3-Mavzu: Qovushqoq bitumlar


Download 79.67 Kb.
Pdf ko'rish
Sana27.01.2023
Hajmi79.67 Kb.
#1133231
Bog'liq
3-Mavzu Qovushqoq bitumlar.



3-Mavzu: Qovushqoq bitumlar. 
Bitum xossalariga ko‘ra, yopishqoq (qovushqoq) va suyuq bitumlarga bo‘linadi. 
Yopishqoq bitumlar. Sobiq butunittifoq standarti (GOST 22245)ga ko‘ra 
bitumlar bir nechta markaga bo‘linadi: BND-40/60; BND-60/90; BND- 90/130; 
BND-130/200; BND-200/300. Bitumlarning BND markasi BN markaga nisbatan 
mukammallashgan bo‘lib, 0 
0
S da ignaning botishi, cho‘ziluvchanligi, mo‘rtligi 
suvda eriydigan birikmalarnnng miqdori bilan farqlanadi. Neft bitumlariga qo‘yilgan 
talablar GOST 22245 ga asosan 5 son ilovada keltirilgan. Avtomobil yo‘li 
qurilayotgan joyning iqlim sharoitini hisobga olgan holda, bitumning marka va 
turini tanlash, yo‘l qoplamasining uzoq muddatga xizmat qilishini ta’minlashga 
imkon beradi. Issiq iqlimli tumanlarda, yuqori haroratda bitum mustahkamligi va 
issiqqa chidamliligi yo‘l qoplamasining xizmat qilish muddatini aniqlovchi omil 
hisoblanadi. Shuning uchun bu tumanlarda qovushqoq bitumlarni qo‘llash maqsadga 
muvofiqdir. 
Moʻtadil va sovuq iqlimli tumanlarda bitumning cho‘ziluvchanligi va 
egiluvchanligi yo‘l qoplamasining uzoqqa chidamliligini ko‘rsatuvchi omil 
hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bu sharoitlarda sust yopishqoqlik xususiyatiga ega 
bo‘lgan bitumlar ishlatiladi. 3.1-jadvalda yopishqoq bitumlarni ishlatish mumkin 
bo‘lgan sharoitlar keltirilgan [9]. 
Bitumning 
markalari 
Ishlatil
ish 
sohasi 
BND 200/300 
Issiq asfaltbeton qorishmalarini tayyorlashda 
BN 200/300 
Sovuq iqlimli tumanlarda qoplamalar yuzasiga ishlov 
berishda 
BND 130/200 
Sovuq iqlimli tumanlarda issiq asfaltbeton 
qorishmalarini 
tayyorlashda 
 
BN 130/200 
Sovuq iqlimli tumanlarda qoplamani singdirish usuli 
bilan 
ishlashda 
Moʻtadil iqlim tumanlarda qoplamalar yuziga ishlov 
berishda 
BND 90/130 
Moʻtadil iqlimli tumanlarda issiq asfaltbeton 
qorishmalarini tayyorlashda 
 
BN 90/130 
Moʻtadil iqlim tumanlarda qoplamani singdirish usuli 
bilan 
ishlashda 
Issiq iqlimli tumanlarda qoplamalar yuziga ishlov 
berishda 


BND 60/90 
Issiq iqlimli tumanlarda issiq asfaltbeton qorishmalar 
tayyorlashda 
BN 60/90 
Issiq iqlimli tumanlarda qoplamani singdirish usuli 
bilan 
ishlashda 
 
 
BND 40/60 
Issiq iqlimli tumanlarda qoplamalar yuziga ishlov 
berishda 
Issiq iqlimli tumanlarda issiq asfaltbeton qorishmalarni 
tayyorlashda 
Jazirama iqlim tumanlarda qoplamani singdirish usuli 
bilan 
ishlashda 
Inshoot va bino tomlarini yopish uchun ishlatiladigan neft bitumlari BNK 45/80, BNK 
90/40, BNK 90/30 markalarda bo‘ladi. 
Lak, bo‘yoq, shina hamda elektrotexnika sanoatida B, V, G markali maxsus nefьt 
bitumlari qo‘llaniladi. 
Suyuq bitumlar normal haroratda asfaltbeton qorishmalarini tayyorlash, yotqizish va 
zichlash uchun qulay bo‘lib, past haroratda eskirish va egiluvchanlikka turg‘unligi bilan 
xarakterlanadi. Suyuq bitumlarni qo‘llash tajribasi va tekshirish ishlari, ular bir qator 
maxsus xossalarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Jumladan, yuqori haroratda qizdirilganda, 
ular mineral materiallarning o‘rab olinishini ta’minlovchi yopishqoqlikka ega bo‘ladi. 
Suyuq bitum tuzilishi va qotish tezligiga qarab, GOST 11955 ga asoslanib ikki sinfga 
bo‘linadi: o‘rtacha quyuqlanuvchi (SG), sekin quyuqlanuvchi (MGO va MG) (6-son 
ilova). O‘z navbatida bular yopishqoqligiga qarab bir necha markalarga bo‘linadi. 
SG sinfi —SG 40/70, SG 70/130, SG 130/200 MG sinfi —MG 40/70, MG 70/130,- MG 130/200 
MGO sinfi—MGO 40/70, MGO 70/130, MGO 30/200 
Suyuq bitumning qotish tezligini tartibga solish uchun suyuqlantiruvchi fraksiyaning tarkibi 
standart bo‘yicha qat’iy cheklanadi. 
Suyuq bitumlar olish uchun yopishqoq neft bitumlarini slanes va 
toshko‘mirdan haydash yo‘li bilan olinadigan mahsulotlar bilan aralashtirish tavsiya 
etiladi. Bunda quyidagi suyultirgichlar ishlatilishn mumkin: slanes moyi (GOST 4806), 
toshko‘mir moyi (GOST 2770) va TU-584 kerosin (GOST 1842) ligroin (GOST 2109), 
toshko‘mir qatroni (GOST 41462), mazut (GOST 10585) va h. 
Suyuq bitumlarni tayyorlash uchun ishlatiladigan SG va MG bitumlarning 
ish harorati 120 
0
S dan oshmasligi kerak. Yopishqoq bitumlarni suyultirgichlar bilan 
aralashtirishda SG40/70, MG40/70 sinfiga kiruvchi bitumlar 70-80 
0
S da, qolgan markalar 
esa 80-100 
0
S da amalga oshirilishi kerak. 
Laboratoriya kuzatishlaridan olingan xulosalarga ko‘ra, suyultirgichlar 


bitumning 50 foizgacha miqdorini tashkil etishi mumkin. Ba’zi hollarda esa 
yopishqoqligi yuqori bo‘lgan bitum qo‘shib, aralashtiriladi. Bu holda, yopishqoqligi 
past bo‘lgan organik materiallarning xususiyati, suyultirilayotgan materiallarning 
xususiyatiga o‘xshash bo‘lishi kerak. 
MG sinfiga kiruvchi bitumlar III-V iqlim zonalarda yengil yo‘l qoplamalari 
va asoslarini qurish uchun ishlatiladi. 
Suyuq bitumlarni ishlatish, mineral materiallarning xususiyati, ishlash usuli va 
iqlim sharoitiga bog‘liq. Shag‘al va chaqiq toshli qorishmalar uchun SG 40/70, 
70/130 markali, yo‘l qoplamalarini sirtiga ishlov berish hamda bitummineral 
qorishmalar va sovuq asfaltbetonlar tayyorlash uchun esa 70/130, 130/200 markali 
suyuq bitumlar ishlatiladi. 

Download 79.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling