va ta’lim novatsiyalarini joriy etish muhitining yо‘qligi, faoliyatdagi bir xillik;
- pedagogik jamoa tomonidan yetarlicha e’tibor berilmasligi va tan olinmaslik;
- ta’limiy vositalarning tanqisligi tufayli zо‘riqish;
- pedagoglardagi pedagogik faoliyat modelining real holati va idealdagi holatidagi tafovutlarning borligi;
- kasbiy karyeraning va istiqbolning yо‘qligi;
- о‘quvchilarning motivatsiyalashmaganligi natijasida kelajakni “kо‘ra bilmaslik”;
- pedagogning shaxsiy nizolari va notо‘liqlik hissi.
Yuqoridagi holatga tushib qolgan pedagoglar bilan ishlashda quyidagi terapevtik usullar qо‘llaniladi: bixevioral, gumanistik, kognitiv va boshqalar. Nemis olimi F.Shtaufenbil о‘tkazgan madaniy-sotsiologik tadqiqotidan sо‘ng mehnat madaniyati degan tushuncha paydo bо‘ldi va bunda pedagoglarning quyidagilarga e’tibor qaratishi tavsiya etildi:
1. Aqliy va jismoniy о‘zaro mehnatni almashtirib qо‘llash;
2. Pedagogik jamoada ijobiy muhitni shakllantirish;
3. Mehnatni ilmiy tashkil etish;
4. Atrof muhitni estetik bezaklariga e’tibor qaratish.



Download 18.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling