3-Mustaqil Ta'lim mashg'uloti. Mavzu: Konsentrlangan kislotalar, Xlor, yod, vodorod sulfid va boshqa moddalar bilan o'tkaziladigan tajribalar. -
- Reja:
- 1. Konsentratsiyalangan kislotalar.
- 2. Xlor, Yod, vodorod sulfid bilan ishlash va ularning xossalari.
- 3. Kislota va zaxarli gazlar bilan boradigan reaksiyalarni xavfsiz xolda o'tkazish.
Kislota va konsenratsiya. - Kislota (rus. кислота - "nordonlik") asos bilan reaksiyaga kirishadigan moddadir. Kislota vodorod va kislota qoldigʻidan iborat boʻladi. Kislota kalsiy kabi metallar va natriy karbonat kabi asoslar bilan reaksiyaga kirishadi. Suvli kislotalar pH koʻrsatkichi 7 dan kam, bunda qancha kichik pH boʻlsa, kislota shunchalik kuchlidir.
- Keng tarqalgan kislotalar sirasiga sirka kislotasi (sirkada), sulfat kislotasi (akkumulatorlarda) va vino kislotasi (mevalarda) kiradi. Kislotalar eritma, suyuq, qattiq yoki gaz holatlarda boʻladi. Kuchli va baʼzi kuchsiz konsentratsiyalangan kislotalar yemirish xususiyatiga ega, biroq karboran va bor kislotasi kabilarda bu xususiyat mavjud emas.
- Kislotalar uchun keng tarqalgan uchta taʼrif bor: Arrhenius (talaffuzi: Arrenius), Brønsted-Lowry (talaffuzi: Broʻnsted-Louri) va Lewis (talaffuzi: Luis) taʼriflari. Arrhenius taʼrifi kislota eritmada gidroksoniy ionlari (H3O+) konsentratsiyasini oshiradigan moddadir, deydi. Brønsted-Lowry taʼrifi qoʻshimcha qiladi: kislota proton donori boʻla oladigan moddadir. Kundalik hayotda duch keladigan aksariyat kislotalar suvli eritma yoxud suvda eriydi, shuning uchun ushbu ikki taʼrif koʻproq qaraladi.
- Kislota pHi 7 dan kamligi sababi gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi 10-7 mol/l dan oshiqligidadir. pH gidroksoniy ionlari konsentratsiyasi manfiy logarifmi, deb taʼriflangani uchun kislota pHi 7 dan kichikdir. Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra osonlikcha protonsizlasha oladigan har qanday birikma kislota, deb hisoblanishi mumkin. Misol qilib O-H yoki N-H qismlarini oʻz ichiga oladigan spirt yoki aminlarni olish mumkin.
- Lewis taʼrifi esa kimyoda kam ishlatiladi. Lewis kislotalari elektron juftlari akseptorlaridir. Lewis kislotalariga metall kationlari hamda bor triftoridi va aluminiy trixloridi kabi elektroni kam molekulalar kiradi. Gidroksoniy ionlari keltirilgan uch taʼrifga binoan kislotalardir. Qiziqarlisi shundaki, spirt va aminlar ularning kislorod va azot atomlaridagi yolgʻiz elektronlar tufayli Brønsted-Lowry taʼrifiga koʻra kislota, Lewis taʼrifiga koʻra esa asos, deb qaraladi.
- Konsentratsiya [lot. con (cum) — birga va centrum — markaz] — biror narsaning muayyan joyda toʻplanishi. K i m yo d a — eritma yoki erituvchining maʼlum ogʻirlik miqdori yoki hajmida erigan modda miqdori. K. bir necha xil ifodalanadi: ogʻirlik K., atom K., hajmiy K., protsentli K., normal K., molyar K., mol nisbat, mol protsent. Ogʻirlik K. — eritmadagi modda ogʻirlik miqdorining eritma umumiy ogʻirlik miqdoriga nisbatini, atom K. eritmadagi moddalar gramm-atomlar sonining eritmadagi umumiy gramm-atomlar soniga nisbatini, hajmiy K. eritmadagi modda hajmining eritma umumiy hajmiga nisbatini koʻrsatadi.
- Vodorod sulfid, H2S- vodorod bilan oltingugurt birikmasi; rangsiz va zaharli gaz, palagʻda tuxum hidi keladi; qaynash temperaturasi — 60,38°, suyuqlanish temperaturasi —8,29°, suvda erib, sulfid kislota (juda kuchsiz) hosil qiladi; bu kislotaning tuzlari sulfidlar deb ataladi. Tarkibida 2 valentli oltingugurt borligi uchun V. s. juda kuchli qaytaruvchidir. V. s. texnikada neft, tabiiy va sanoat gazlarini qayta ishlash yoʻli b-n, lab.da esa metall sulfidlarga suyultirilgan sulfat kislota taʼsir ettirib olinadi. Analitik kimyoda kationlarni aniqlashda ishlatiladi.
- Xlor(yun. chloros — och yashil, sargʻishyashil, lot. Chlorum), Cl— Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib rakami 17, atom massasi 35,453. Normal sharoitda 2 atomli gaz (S12). Xlorni ilk bor 1774 yilda shved kimyogari Xlor Sheyeli xlorid kislotani marganets (R/)oksid taʼsirida oksidlab hosil qilgan. Xlor GeyLyussak, fransuz kimyogari Xlor Tenar, ingliz kimyogari va fizigi Xlor Devi 1810 yilda Xlorning element ekanligini isbot qilishdi.
- Xlor — oʻtkir hidli, sargʻishyashil tusli gaz. Havoga nisbatan 2,5 marta ogʻir. Suyuqlanish temperaturasi — YUG, kaynash temperaturasi 34,G, zichligi 3,214 kg/m3. Suvda yaxshi eriydi. Tra koʻtarilishi bilan Xlorning suvda eruvchanligi pasayadi (100° li suvda Xlor amalda erimaydi). Xlor oʻz birikmalarida — 1, +1, +3, +4, +5 va +7 valentli. U kimyoviy jihatdan juda faol boʻlgani uchun koʻpchilik elementlar bilan bevosita birikadi, uglevodlardagi vodorod oʻrniga almashinadi. Tuyinmagan birikmalar SO, S2N4 va boshqa Xlorni biriktirib olishi mumkin.
- Yod, iod (lot. Iodum, yun. iodis — binafsha rangli), I — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub kimyoviy element, galogenlarga kiradi. Tartib raqami —53, atom massasi 126,9045. 1811 yilda fransuz kimyogari Yod Kurtua tomonidan kashf etilgan. Tabiiy Yod atom massasi 127 ga teng boʻlgan bitta barqaror izotopdan iborat.
- Yod olishda neft va gaz konlari (quduqlari)dan chiqqan yoʻlakay suvlar, yer osti issiq shoʻr suvlari, dengiz suvoʻtlari hamda natriyli selitra olishda ajralgan natriy yodatga boy eritma xom ashyo sifatida xizmat qiladi. Yod, asosan, 3 usulda olinadi: 1) sorbent va ionitlarni boyitib; 2) yodli suv oʻtlarini kuydirib; 3) havo yordamida ajratish va yutilish (Mas, NaOH eritmasi va sorbentlarda) usullari.
- Oʻzbekistonda Yod tarkibida 15—40"’/l Yod boʻlgan neft quduklari va yer osti shoʻr suvlaridan havo yordamida ajratish va yutilish usullarini qoʻllab olinadi. Bu suvlarda Yod, asosan, yodid, yodat va organik birikmalar holida uchraydi. Yod li suvlarni kislotali (H2SO4 yoki NS1) sharoitda (rN=2,5+3,5) oksidlovchilar (Cl2, NaNO2 yoki kalsiy gipoxlorit, natriy gipoxlorit) eritmasi va b. ishtirokida Yod birikmalarining suv tomchilariga (60—75°da) bosim ostida xavo yuborib, Yod havoga erkin holda oʻtkaziladi. Bunday sharoitda havoga qisman vodorod yodid kis-lotasi ham oʻtadi.
- Yod va uning birikmalari, asosan, tibbiyotda qoʻllaniladi. Yod eritmasi bakteriya va mikroblarga karshi kurashish xossasiga ega boʻlib, uni shi-kastlangan terini davolashda, Yod ning kaliy va natriyli tuzlari Yod yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarda, Mas, buqoq, asab kasalliklari, semirish, aql zaifligi, turli yukumli kasalliklarda qoʻllaniladi. Bu kasalliklarning oldini olish uchun yodlangan osh tuzini isteʼmol qilish zarur. Hozirgi kunda respublikamizda yodni yer osti issiq suvlaridan ajratib olish texnologiyasi Surxondaryo viloyatida va Fargʻona vodiysida yoʻlga qoʻyilgan. Kristall holdagi Yod dan kaliy yodid olinadi. Xoʻjaikon tuz zavodi (Surxondaryo)da osh tuzini sanoat miqyosida yodlanadi.
- Etiboringgiz uchun Raxmat!
Do'stlaringiz bilan baham: |