3-umumiy o`rta ta’lim maktabi ona tili va adabiyot fanlari o`qituvchisi Umarova Irodaning ona tili fanidan 7 sinf uchun


Download 442 Kb.
Sana24.08.2020
Hajmi442 Kb.
#127463
Bog'liq
3-мактаб-Умарова-Ирода-Sof-va-vazifadosh-boglovchi-1


3-umumiy o`rta ta’lim maktabi

ona tili va adabiyot fanlari o`qituvchisi

Umarova Irodaning

ona tili fanidan 7 - sinf uchun

"Sof va vazifadosh bog`lovchilar" mavzusida viloyat semenariga

tayyorlagan dars ishlanmasi

Dars mavzusi: Sof va vazifadosh bog`lovchi

Darsning maqsadi:

  1. ta’limiy maqsad – sof va vazifadosh bog`lovchilar haqida ma’lumot berish;

Nutqiy va lingvistik kompetentsiya: mashq va topshiriqlardagi voqea-hodisalarni, tinglangan matndagi axborotni tushuna oladi, ma’lumotlarni guruhlash, qiyoslash va xulosalash; nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog`lay olish va nutq jarayonida qo`llash; fanga oid ma’lumotlarni chizma va jadvallar orqali o`qiy olish va foydalanish.

  1. tarbiyaviy maqsad - milliy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyatlarimizga hurmat, badiiy adabiyotga muhabbat ruhida tarbiyalash;

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

- zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallash .

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

– doimiy ravishda o‘zini o‘zi mustaqil va ijodiy rivojlantirish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, mustaqil qaror qabul qila olish.



Milliy va umummadaniy kompetensiya:

– vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy asarlarni tushunish, nutqiy me’yorlarga rioya qilish va sog‘lom turmush tarziga amal qilish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: – kundalik faoliyatda turli jadvalli ma’lumotlarni o‘qiy olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza olish,

Dars turi: interaktiv

Darsda foydalaniladigan usullar: “Targ`ibotchi kitobxon o`quvch“, “Alifboli topshiriq”, "Zukkolar mashqi", "Layk", "Mening tasavvurimda", “Alifboli loto”.

Dars jihozi: darslik, slayd, monitor ekrani, tarozi maketi, tarqatmalar, mavzulashtirilgan koʻrgazma, buklet

Dars shiori: Ilm sirlariga xazina kitob,

Yo`lingni yoritgay misoli oftob.

“Hikmatnoma”dan

Darsning rejasi. 1.Tashkiliy qism. – 6 daqiqa

2.O`tilgan mavzuni takrorlash. – 17 daqiqa

3.Yangi mavzu bayoni: –10 daqiqa

4. Mavzuni mustahkamlash. – 10 daqiqa

5. O’quvchilarni baholash – 1 daqiqa

6. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. – 1 daqiqa

I. Tashkiliy qism:

– salomlashish;



– davomatni aniqlash.

- o`qituvchi bugungi dars mavzusi va shiori bilan tanishtiradi.

Dars davomida o`quvchilarning har bir to`g`ri javoblari o`qituvchi tomonidan “Layk” berish yo`li bilan baholab boriladi.Dars davomida 3tadan ortiq “layk ” to`plagan o`quvchilar baholanadi. Eng ko`p “layk” to’plagan o`quvchiga “Targ`ibotchi kitobxon o`quvchi” nishoni bilan rag`batlantiriladi.

II. O`tilgan mavzuni takrorlash:

Ilming yarab qolsa ishga bir muddat,

Uni oshirmoqqa aylagil shiddat.

”Alifboli loto” usulida. Bu usuldan o`tilgan mavzuni takrorlashda foydalanish mumkin. O`qituvchi tomonidan tayyorlangan tayoqchalarga alifbodagi har bir harf yozilgan bo’ladi. O’qituvchi qaysi harfli tayoqchani olsa, shu harfdagi o`quvchi o’tilgan mavzu va uy vazifasi asosida tuzilgan savollarga javob beradi. (Alifbodagi harflar o`quvchilarga nishon sifatida taqib qo`yiladi.) O`quvchilarga alohida-alohida savol beriladi. O`quvchilar o’tilgan mavzular orqali egallagan bilim, ko`nikma va malakalaridan kelib chiqqan holda javob beradilar.



III. Yangi mavzu bayoni.

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur

(Alisher Navoiy)

SOF VA VAZIFADOSH BOG'LOVCHILAR

Topshiriq juftliklarda ishlash og`zaki shaklda bajariladi.

1-topshiriq. Gaplardagi ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qanday vazifa bajarayotganini aniqlang.

2-topshiriq. Ularning ma'nolarini izohlashga harakat qiling.

1. Kun ilishi bilan daraxtiar kurtak yoza boshlaydi. (P. Tursun) 2. Na ko'kning fonari o'chmasdan, Na yulduz sayr etib ko'chmasdan ... (Uyg'un) 3. Akam ham mukofot oldi. («Gulxan»dan) 4. Sen ham, men ham shunga ishonib-miz-a? («Gulxan»dan) 5. Yorning o'zi emas, balki guli keldl. (Qo'shiq)

Doskaga yozilgan gaplar asosida yangi mavzuga oid nazariy ma`lumotlar slayd orqali tushuntiriladi.

(Slayd orqali quyidagi qoidalar beriladi.)

Bilib oling!

Bog'lovchilar ham xuddi ko'makchilar singari sof va vazifadosh bog'lovchilarga bo’linadi.

Faqat bog'lovchi vazifasini bajaruvchi yordamchi so'zlar sof bog'lovchilar sanaladi: va, lekin, ammo, biroq kabi.

Bir o'rinda bog'lovchi, boshqa o'rinda ko'makchi, yuklama yoki modal so'z vazifasida keluvchi yordamchilar vazifadosh bog'lovchilar sanaladi.

Masalan, bilan ham ko'makchi, ham bog'lovchi; ham, na...na ham bog'lovchi, ham yuklama; -u (-yu), -da yordamchilari ham yuklama, ham bog'lovchi; balki ham bog'lovchi, ham modal so'z vazifasini bajaradi.

191-mashq.

Tarkibida bog'lovchisi bor gaplarni ko'chiring. Ularning sof yoki vazifadosh bog'lovchi ekanligini ayting.

1. Mushuk yarmi qizil, yarmi sariq koptokni u yoqdan-bu yoqqa dumalatish bilan ovora edi. (L. Mahmudov) 2. Goh jahlga minsam-da sal, Ichim to'la mehr, qizim. Goh sal qo'pol, goh sal dag'al Dadajoning kechir, qizim. (Yahyo Tog’a) 3. U chiroqni o'chirib sandal chetiga yotdi-yu, ko'nglidagi g'ulg'ula kuchayib ketaverdi. (O'. Hoshimov) 4. Boyvachcha yer o'pib, tavba qilibdi va keksa ota-onasini rozi qilish uchun o'sha zahoti ularning huzuriga shoshilibdi. (N. Aminov)

Bog`lovchi qatnashgan gaplar: 2-,3-,4- gaplar

(1-o`quvchi sof vazifadosh gaplarni, 2-o`quvchi vazifadosh bog`lovchili gaplarni yozadilar).

Dam olish daqiqasi: “Targ`ibotchi kitobxon” usulida

Alisher Navoiyning “Ibratli xislatlar va xosiyatli hikmatlar” kitobidan hikoya o`qituvchi tomonidan (To`liq emas)o`qib beriladi. Qiziqarli tasvir joyidan hikoya to`xtatiladi. Hikoyaning davomini shu kitobdan o`qish tavsiya etiladi va matn tarkibidan yordamchi so`zlarni aniqlash beriladi. Bundan ko`zlangan maqsad - o`quvchilarni kitob o`qishga bo`lgan qiziqishlarini, diqqatlarini orttirish..

192-mashq. Yozuv taxtasida yozma bajariladi

Avval sof bog'lovchili, keyin vazifadosh bog'lovchili gaplarni ko'chiring.

1. – Tan olaman, tergovchi janoblari, berishadi-yu, lekin nima sababdan bu ishni qilganimni daftaringizga qayd qilib qo'ysangiz. (X. To'xtaboyev). 2. Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini tckshirib ko'rishmaydi? (X. To'xtaboyev) 3. Ayniqsa, lining odob va axloq haqidagi «Turkiy Guliston» asari bugungi kungacha o'z ahamiyatini yo'qotgan emas. («Gulxan»dan) 4. Kuyuk saksovulzor duch kelishi bilan kiyikcha o'zini shu panohgohga urdi-yu, arang jon saqlab qoldi. (S.Ravshanov) 5. Bir kuni kechasi bir hiyla o'ylab chiq-dim-da, erta turgach, eski maktab sari jo'nadim. (Abdulla Qodiriy) 6. Oy goh eshik tirqishlaridan mo'ralar, goh bulutlar orasida g'oyib bo'lardi. (Ch. Aytmatov)

Sof bog`lovchili gaplar: 1-,3-6-gaplar



Vazifadosh bog`lovchili gaplar: 2-,4-,5-gaplar

IV. M u s t a h k a m l a sh.

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on,

Shunda bilursankim, ilm bepoyon.

1-bosqich

“Mening tasavvurimda” usulida.


Mening tasavvurimda” usuli

“Sof va vazifadosh bog`lovchilar” mavzusiga doir mashqlar bajarilgach, o`quvchilar mavzuni qanday tasavvur qilishlarini rasmlar orqali tasvirlaydilar.

Belgilangan vaqt – 3 daqiqa.

O`quvchilar rasm chizgunlaricha daftarlar tekshiriladi.



Belgilangach vaqt tugagach, o`quvchilarlar rasmlari baholanadi.

2-bosqich

Topshiriqli Alifbo” usulida

Alifbodagi harflar bilan ishlash: O`quvchilar nishon sifatida taqilgan alifbo harflari bilan boshlanuvchi yordamchi so`zlar topadilar.To`g`ri javoblar “Layk” bilan rag`batlantiriladi.

V. O`quvchilarni baholash.

O`quvchilar dars davomida to`plagan “layk”lari asosida baholanadi Eng ko`p “layk ” to`plagan o`quvchiga “Targ`ibotchi kitobxon” nishoni beriladi



VI. Uyga vazifa:

193-mashq. Uyga vazifa. Sof va vazifadosh bog'lovchilar ishtirokida bog'li matn tuzing. Matnga sarlavha qo'ying. Bog'lovchilarning tagiga chizib, turini ayting.



Darsni yakunlash.

Yakunlandi bugun dars,

Biz uchun dars-muqaddas!

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. I. A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” Toshkent, 2008-yil.

  2. N. Mahmudov. Ona tili darsligi, 7-sinf Toshkent, 2017-yil

  3. R. Ishmuhammedov. “Ta’limda innovatsion texnologiyalar” Toshkent, 2008-yil.

  4. “Hikmatnoma” Toshkent 2013-yil

  5. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. Toshkent 2015-yil 15-son

  6. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali. Toshkent, 2016-yil 3-son

  7. “Umumta’lim fanlari metodikasi” jurnali. Toshkent, 2017-yil 2-son

  8. O`zbek tilining izohli lug`ati. I jild Toshkent-2010 yil.

  9. Ziyonet.uz, uzedu.uz.

  10. Alisher Navoiy. Ibratli xislatlar va xosiyatli hikmatlar. 2017-yil

Download 442 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling