3. Unli va undosh tovushlar talaffuzini o'rgatish, talabaning talaffuzidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish


Download 83.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.10.2023
Hajmi83.75 Kb.
#1701711
  1   2   3
Bog'liq
10. So\'z va matn ustida ishlash



3. Unli va undosh tovushlar talaffuzini o'rgatish, talabaning 
talaffuzidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish.
4. Aralash diafragmal nafas olish usulini o'rgatish.
5. Talaffuzida sheva ta ’siri ko‘p bo'lgan talabalami aniqlash 
va ularga yakka topshiriq berish yoMi bilan adabiy talaffuz m e’yor- 
larini o'rgata borish. So‘z ohangdorligiga erishish elementlarini 
shakllantirish, tanani erkin tutish, diqqat-e’tibor, ijodiy fikrlash 
va tafakkur eta olish qobiliyatlarini o ‘stirish.
6. Matn ustida ishlashning ilk bosqichlarida o'qilajak matn 
bilan tanishtirish, muallif maqsadi va ijrochi niyati o'rtasidagi 
uzviylikni shakllantirish, grammatik tahlilni o ‘rgatish.
Yuqorida qayd qilingan vazifalami bajarish jarayonida talaba­
ning pedagogik va rejissorlik qobiliyatlarini ham shakllantirib borish 
maqsadga muvofiqdir. Xullas, talaba to ‘rt yillik tahsil olishi mo- 
baynida quyidagilarni o'zlashtirishi lozim:
I bosqich. I semestr
1. Artikulatsiya — nutq a ’zolari faoliyatini takomillashtiruvchi 
omil sifatida. Lab, til va jag‘ artikulatsiyasi haqida m a'lum ot. 
Artikulatsion mashqlar tizimi va ularning ahamiyati.
2. Diksiya — so‘z va bo'g'inlardagi unli va undosh tovush­
larning to ‘g‘ri hamda aniq b o ‘lishini o'rgatuvchi va ta’minlovchi 
muhim vosita sifatida. Diksion mashqlar haqida m a'lum ot. Yaxshi 
diksiyaning so‘z san’atidagi o ‘rni va roli. Artikulatsion mashqlar, 
ya’ni lab, til va jag‘ mashqlarining muntazam bajarilishi — diksiya 
ustida ishlash demakligi.
3. Unli tovushlar va ularning ohangdorligi, jarangdorligini his 
etish uchun har bir unli yordamida artikulatsion harakatlar (lab, 
til, jag‘laming faolligi) yordamida mashqlarni bajarish.
4. Unli va undosh tovushlarning qo‘shilib kelishi. Masalan: 
pi-bi, pe-be, po-bo, pu-bu, bi-pi, be-pe, ba-pa, bo-po, bu-pu 
yoki yanada murakkabroq mashqlar tuzish: titi, diti, eiti, liti, kiti, 
giti, zisi, risi, lisi, gisi, disi, kpti, gibti va h.k.
Bulardan tashqari, doimiy yakka mashqlar uchun maqol. matal 
va tez aytishlar, folklor asarlardan olingan parchalardan foydalanish
18


mumkin. Boshlang‘ich davrda bu mashqlar asta-sekinlik bilan 
bajariladi. Keyinchalik esa artikulatsion jarayon faollashtiriladi. 
Boshida murakkabroq tuyulgan bu mashqlar pirovardida odat 
tusiga kiradi.

Download 83.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling