3. Qadimgi Misrda psixologik fikrlarning paydo bo`lishi
Download 92.5 Kb.
|
3-maruza tarix
Reja: 3. Qadimgi Misrda psixologik fikrlarning paydo bo`lishi. 4. Eramizdan avvalgi 5 6 asrlarda psixika haqidagi tasavvurlar. Idealizm (fr. idealisme) - idealizm: falsafaning bosh masalasida -ongning borliqqa munosabati masalasida materializmga qarama-qarshi ularoq ong, ruh, birlamchi, moddiy dunyo, borliq esa ikkilamchi, ong, sezgi, tasavvur va tushunganlarning mahsulidir deb davo qiluvchi g`ayri ilmiy falsafiy oqim. Idealistlar materialistlarga qarama-qarshi ularoq, psixika tan bilan yashirin yusinda birlashgan, inson ulgach, tanani tashlab «narigi dunyoga», goyalar dunyosiga ketib, u yerda abadiy yashaydigan moddiy bulmagan qandaydir ilohiy substanqiya yoki mohiyatining namoyon bo`lishidir deb tushunadilar. Materializm (lot-materialis-moddiy) materializm falsafasidagi ikki asosiy oqimdan biri, yani idealizmga qarama-qarshi ularoq, birdan bir ilmiy, tarixan progressiv dunyoqarashdir. Falsafa tafakkurning borliqqa munosabati xaqidagi bosh masalasini hal qilishda materializm: Dunyo o`z tabiatiga ko`ra moddiydir, materiya, tabiat, borlikq, inson ongidan tashqari unga bog`lik bulmagan holda mavjuddir, material birlamchi hamda sezgilarning manbaidir, ong esa ikkilamchi, hosila narsadir, dunyoni va uning qonuniyatlarini to`liq bilish mumkin, deb talim beradi. Materializm falsafiy oqim sifatida eramizdan bir qancha asrlar avval kadimgi Xindiston, Xitoy va Greqiyada paydo bulgai. Eramizdan avvalgi bir necha ming yillar ilgari Sharqda qadim qivilizaqiyalar - Misr, Xindiston Xitoy qivilizaqiya tarkib topgan. Ulardagi goyalar asosida zamonaviy fanlar rivojlanadi. Miloddan avvalgi bir necha ming yillikning urtalarida Xindiston va Xitoyda 2 ming yillikda paydo bo`lgan. «Veda» matnlar asoslanadi. Vedalarning yakuni sifatida keyinchalik er.av 1-ming yillikda Upanishadalar paydo bo`di. Ular da ruh muammosi kuproq etik muammo sifatida shaxsni yetuklikka erishishning nuqtai nazaridan taxlil qilindi va qabul qilingan umumiy goyalar, yani ruhning uchib yurishi uning abdiyligi ushbu manbalarda o`z aksini topdi. Shu asosda er.av. 3 asrda jaddizm va buddizm dini talimotining mazmuni shakllandi, yo`nalishi ham ruhiy hodisalar-ning tana bilan bo`lgan munosabatiga doir o`z karashlarini ifoda etdi. Jaddizmda tana pyh erkinligini sababchisi deb tariflangan bo`lsa, Buddizm umuman ruxni aloxida sifatida inkor etdi. Keyinchalik paydo bo`lgan Sanya Vedanta, Yoga, Milansa falsafa maktablari ham ruhni urganishga metofizik etik tomondan yondoshdilar. Vedantada Upanishadagi idealistik g`oyalar ilgari surildi. Ularda Ataman va Braxman haqida fikr yuritildi. Bu fikrga ko`ra ruh doim tananing intilishlari va xissiy kechinmalari ortida yashiringan bo`ladi. Qatiy intizom orkali ruh bulardan xolos bo`lib, Adabiy Braxman darajasiga yetadi. Yoga talimotida esa xaqiqiy yuksaklikka erishish uchun psixik faoliyatga tusqinlik qilayotgan tomonlarni bartaraf qilish kerak bo`ladi deyiladi. Buning uchun yogalar maxsus 8 olamni nomli avval tana harakatlarini (nafas olish gavda harakatlari /keyin psixik aktlar/ diktat tafakkurini/ boshqarish uslublarni ishlab chiqqan. Yogalar tomonidan ishlab chiqqan sezgi chegaralarida chiquvchi narsalarni idrok etish, kurig gallyuqinaqiya, idrok ellyuziyasi xindlarning psixologik talimotida katta urin egalladi. Xind adabiyotida kadimdan idrokning 2 xil shakli: noaniq (nirvikalka) va aniq (sarvikalka) farqlangan. Noaniq idrok sensor, parey xodisaning sezgi azosi bilan kontaktga kirishi orkali idrok qilinishi. Vedanta maktabining namoyondlari noaniq xech qanday individualligi ham, umumiyligi ham bulmagan xissiy kechinmalar yigindisidir, deb takidlaydilar. Aniq idrok bulingan nutq strukturasida namoyon buluvchi idrok bo`lib, buddistlarning takidlashicha, u idrok emas chunki aql tasir etadi, Nutq har xil belgilardan tashkil topganligi uchun idrok etilayotgan obrazni xiralashtiradi. Mimansa maktabining tarafdorlari vedantistlarni ham buddistlarni ham, tanqid qilgan xolda noaniq idrok 2 belgiga umumiy va speqifik belgilarga ega ekanligini takidlaydi. Umumiy belgi kupchilik individual obektlarga taalluqli bo`lsa, faqat berilgan obektlarga tegishlidir. Noaniq idrok qilinishi mumkin emas, chunki buning uchun uning boqkalardan ajratishga to`g`ri keladm. Lekin bu obekt umumiy belgi sifatida ham idrok qilinmaydi, chunki buning uchun u boshqalar bilan birlashtirilishi keraq Bunga esa faqat nutq xisobiga erishish mumkin. Chunki nutq narsalarga xos belgilarni ajratishi ham birlashtirilishi ham mumkin degan xulosaga keldilar. Bu maktab namoyondalari «Reallik» va «Illyuzie» deb atardi. Mimansa maktabining faylasufi Bxata organ va tashqi obekt urtasidagi munosabat bilan belgilandi. Agar bu munosabat qandaydir sabab bilan bo`zilsa, idrok illyuzior bo`lib koladi. Buning sababi sifatida Bxatta: 1) pereferik (sezgi azosidagi) va 2) markaziy (manas) qismdagi bo`zilishni kursatadi. Gallyuqinaqiya ham xuddi shunday paydo bo`ladi. Tush kurish ham gallyuqinaqiyaning turi deb bildi Xind faylasufi. Psixik hayot davomida utish davrlari muammosi faylasufini g`arbiy yevropa faylasufidan kuprok qiziktirdi. Xech kimni xindlar darajasi «men» muammosi bunchalik kup uylantirmagan masalan, lakata malumotida umuman «men» inkor qilinadi. Ular shunga asoslanadiki, sezgi azolarimiz bizga «men» xasida hech narsani malum qilmaydi. Xulosa chikarish yo`li bilan olingan malumotlar esa notug`ri bo`lishi ham mumkin. Qadimgi xitoy tibbiyot manbalari (er. av. 8 asrga oid «Ichki haqidagi kitoblar»)dan malum bo`lishicha, bosh organ «tana knyazi» bu yuksak bo`lib, hayotiy jarayonlar asosan xavosimon Qi elementi bilan bogliq. Tanadagi boshqa elementlar bilan aralashib, Qi fiziolog jarayonlar va psixik felni bajaradi deb hisoblangan. Yurak fikrni harakatlantirgani uchun u fikrimiz asosi jigar esa xissiyotlarimiz asosidir deb takidlaydi, qadimgi xitoy tabiblari. Tabiblar usha davrdayoq temperament haqidagi malumotni yaratdilar. Bu malumotga ko`ra temperament 3 ta element: Xavosimon TsI elementi, kon va balgamning mikdoriga bogliq bo`ladi. 1. Agar qon kup bo`lsa: odam kuchli yulbarsdek jasur bo`ladi. 2. Agar TsI elementi kup bo`lsa: odam maymun kabi beqaror, harakatchan bo`ladi. 3. Agar shilimshiq modda kup bo`lsa, odam kamharakat sust bo`ladi. Xuddi Xindistonda bo`lgani kabi er. av. 1-ming yillikning urtalarida paydo bo`lgan Xitoy falsafasi maktablari o`zining etik yo`nalishi bilan ajralib turadi. Shunday maktabning eng yirigi LaoTszi asos solgan maktablar hisoblangan. Lao-qz jahon falsafasining durdonasi bulmish o`zining «Dao dee Tszin» asarida «dao» yul, yani baxt saodatga erishishi uchun borishi kerak bo`lgan yul haqida yozadi. Konfutsiylikda uning asoschisi Konfuqiy birinchidan bo`lib irsiy va hayotda orttirilgan narsalar masalasini kutarib chiqdi. Uning fikricha odam o`z tabiatiga ko`ra mehribon mavjudot, uni tashqi muhit bo`zadi. Uning zararli tasirini yengish uchun inson yetuklikka erishish keraq Konfutsiyning bunday qarashlari uning izdoshi Metsz davom ettirgan. Lekin Konfutsiyda yana bir oqim Syunz asos solgan oqim paydo bo`di. Unga aksincha odam o`z tabiatiga ko`ra badjaxl bo`lib mexribonlik bu tarbiyaning natijasidir. Axir bunday bulmaganda odamni tarbiyalashga xojat kolmas edi-ku! Axir o`zingda bor narsaga, intilib nima qilasan. Inson harakteri kulol loydan yasagan ko`zaga uxshaydi deb takidlanadi Syunz tomonidan. Xitoydagi materialistok oqimining yirik namoyondasi Van Chui edi. U o`zining mashxur «Tanqidiy muloxazalar» nomli asarida tabiatshunoslik va mediqinaning usha davrdagi yutuklari asosida diniy telolognk goyalarni tanqid qiladi. Tabiat qonunlari inson ruxiyatini bilishda birdan bir xitoylik mutafakkir Fan Chjen ham o`z davrida ilgari surdi. U ruxning abadiy emasligi aksincha moddiy tananing funkqiyasi bo`lgani uchun ajralmasligi va u bilam birga yo`qolishi o`z traktida yozgan «Tana, - deb yozadi u, - ruhning materiyasi, ruh tananing funkqiyasidir. Materiya uchun rux pichoq uchup utkirlik kabidir, utkirlik bu pichoq emas. Pichok mavjud bulmay utkirlik bo`lishi mumkin emas, Xuddi shunday ravishda tana ulib ruh qolishi mumkin emas» - deb takidladi Fan Chjen. Shu bilan birga u ruh faqat malum tarzda to`zilgan- materiyaga xos ekanligini aytib utdi. Malumki, er.av. 4-5 asrda ishlab chiqarish kuchlarnning rivojlanishi jamiyatning tabaqalanishi va quldorlik davlatlarining paydo bo`lishiga olib keldi. Bu davlatlarda ruxning abadiyligini, u tanani tark etib bemalol harakatlanib yurishi mumkiiligini takidlovchi diniy ideologiya hukmron edi. Shu bilan birga bizgacha yetib kelgan manbalarda nafaqat diniy balki tabiiy bilimlariipg asoslari ham tariflangan. Narsa va hodisalarni teologik mifologik jihatdan tushuntirishta harakat qiluvchi tasavvurlar asta-sekin raqionalizaqiyaga uchrab yangi tushunchalar bilan almasha boshladi. Xudo xali ham oliy hukmron bo`lib hisoblansa-da, odam hayotiga utkaziladigan tasiri haqidagi qarashlar avvalgidan o`zgarib bordi. Er. av. 4 asr oxiriga oid Misrdan topilgan «Memfis teologiyasining yodgorligi» psixik-faoliyatiga berilgan tarif fikrimizni tasdiqlaidi. Unga ko`ra bu dunyoning arxitektori Ptax xudosidir. U ko`z, quloq, burun, sezgi azolarini yurakka xabar berish uchun yaratgan. Yurak orqali berilgan xabarni til takrorlaydi xalos. Albatta bugungi kun bahosi bilan bunday fikrlar ibtidoiy bo`lib Xisoblanadi. Ularda «periferiya - markaz» munosabatida dastlabki elementlari ko`zga tashlandi. Shu tariqa teologik dunyoqarash doirasida bazi narsalar haqidagi tasavvurlar o`zgarib boradi. Buniig asosiy sababi qadimgi sharq tibbiyotining yutuqlari xisoblanadi. Download 92.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling