3-mavzu. Odam va hayvon virus kasalliklarida uchraydigan kasallik alomatlarini atlaslar va jadvallar asosida o‘rganish Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarning virusologik diognostikasi


Download 281.5 Kb.
bet1/7
Sana08.06.2023
Hajmi281.5 Kb.
#1465760
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-laboratoriya mashg\'uloti


3-mavzu. Odam va hayvon virus kasalliklarida uchraydigan kasallik alomatlarini atlaslar va jadvallar asosida o‘rganish
Viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarning virusologik diognostikasi. Yildan- yilga viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklar ko‘payib bormoqda. Hozirgi kunda 1000 ortiq viruslar kashf qilingan. Ularning 50% odamlar uchun patogen xisoblanadi. Viruslar klassifikatsiya bo‘yicha 20 oilaga bo‘lingan. Bulardan 13 – RNK va 7 – DNK saqlovchi viruslar oilasi mavjud.
Odamlarda uchrovchi umumiy yuqumli kasalliklarning 85-90% viruslar keltirib chiqaradi. Hamma viruslar keltirib chiqaruvchi infeksiyalarni 6 guruhga bo‘lish mumkin:
1. O‘RVI (o‘tkir resperator virusli infeksiyalar)- bu kasalliklarni 130 dan ortiq viruslar keltirib chiqaradi, bulardan eng ko‘p (gripp, paragrupp, adeno, rino, RS, reovirus) tarqalgandir;
2. Neyrotrop viruslar- bularga qutirish, poliomielit, EXO va koksaki viruslari va arbovirus, togovirus, bunyanvirus, arenavirus vakillari kiradi.
3. Ichak virusli yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari – bularga RNK va DNK saqlovchi viruslar (poliomielit, EXO, koksaki, gepatit A,E, kam hollarda pikornoviruslar bolalarda entritlarni keltirib chiqaradi) kiradi.
4. Dermotrop viruslar – bularga gerpes, ospa( chechak), suv chechak viruslari kiradi
5. Gepatotrop viruslar – gepatit virusilari (A, B, C, D, E, F va bosh.) kiradi.
6. Immunotrop viruslar – bularga retraviruslar (OITV 1, 2 tiplari va bosh) kiradi.
Viruslar keltirib chiqaruvchi kasalliklarning laboratoriya diognostikasida virusologik, serologik, virusoskapik va biologik usullar qo‘llaniladi. Bularning ichida virusologik usul eng asosiy xisoblanadi, lekin, viruslarni ajratib olish juda katta mehnat talab qiladi, chunki tekshirilayotgan materiallar maxsus laboratoriyalarda hujayra kulturalari va tovuq embrionlariga yuqtirilib ajrabib olinadi.
Viruslarning hujayra kulturalariga har xil sezuvchanlik xususiyatlarini xisobga olib, bir vaqtning o‘zida bir qancha hujayra kulturalariga viruslar yuqtiriladi. Ayrim viruslar laboratoriya hayvonlariga tekshiruvchi materialni yuqtirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Laboratoriya sharoitida ajratib olingan viruslarni identifikatsiya qilishda ularning hujayralarga ko‘rsatgan sitopatik ta’siri va quyidagi serologik reaksiyalar yordamida (neytrallash, GRT, KBR, PGAR, agardagi pretsipitatsiya reaksiyasi va bosh.) olib boriladi. Tekshirilayotgan viruslarni antigen tuzilishiga qarab u yoki bu reaksiyalar qo‘llaniladi. Viruslarni ajratish va identifikatsiya qilish 7-10 kundan 30 kungacha va undan ortiq vaqt talab qiladi. Ko‘pchilik viruslarni hujayra kulturalariga moslashishi uchun 2-3 marotiba pasaj qilinadi. SHuning uchun tekshirishni tezlashtirish uchun ayrim vaqtlarda tekshiriluvchi materialdan virusni tez topish va taxminiy diagnozni qo‘yish uchun immunoflyuoressent usul eng qulay xisoblanadi.
Virus yuqumli kasalliklarda serodiognostika ko‘pchilik hollarda retrospektiv ahamiyatga ega bo‘lib, asosiy diognozni tasdiqlash uchun xizmat qiladi. Diognostik maqsatda qo‘llanilganda albatta juft qon zardobdan foydalaniladi. Kasallikning turli davrlarida AT larning titrini oshib borishi mazkur diognozni tasdiqlash imkonini beradi.
Ohirgi yillarda viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarning diognostikasiga o‘ta sezgir zamonaviy usullar ( IFA, DNK-gibridizatsiyasi, PZR, immunobloting va bosh.) kirib keldi, bu usullar yordamida viruslar keltirib chiqaruvchi yuqumli kasalliklarga o‘ta tez diognoz qo‘yish imkoniyatlarini bermoqda.
Virusologik va serologik tekshirishlar ahamiyati shundan iboratki, faqat shu yo‘l bilan olingan natijalarga ko‘ra virus yuqumli kasalliklarining tarqalishini epidemiologik tahlil qilib, kasallik manbai va yuqish yo‘llari aniqlanib, ularga qarshi profilaktik ishlar ishlab chiqiladi.

Download 281.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling